Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
1 Феврал 13:33

ToshDAU Andijon filiali “O’simliklarni himoya qilish va

qishloq xo’jalik fitopatologiyasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 2018 yil 24 dekabr kuni institut

313-auditoriyasida “O’simliklari himoya qilishda hammaxo’r zararkunandalar va tut parvonasini zararlariga qarshi kurash usullari”

mavzusida o’tkazilgan ma’ruza

M A ‘ L U M O T I

2018 yil 24 dekabr kuni institut 313-auditoriyasida “O’simliklarni biologik himoya qilish” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Ma’ruza mashg’ulotini o’tkazishdan maqsad O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PQ3704-sonli “Toshkent davlar agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining bajarilishi bo’yicha “O’simliklarni himoya qilish va qishloq xo’jalik fitopatologiyasi”kafedrasida yoshlarga hukumatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar, ulardan oqilona foydalanib, yurtimizga, xalqimizga va jamiyatimizga foydasi tegadigan ilmli kadrlar bo’lib yetishishiga, talabalarning bilim olishga bo’lgan qiziqishini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdan iborat.

Tadbirda Andijon Agrokimyoximoya xududiy aktsiyadorlik jamiyati bo’lim boshlig’i Xudayberdiyev Rustamjon, “O’simliklarni himoya qilish va qishloq xo’jalik fitopatologiyasi” kafedrasi mudiri S.Mirzaeva, dotsent SH.K.Aliyev, katta o’qituvchilar N.Siddiqova, D.Aznabakiyeva, assistentlar M.Rasulova, G.Musaeva, M.Qambarova, F.Davlatova, D.Turdiyeva, O.Karimov hamda “O’simliklar himoya qilish va karantin” ta’lim yo’nalishining 4 xamda 2 - bosqich talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirni kafedrasi mudiri S.Mirzaeva ochib berdi: Respublikamizning geografik o’rni, iqlimi va yer – tuproq sharoitlari dehqonchilikning barcha turlarini rivojlantirish uchun juda bop. Respublikamizning serquyosh tabiati sug’oriladigan dehqonchilikni rivojlantirish uchun ayniqsa mos keladi. Ikkinchi tomondan, bu iqlim sharoitlari qishloq xo’jalik ekinlariga zarar yetkazadigan har hil hasharotlarning ko’payishiga ham qulaylik yaratadi. O’rta Osiyo sharoitlarida deyarli barcha zararkunandalar tez rivojlanib yiliga shimoliy mintaqalarga nisbatan bir necha ko’p avlod beradi. Bu esa, o’simliklarni himoya qilish uchun birinchidan, zararkunandalar biologiyasini o’rganishni, ikkinchidan, uni o’simlik va muhit bilan uzviy bog’lanishini chuqur o’rganib, eng samarali kurash chora va vositalarni qo’llashni talab etadi.

Hozirgi davrda O’zbekistonda Oliy Majlis tomonidan o’simliklarni himoya qilish qonuni tasdiqlangan bo’lib, basharot va karantin xizmatining samarali strukturasi mavjuddir.

Navbatdagi so’z Andijon Agrokimyoximoya xududiy aktsiyadorlik jamiyati bo’lim boshlig’i Xudayberdiyev Rustamjonga so’z berildi: O’simliklarga hasharotlar tomonidan yetkaziladigan ziyonini kamaytirish yoki oldini olish. Ma’lumotlarga ko’ra, butun dunyoda o’stirilayotgan o’simliklar hosilining 35% nobud bo’ladi, buning 14% zararli hasharotlarga to’g’ri keladi. Bundan tashqari 20% cha hosil omborlarda saqlash va tashish paytida nobud bo’ladi. Bizning mamlakatimizda ham qishloq xo’jalik ekinlariga turli

Ma’lumki, hasharotlar noto’liq va to’liq rivojlanadi. Noto’liq rivojlanganda hasharot ketma-ket tuxum, lichinka va yetuk zot kabi uchta rivojlanish fazasini kechiradi. Hasharotlarning tuxumlari kattaligi va tashqi ko’rinishi jihatidan ham xilma-xildir.

Hasharotning rivojlanishidagi bu faza bir jihatdan zararli (o’simlikxo’r), boshqa jihatdan esa foydalidir (entomofaglar).

CHigirtkalar to’g’riqanotlilar (Orthoptera) turkumiga, chigirtka (Acrididae) oilasiga mansub bo’lib, turlari ko’p. O’rta Osiyoda zararli chigirtkalarning turi 200 dan oshadi.

O’zbekistonda chigirtkalarga qarshi yuqori samarali insektitsidlar va samarali usullar ishlatilganidan keyin, chigirtkalarning asosiy manba’lari kuchsizlantirilgan. Lekin bu hasharotlarning asosiy uyalari himoya o’tkazish uchun nobop qir va tog’oldi yerlarida hamda daryo va ko’l qirg’oqla-rida bo’lgani uchun, chigirtkalarni uzil-kesil yo’qotish imkoniyati bo’lmaydi, zararkunanda uyalari saqlanib qoladi. SHuning uchun ham O’zbekistonda: oddiy yillari – 50-200 ming gektar yerga, kuchli rivojlangan yillari esa – 500 ming – 1 mln gektargacha yerga himoya ishlovlari beriladi.

O’zbekiston olimlari ma’lumotlarga ko’ra, Orol dengizi sohillarida 41 ta chigirtka turlari aniqlangan. Ulardan eng asosiylari: to’da hosil qiluvchi italiya chigirtkasi (Calliptamus italicus L.), hamda osiyo chigirtkasi (Locusta migratoria migratoria L.). Bundan tashqari: C.barbarus cephatates, Thrinchus turcmenus, Tetrix tartara, Heteractis adspersus va boshqalarning ahamiyati katta-dir. Toshkent, Surxandaryo va Qashqadaryo viloyatlariga qarashli adir va tog’oldi yerlarda chigirtkalarning 38 ta turi aniqlangan. Bular ichida esa asosan marokash chigirtkasining (Dociostaurus maroccanus Thunb.) ahamiyati katta bo’lib, u populyatsiyaning 75-87% ni tashkil qilgan.

CHigirtkalarning hamma turlari deyarli bir xil hayot kechiradi. Ko’pchiligi yiliga bir marta urchiydi va faqat ba’zilari, masalan, Osiyo chigirtkasining yakka holda yashaydigan fazasi ikki marta avlod beradi. YOzda, juftlashganidan keyin, urg’ochi chigirtka yerda chuqurcha yasab unga tuxum qo’yadi

CHigirtkalarning barchasi hammaho’r hisoblanadi. Lichinkalari donli va boshqa ekinlarni shikastlaydi, yetuk chigirtkalar esa barg, yosh shoxlar va hatto gul, shonalarni yeb bitiradi. CHigirtkalar gala-gala bo’lib va bitta-bittadan uchadi. Gala-gala bo’lib uchadigani avval to’da hosil qiladi.

CHigirtka asosan qamish bilan oziqlanadi, ammo g’o’za, bug’doy, arpa, makkajo’xori, oqjo’xori va suli kabi ekinlarni ham bemalol yeyaveradi. Lichinka to’dalari va yolg’iz uchib yuradigan chigirtkalar bir daladan ikkinchi dalaga ko’chib o’tib ekinlarga katta zarar yetkazishi mumkin.

Hozirgi vaqtda respublikamizda ekinlarni chigirtkalar tomonidan shikastlanishiga asosan barham berilgan. Ammo chigirtkalarning doimiy uyalari mavjud mintaqalarda hanuzgacha chorvaga yaylov xizmatini o’taydigan joylarda o’tlarni yeb, oziqa manba’ini ozaytiradi. SHu boisdan mutaxassislar zararkunandaning biologiyasi va ekologiyasiga doir bilimlar asosida doimo sergak bo’lib turishlari, chigirtkaning ayrim xavfli turlarini hisobga olib borib, ularni kuzatishlari, muntazam ravishda tekshirishlar o’tkazishlari lozim. CHigirtkalarga qarshi kurashning muvaffaqiyatli samara berishi oldini olish va kimyoviy himoya qilish tadbirlarini o’tkazish uchun o’z vaqtida to’g’ri tayyorgarlik ko’rilishiga, xususan, zararlangan maydonlar-ning to’liq aniqlanishiga ham bog’liqdir.

Tut parvonasi Diaphania (Glyphodes) pyloalis Walker. O’zbekistonning janubiy xududlarida 1994 yildan boshlab paydo bo’lgan xasharot. Tut parvonasi ipakchilik bilan shug’ullanib kelayotgan Hitoy, YAponiya, Hindiston va boshqa Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan (SHpigel, Pokrovskiy, 1932; Jwashita, Fukui,1981; Ando, Ohsawa, 1993; Hayasaaka, Yonemura, 1999).

Tut parvonasi serxarakat va tez rivojlanadigan hasharot bo’lgani uchun, hamda yangi xududda uning tabiiy kushanda-lari yetarli bo’lmaganligi oqibatida respublikamizning bir qator xududlariga tezda tarqab ketdi. Surxandaryo, Kashqadaryo, Farg’ona vodiy viloyatlari, keyinchalik esa Toshkent viloyatining janubiy tumanlari va Sirdaryo viloyatining ko’pgina tumanlarida xozirda bu xasharotni uchratish mumkin.

Tabiyki, tut parvonasining zarari tut daraxtining rivojlanishida namoyon bo’ladi. Uning rivojlanishi asosan pilla qurtini boqib bo’lgandan keyin sodir bo’lgani uchun bu jarayonga zarari tegmaydi. Ammo, keyinchalik o’sib chiqqan barglarni shikastlashi hisobiga novda uzunligi, yo’g’onligi va qish sovug’iga chidamliligi o’z maromiga yetmaydi.

Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, agar har bir tut novdasida o’rtacha 1 ta bargga 1 ta qurt to’g’ri kelsa, novdaning uzunligi 30 sm gacha qisqarishi mumkin. Bundan tashqari, nazoratga va qishning qattiq kelishiga qarab, novda uchlari 30-40 foizgacha qurishi mumkin. Umuman olganda, yangi novda uzunligi 50-60 smdan 150 smgacha qisqaradi, barglar soni 20-50% ga, uning og’irligi 21-60% ga kamayadi. Bunday ahvol yildan-yilga davom etsa, tut daraxti qurishi mumkin

Tadbir yakunida “O’simliklarni himoya qilish va qishloq xo’jalik fitopatologiyasi” kafedrasi mudiri dotsent S.Mirzaeva so’zga chiqib bugungi mavzuning afzalliklari to’g’risidagi fikr va muloxazalarini bildirdi.

Tadbirda mehmonlar va talabalar o’rtasida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Talabalar ma’ruzachilardan o’zlari qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar.

Kafedra mudiri:                                                                                     S.Mirzaeva

mavzusida otkazilgan maruza (3).jpg

mavzusida otkazilgan maruza (2).jpg

mavzusida otkazilgan maruza (4).jpg




Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech