Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
15 Феврал 2018 18:37

2018 yil 14 fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligi munosabati bilan O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon qishloq xo’jalik instituti boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan loyiha tashkil etildi.

Institut boshlang’ich tashkiloti Kengashi tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur xaqida ma’lumot beruvchi hamda tabriknoma tushirilgan flaerlar tayorlandi hamda Institutimizning oltita fakulteti yetakchilari va ko’plab faol talabalar Andijon viloyati bo’ylab 1000 dan ortiq ushbu flaerlarni tarqatish uchun start oldilar.

Agroinjeneriya, O’rmon xo’jaligi va meva sabzavotchilik fakulteti faollari 394 tartib raqamli yo’lovchi tashuvchi transportlardagi yurtdoshlarimizga flaerlarni tarqatdilar.

Agronomiya fakultetining yigit-qizlaridan tashkil topgan gurux Andijon tumanidagi barcha maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchalariga, markazdagi yirik savdo markazlarida tabriknomalar bilan tuman ahalisini bayram bilan tabrikladilar.

Qishloq xo’jaligida menejment fakulteti faollari barcha korxona tashkilotlardagi hamyurlarimizga tabriknomalarni tarqatdilar.

Bir guruh Gidromelioratsiya fakulteti faollari dexqon bozoridagi mexnatkash xalqimiz uchun tabriknomalarni tarqatdilar.

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirlar, targ’ibot loyihalarida faol ishtirok etgan O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon qishloq xo’jalik instituti boshlang’ich tashkiloti hamda fakultet yetakchilari va Kengashi az’olari, faol yoshlarimizga o’z minaddorchiligimizni bildiramiz.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi

yoshlar yetakchisi O.Abdulllaev

boburYI (3).jpg

boburYI (4).jpg

boburYI (7).jpg

boburYI (10).jpg

boburYI (5).jpg

boburYI (6).jpg

boburYI (11).jpg

boburYI (1).jpg

boburYI (9).jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech