Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
16 Феврал 2018 18:26

2018 yil 14 fevral kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan “SHoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburga ehtirom” shiori ostida tashkil etilgan aktsiya tashkil etildi.

Aktsiyaga nomdor stipendiyalar sohiblari, yoshlar Kengashi a’zolari, iqtidorli talabalar jalb etildi.

Aktsiya oldidan ishtirokchilarga institut yoshlar yetakchisi O.Abdullaev tabarruk zaminimizda o’zining fidoyiligi, shaxsiy hayot tajribasi, boy ma’naviy merosi bilan beqiyos ibrat ko’rsatgan yetuk allomalar yashab o’tganligi, asrlar oshsada, ularning durdona asarlari dolzarbligini aslo yo’qotmayotganligi, bugungi kunda taraqqiyotning muhim va ajralmas bo’g’iniga aylanganligi, xalqaro miqyosida ham e’tirof etilayotganligi ta’kidlab, ana shunday mutafakkirlarimiz safida hazrat Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tutgan o’rni beqiyosdir deya aktsiyaning maqsadi bu ikki buyuk zotning ijodi va hayotiga bo’lgan ehtirom ekanligini va fevral oyi davomida mazkur mazmundagi tadbirlar har bir akademik guruhlarda, murabbiylik soati mashg’ulotlarida, talabalar turar joylarida, institut tantanalar saroyida o’tkazilishi rejalashtirilayotganligi haqida qisqacha ma’lumot berdi.

Ishtirokchilar O.Abdullaev boshchiligida Bog’ishamol dam olish maskaniga, Bobur nomidagi xalqaro bog’ga yo’l olishib, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur xotiralarini yod etib, bobomiz muzeyi bilan tanishishib, bobomiz haykali poyida muloqot tashkil etdilar. Benazir, shoh asar “Boburnoma” talabalar tomonidan yuksak e’tirof etildi.

Orifjon Abdullaevning hamyurtimiz Bobur mirzo hazratlari hayoti va ijodi haqidagi ma’ruzasi, Bobur merosi va shaxsiga bo’lgan hurmat tariqasida davlatimiz miqyosida olib borilayotgan ishlar to’g’risidagi ma’lumotlari talabalarda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga yanada qiziqish va yuksak hurmat tuyg’ularini uyg’otdi.

Tadbir buyuk ajdodlarimizga yuksak e’tiborimiz ramzi sifatida, bobolarimiz ruhlarini shod etish maqsadida tashkil etilganligi qalblarimizda cheksiz quvonch va faxr tuyg’ularini uyg’otdi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi

yoshlar yetakchisi O.Abdullaev

Aktsiya (14).jpg

Aktsiya (1).jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech