Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
8 Октябр 18:06

2018 yil 5 oktyabr kuni talabalar orasida giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bog’liq jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish, talabalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, ularni yuksak ma’naviyatli va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda turli yot mafkuralarga, g’oyalarga, axborot hurujlariga qarshi immunitetini shakllantirish va mustahkamlash, kashandalik illati yoyilishining oldini olish, har tomonlama barkamol farzandlarni tarbiyalash va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida talabalar turar joyida “Yoshlar oqshomi” bayram dasturi tashkil etildi. Tadbirda filial Ma’navaiyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi, filial xotin-qizlar qo’mitasi va barcha fakultetlar dekan o’rinbosarlari ishtirok etdilar.

Dastlab tadbirni Ma’navaiyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Elyorbek Matisaqov, talabalarga turar joylarini ozoda tutishlari, gigiyenaga rioya qilishlari va ko’ngilsiz hodisalarga yo’l qo’ymasliklari to’g’risida atroflicha tushunchalar berib o’tdi hamda barchaga yaxshi kayfiyat tilagan holda tadbirni ochib berdi.

Tadbirni filialning “Og’alar” QVZ jamoasidan Muhammadyusuf Toshmatov “Sog’inib” deb nomlangan diltortar qo’shig’i bilan boshlab berdi.

Shundan so’ng, talabalar ishtirokida “Eng quvnoq talaba” o’yini tashkil etildi. Ushbu o’yinda filialning “Agrobiologiya”, “O’simliklar himoyasi va agrokimyo” va “O’rmon xo’jaligi va meva-sabzavotchilik” fakultetlaridan bittadan talaba ishtirok etdi. Talabalarga hush kayfiyat ulashgan “Eng quvnoq talaba” o’yinida “O’simliklar himoyasi va agrokimyo” fakulteti talabasi g’olib deb topildi va Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi tomonidan esdalik sovg’a bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Og’alar” QVZ jamoasining ichakuzdi hangomalari va qiziqarli chiqishlari talabalarga yuqori kayfiyat ulashdi va olqishlariga sabab bo’ldi.

Tadbir so’ngida barcha talaba-yoshlar disko-shouga taklif etildi.

Tadbirda 600 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdilar.



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech