Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
23 Апрел 2018 10:44

2018 yil 19 aprel kuni Yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, sportning voleybol turini ommalashtirish, yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o’rtasida o’zaro madaniy-sport aloqalarni yo’lga qo’yish hamda yoshlarni sport musobaqalariga ommaviy tarzda jalb qilish hamda “Universiada” sport musobaqalari oldidan tayyorgarlik ko’rish.

Voleybol tomoshabop, kishilarni o’ziga rom qiladigan sport turi bo’lib, u barcha mushaklarni rivojlantirishi, tezkor fikrlash, to’g’ri qaror qabul qilishi, chaqqonlikni, chidamlilikni yengil harakatlanish sifatlarini, nafas olish, yurak qon tomir faoliyatini mustahkamlashi, aqliy charchoqni tarqata olishi sababli aynan qizlar orasida tashkil etildi.

Musobaqa ochilish qismida O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut yoshlar yetakchisi O.Abdullaev so’z olib, bugungi tanlov talaba qizlarimizni sog’lom turmush tarziga chaqirish, ularning bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanish va sportni xotin-qizlar o’rtasida ommalashtirish maqsadida tashkil etilayotganligi haqida gapirib barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Musobaqa kutilganidek murosasiz baxslarga sabab bo’ldi va musobaqa davomida ishtirokchi qizlar institutning yigitlari tomonidan olqishlab turildi. Musobaqada “Agronomiya” fakulteti talaba qizlari 1-o’rinni, “Qishloq xo’jaligida menejment” fakulteti qizlari 2-o’rinni, “O’rmon xo’jaligi va meva-sabzavotchilik” fakulteti qizlari 3-o’ringa loyiq deb topildilar. G’oliblar va musobaqa ishtirokchilari O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti tomonidan tayyorlangan 3 ta maxsus diplom, 2 ta fahriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut

boshlang’ich tashkilot matbuot xizmati

voleybol musobaqasi (1).JPG

voleybol musobaqasi (2).JPG

voleybol musobaqasi (3).JPG

voleybol musobaqasi (4).JPG

voleybol musobaqasi (5).JPG

voleybol musobaqasi (6).JPG

voleybol musobaqasi (7).JPG

voleybol musobaqasi (8).JPG




Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech