Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
2 Феврал 2018 17:17

2018 yil 1 fevral kuni Andijon qishloq xo’jalik institutida 2017-2018 yil kuz-qish mavsumida fuqarolarning isgazidan zaxarlanishi va xavfsiz aralashmasining chaqnashi kabi favqulotda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri tomonidan joriy yilning 24 oktyabr’dagi 01-05/1-1480 sonli “Axoli o’rtasida is gazidan zaxarlanish hamda havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog’liq favqulotda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi” doirasida professor-o’qituvchilar va talabalar bilan soha mutaxassislari bilan xamkorlikda o’quv-seminari tashkil etildi.

O’quv seminarda Andijon viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari podpolkovnik G’.Umrbekov, Andijon viloyat DSENM o’ta xavfli yuqumli kasalliklar bo’limi vrachi, epodomolog A.Maxmudov, Andijon tumani DSENM bo’lim mudiri D.Xo’janazarova, Epidomologiya bo’limi vrachi M.SHokirovalar hamda 458 nafar professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

Seminar davomida tashrif buyurgan mutaxassislar mavzu bo’yicha o’z soxalariga oid ma’lumotlar berib, yig’ilganlarga seminar mavzusiga oid atroflicha tushunchalar berib o’tdilar.

O’quv seminar yakunida seminar ishtirokchilar tomonidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi. Seminar oxirida yig’ilganlarga favqulotda vaziyatlarda ro’y berishi mumkin bo’lgan holatlarni video roligi ko’rsatildi. Ushbu o’quv seminarda ishtirok etgan professor-o’qituvchi, ishchi-xodimlar va talabalar o’zlariga kerakli bo’lgan tushunchalarga ega bo’ldilar.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar 

bilan ishlash bo’limi boshlig’i: M.Botirov

yongin1.jpg

yongin2.jpg

yongin3.jpg

yongin4.jpg

yongin5.jpg

yongin6.jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech