Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
22 Январ 2018 17:32

2018 yil 19 yanvar kuni “YOshlar bilimdonlari” “Zakovat” intelektual musobaqasining Qishloq xo’jaligida menejment fakulteti kurslar bosqichi tashkil etildi.

Intellektual o’yinda Qishloq xo’jaligida menejment fakulteti birinchi bosqichlari nomidan “Menejerlar”, ikkinchi bosqichlari nomidan “Algoritm”, uchinchi bosqichlari nomidan “YOsh mutaxasislar”, to’rtinchi bosqichlari nomidan “Auditorlar” jamoalari o’zaro bellashdilar.

Har bir jamoa 6 nafar talaba yoshlardan tashkil topgan bo’lib, murosasiz bellashdilar hamda to’rtinchi bosqichlarning “Auditorlar” jamoasi 1-o’rinni, ikkinchi bosqichlarning “Algoritm” 2-o’rinni, 3-o’rinni birinchi bosqichlarining “Menejerlar” jamoasi egalladilar.

Intellektual o’yin davomida eng zukko talaba hamda eng yaxshi savol egalari aniqlanib qimmatbaho sovg’alar va diplom sertifikatlar topshirildi.

SHu va shu kabi intellektual o’yinlar yoshlarimizning nafaqat xuquqiy, balki ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy, siyosiy hamda demokratik bilimlarini va salohiyatlarini yanada ko’paytirishda muhim o’rin egallaydi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi 

yoshlar yetakchisi O.Abdullaev


menej asosiy.JPG

menej1.JPG

menej2.JPG

menej3..JPG

menej4.JPG

menej6.JPG

menej7.JPG



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech