Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
7 Ноябо 18:41

2018 yil 7 noyabr kuni yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari M.Botirov 2-talabalar turar joyida “Biz diniy ekstremizmga qarshimiz, ogohlik davr talabi” mavzusida talaba yigitlar bilan davra suhbati tashkil etdi.

Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona davlat siyosati natijasida tariximizni haqqoniy o’rganish, buyuk ajdodlarimizning insoniyat rivojiga qo’shgan hissasiini jahon miqyosida keng namoyish etishga qaratilayotgan doimiy e’tibor o’zligimizni anglash, jamiyatimizda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yuksaltirishga xizmat qilayotgani davra suhbatida takror va takror ta’kidlandi.

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari M.Botirov talabalar kuz-qish mavsumida elektr energiyasidan ehtiyotkorlik bilan foydalanishi, har xil qo’lbola isitgichlardan foydalanmasliklari hamda TTJ ozodaligini saqlashlari to’g’risida tushunchalar berdi.

Shundan so’ng mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, dinlararo bag’rikenglik, millatlararo totuvlik hamda hamjihatlilik, yurtimiz taraqqiyoti yo’lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning mustahkam asosi bo’lib xizmat qilayotganligi, lekin g’oyalar kurashi avj olayotgan bugungi kunda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo’lida hal etilishi zarur bo’lgan ko’plab muammolar yuzaga kelayotgani, kishilarning osuda hayotini izdan chiqarishga qaratilgan yangi shakldagi tahdidlarning kun sayin paydo bo’layotgani va buning natijasida buzg’unchi g’oyalar mafkura maydonini qurshab olayotgani barchamizdan ogohlik va hushyorlikni talab qilayotganligi to’g’risida to’xtalib, bugungi kunda dunyoning turli hududlarida, hususan Yaqin Sharq mintaqasida ro’y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ziddiyatli to’qnashuvlarga teran qarash hissini oshirish, har qanday ko’rinishdagi tahdidlarga qarshi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilishda kishilik jamiyati oldida bir qator kompleks vazifalarni hal etish dolzarb ekanligi to’g’risida aytib o’tdi.

Shuningdek, talaba yigitlarga yigit kishining fazilatlari, bo’lajak oila boshlig’i mas’uliyatlari, erkak kishining oiladagi roli va o’rni haqida hayotiy tajribalardan misollar keltirib, talaba qizlarga, ustozlarga nisbatan hurmat e’tiborda bo’lishlari haqida atrorflicha mulohazalarini bildirdi.

Davra suhbatida Yoshlar ittifoqi filial boshlang’ich tashkiloti yetakchisi O.Abdullaev, talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi 75 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
TTJ tadbir2.jpg
TTJ tadbir1.jpg
TTJ tadbir4.jpg
TTJ tadbir3.jpg
TTJ tadbir5.jpg
TTJ tadbir6.jpg
TTJ tadbir7.jpg
TTJ tadbir8.jpg


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech