Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
13 Январ 2018 20:12

Ma’lumki, 1991 yil 6 sentyabr sanasi — Vatanimiz mustaqillik solnomasiga unutilmas kun bo’lib muhrlandi. SHu kuni O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi. 1992 yil 14 yanvar kuni esa mustaqil davlatimiz hududidagi barcha harbiy qism va bo’linmalarni O’zbekiston tasarrufiga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi. YUrtboshimiz tashabbusi bilan e’lon qilingan mazkur hujjat-mamlakatimiz xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo’lgan va mintaqada kelib chiqayotgan xavf-xatarlarni har tomonlama tahlil etish asosida, armiyamizni isloh qilishning uzoq muddatli dasturi ishlab chiqilishiga keng yo’l ochdi. SHu bois, har yili 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami sifatida mamlakatimiz bo’ylab katta tantana qilinadi.
Har qanday davlatning mustaqilligi, xalqning erki uning o’z armiyasi, Qurolli Kuchlari tomonidan himoya qilinishi kerak. Zotan, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, o’z istiqloli va ozodligining qadrini bilmaydigan, uni himoya qilolmaydigan, bunga kuch-qurbi yetmaydigan millat hech qachon erkin yashay olmaydi, kimgadir itoat etishga, bo’yin egishga majbur bo’ladi.
Qurolli Kuchlarimizning o’tgan 25 yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasi 1 - Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida milliy armiyamizni tubdan isloh qilish natijasida Vatanni himoya qilish sharafli kasbga aylanganini ko’rishimiz mumkin. Ushbu davr ichida harbiy xizmatning nufuzi benihoya ortdi. Ko’cha-ko’yda harbiy libosdagi yigitlarga yanada havas va hurmat bilan qaraydigan bo’ldik. Taqdirini yurt himoyasi bilan bog’lagan asl o’g’lonlar YUrtboshimiz mehrini, e’tiborini, g’amxo’rligini hamisha yurakdan his qilib yashamoqdalar. Bu e’tiborni harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlashdan tortib, namunali xizmat qilgan yigitlarning oliy o’quv yurtiga kirishigacha bo’lgan imtiyozlarda ko’rishimiz mumkin.
Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil topganining yigirma besh yilligiga ham sanoqli kunlar qoldi. Milliy armiyamiz o’tgan qisqa davr ichida to’la shakllanib, Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ta’minlashda beqiyos xizmat ko’rsatib kelayotir.

Sermazmun kechgan shakllanish yillarining samarasi bugungi ixcham, tezkor, zamonaviy texnika va qurol-yarog’ bilan ta’minlangan, har qanday tashqi tajovuzga munosib zarba bera oladigan, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoyalashga qodir professional armiyamiz timsolida namoyon bo’ladi.

Bugungi shonli o’zbek milliy armiyasini esa asosini, uning poydevorini mard, jasur, botir o’g’lonlarimiz, zabardast va fidoyi yigitlarimiz tashkil etadi.

Vatan himoyachilari kuni bilan barcha yigitlarimizni, vatandoshlarimizni hamda kasbdosh ERKAKLARIMIZNI, shu jumladan bizni tinglayotgan barcha-barchani ushbu ayyom bilan chin dildan muborakbod etamiz. Ular hamisha yurt ozodligi va obodligi uchun, oilalar tinchligi va farovonligi uchun va doimo bizning baxtimizga omon bo’lsinlar! Zero, bu tilakni mashhur shoirimiz.


G’afur G’ulom ta’birlaridan o’tkazib aytolmasak kerak:

Yigitlar halqlarning maktovi-ko’rki
Naslning javhari, davlat tayanchi,
YUrtning obodligi, to’ylar sababi,
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.

Yigit omon bo’lsa, xavfu-xatar yo’q,
Qalqon bor, qal’a but, qo’rg’on salomat,
Qizlar kulgusida avju daromad,
CHollar uyqusida jannat, farog’at.

Qishloq xo’jaligida menejment fakulteti  XTQBT raisi  B.Raxmonova
Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti kafedrasi assitenti D.Djalalova

14-yanvar vatan ximoyachilari kuni.jpg

14-yanvar vatan ximoyachilari kuni1.jpg

14-yanvar vatan ximoyachilari kuni3.jpg




Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech