Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
5 Сентябр 13:26

Yoshlik...... Bu so’z zamirida olam-olam ma’no mujassam. Ota-ona bag’ridagi emin-erkin hayot, maktab davridadan to balog’at yoshigacha bo’lgan voqealar har bir inson yodida qoladi. Uning katta hayotga qadam qo’yishi esa, ota-ona uchun katta baxt. Ayniqsa talaba degan nomga erishgan har bir yosh qalbida shukronalik xissi uyg’onadi.

2017-yil 5 sentyabr kuni ham, “Mustaqillik”, “Xotira” darslari kesimida Andijon qishloq xo’jalik instituti tantanalar saroyida institut rahbariyatining Qishloq xo’jaligida menejment, Agroinjeneriya, Gidromeloratsiya fakultetlarining birinchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvni institut rektori A.Abduvasiqov ochib berib, talabalik baxtiga sazovar bo’lgan talaba yoshlarni, yana bir bor O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligi, qolaversa talabalik baxti bilan samimiy tabriklab, davlatimizning mustaqillikka erishish yo’lidagi mashaqqatlari va olib borgan islohotlari, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlari, YOshlarga oid davlat siyosati, harakatlar strategiyasi, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga oid xotiralar bilan o’rtoqlashdi. SHundan so’ng institut rektori 1-bosqich talabalarini birma bir institut rahbariyati bilan tanishtirib, institut tarixi, erishilgan yutuqlari, kelajakdagi rejalari, xalqaro aloqalari, oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar,institut odob-ahloq qoidalari haqida ma’lumot berib o’tdi.

Institut “Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi”dan M. Botirov, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz chorak asr mobaynida tarixiy keng bunyodkorlik maydoniga aylanganligi, har jabhada bemisl o’zgarishlar, yangilanishlarga yuz tutganligi, Islom Abdug’aniyevichning ta’birlari bilan aytganda, mustaqillik yillarida mamlakat va xalq chindan ham baraka topganligini faktlar asosida sharhlab berdi.

Jadal taraqqiyot yo’liga chiqib olgan, taraqqiyot yo’lida izchil odimlab borayotgan O’zbekistonimizning, turli sohalarda erishayotgan yutuqlari barchamizga g’urur va iftixor bag’ishlabgina qolmay, biz qo’lga kiritayotgan ulkan natijalar bardavom bo’lishida siz yoshlardan yuksak mas’uliyat va salohiyat talab qilinadi deya, talaba yoshlarni Vatanparvarlikka, shijoat bilan ilm sirlarini o’rganishga, xalq uchun, Vatan uchun xizmat qilishga chaqirdi.

“Farzandlarimiz bizdan ko’ra baxtli bo’lishlari shart!”, “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin!”, “Biz hech kimdan kam emasmiz, kam bo’lmaymiz ham” “Ertangi kun bizniki, marra bizniki!”

Mana shunday umrboqiy ibratlar qalbimizda abadiy yangrasin, mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor 

R. Abduraxmonov

xotira1.jpg

xotira2.jpg

xotira3.jpg

xotira4.jpg

xotira5.jpg

xotira6.jpg

xotira7.jpg

xotira8.jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech