Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
6 Январ 2018 15:15

Ona yurtimiz, mehnatkash xalqimiz xar doim o’zining mard, jasur yigitlaridan tashkil topgan milliy armiyasi bilan faxrlanib keladi. Xarbiylarimiz ota-onasi va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan ximoyasi uchun doimo shay turishni eng oliy burch deb hisoblashadi.

2018 yil 6 yanvar kuni Andijon qishloq xo’jalik instituti Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi, institutning birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi, Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi, institut xotin-qizlar qo’mitasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti hamkorligida “Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bayramini munosib nishonlash maqsadida institut professor-o’qituvchilari o’rtasida “Sog’lom kelajak – mamlakat poydevori” shiori ostida “Voleybol”, “Tennis” sport turlari bo’yicha musobaqalar bo’lib o’tdi.

Bellashuvda institutning “Agronomiya”, “Agroinjeneriya”, “Qishloq xo’jaligida menejment”, “O’simliklar ximoyasi va agrokimyo”, “O’rmon xo’jaligi va meva-sabzavotchilik”, “Gidromelioratsiya” fakultetlari va rektorat jamoalari ishtirok etdilar.

Musobaqani institutning kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi D.G’aniyev ochib, barcha professor-o’qituvchilarni 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” va O’zbekiston Qurolli Kuchlarining 26 yilligi bilan muborakbod etib, bellashuvlarga start berdi.

Musobaqada voleybol sport turi bo’yicha har bir jamoa tarkibi 12 nafar sportchi va 1 nafar murabbiydan iborat bo’ldi va o’yinlar voleybol federatsiyasi tasdiqlagan qoidalar asosida o’tkazildi. Stol tennisi sport turi bo’yicha jamoalar tarkibi 2 nafar erkak, 2 nafar ayol va 1nafar murabbiydan iborat bo’ldilar.

Natijalarga ko’ra, voleybol va stol tennisi sport turlari bo’yicha 1-o’rinni rektorat jamoasi, 2-o’rinni O’simliklar himoyasi va agrokimyo fakultet jamoalari qo’lga kiritdilar.

Musobaqalarni Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri M.Mirzaev boshchiligidagi hakamlar odilona boshqardilar.

Vatan himoyachilari oyligi doirasida o’tkazilayotgan tadbirlar yuqori kayfiyatda davom etmoqda.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar 

bilan ishlash bo’limi boshlig’i M.Botirov


Soglom  kelajak 4.jpg

Soglom  kelajak 3.jpg

Soglom  kelajak 2.jpg

Soglom  kelajak 1.jpg

Soglom  kelajak .jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech