Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
6 Январ 2018 13:17

2018 yilning 5- yanvar kuni Andijon qishloq xo’jalik institutining ma’naviy-ma’rifiy va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti 2018 yilda o’tkaziladigan tadbirlari uchun xalq tili bilan aytilganda bay ochdilar!

Mudofaa vazirligiga qarashli Andijon gornizonida joylashgan 33171 sonli harbiy qism bilan hamkorlikda "Milliy Armiyamiz yoshlarning mardlik, matonat maktabidir" mavzusida ma’naviy - ma’rifiy tadbir tashkil etdilar!

Tadbir ishtirokchilari orkestr sadolari ostida gullar bilan kutib olindi.

Tadbirni O’zbekiston Respublikasi veteran jangchi faxriylar va nogironlar jamiyati Andijon viloyati bo’limi rahbari Muratov Ta’lat Pardaevich nomidan, musulmon bataloni komandiri, polkovnik Xabibulloh Xolboyev ochib berdi va barcha tadbir ishtirokchilarini Vatan himoyachilari oyligi doirasida o’tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqirib, o’zi komandirlik qilgan afsonaviy musulmon batolonining "SHtorm 333 " sonli mashhur operatsiyasi haqidagi jangovar taassurotlari bilan o’rtoqlashdi.

SHundan so’ng bir guruh harbiylar polkovnik Rahimjon Yo’ldoshev ko’magida medallar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

SHuningdek, veteran jangchi faxriylar va nogironlar jamiyati Asaka tumani bo’limi rahbari Baxodir Qoratoyev, institut ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i M. Botirovlar ham tadbir ishtirokchilarini "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" bilan tabrikladilar.

Harbiy qism bilan doimiy hamkorlik qilib kelayotgan "Og’alar" qvz jamoasi sahnaga askarlarning olqishlari ostida kutib olindi. Ularning qo’shiq, parodiya, sahna ko’rinishlari barchaga bayram kayfiyatini ulashdi. Harbiy qism askarlarining jangovar chiqishlari esa tadbirga yana ham jangovarlik kayfiyatini olib kirdi.

M. YUsuf nomidagi maktab internat o’quvchilarining sara she’rlari, san’at kolleji va Andijon tumanidagi 16- son musiqa maktabi tarbiyalanuvchilarining chiqishlari harbiylarning olqishlariga sazovar bo’ldi.

Tadbir so’ngida harbiy qism boshlig’ining o’rinbosari Bobirjon Pozilov so’z olib, tadbirni yuqori saviyada o’tishini ta’minlashda katta yordam berganligi uchun institut rektoriga minnatdorchilik bildirib, "Og’alar" jamoasini harbiy qism tashakkurnomasi bilan taqdirladi. Veteranlar bilan o’tkazilgan suhbatlar ko’z oldimizda bir zumginaga tarixni jonlantirdi va yoshlar uchun yana bir bor jasorat saboqlari bo’ldi.

Tadbirda 239 nafar harbiylar, talabalar, mahalliy yoshlar ishtirok etdilar.

Vatan himoyachilari oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar 

bilan ishlash bo’limi boshlig’i M. Botirov


Milliy Armiyamiz 17.jpg

Milliy Armiyamiz 16.jpg

Milliy Armiyamiz 15.jpg

Milliy Armiyamiz 14.jpg

Milliy Armiyamiz 13.jpg

Milliy Armiyamiz 12.jpg

Milliy Armiyamiz 11.jpg

Milliy Armiyamiz 10.jpg

Milliy Armiyamiz 9.jpg

Milliy Armiyamiz 8.jpg

Milliy Armiyamiz 7.jpg

Milliy Armiyamiz 6.jpg

Milliy Armiyamiz 5.jpg

Milliy Armiyamiz 3.jpg

Milliy Armiyamiz 1.jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech