Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
7 Феврал 2018 18:24

2018 yil 6 fevral kuni institutning ma’ruzalar zalida talabalar bilimini baholashini adolatli va xolisona olib borish, poraho’rlik, ta’magirlik, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda BMTning tinchlik va inklyuziv jamiyat uchun korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha global rivojlanish loyihasi (ACPIS) doirasidagi O’zbekiston Respubikasida korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha siyosat va chora-tadbirlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda institut rektori A.Abduvasiqov, o’quv ishlari bo’yicha prorektor U.Ballasov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor R.Abdirahmonov, fakultet dekanlari, professor-o’qituvchilar hamda “O’simliklar himoyasi va agrokimyo” va “Gidromeloratsiya” fakultetlarining 430 nafar talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirni institut rektori A.Abduvasiqov kirish so’zi bilan ochib, Prezidentimiz rahnamoligida izchil amalga oshirilayotgan islohotlar, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish, hech kimdan kam bo’lmagan avlodni tarbiyalash, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim omil bo’lib xizmat qilayotganligi to’g’risida gapirib o’tdi.

SHuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishi sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishning samaradorligini oshirish, qishki semestr fanlarini yakunlashda poraho’rlik vam ta’magirlikka yo’l qo’ymaslik to’g’risida gapirib tushunchalar berib o’tdi.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar 

bilan ishlash bo’limi boshlig’i M.Botirov


tamagirlik (2).jpg

tamagirlik (1).jpg

tamagirlik (4).jpg

tamagirlik (6).jpg

tamagirlik (5).jpg

tamagirlik (3).jpg




Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech