Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
10 Феврал 2018 10:10

2018 yil 8 fevral kuni institutimizning 241 auditoriyasida Agroinjeneriya fakulteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda institutimiz yoshlar yetakchisi O.Abdullaev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-51-06-sonli Farmoni va 2017 yil 18 iyuldagi PQ-3138-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining 2017 yil 27 dekabrdagi “O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O’zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo’lgan talabalarni moddiy qo’llab-quvvatlash tartibi to’g’risidagi nizomda”gi tasdiqlangan qarori hamda qarorga muvofiq 2018 yil 23 yanvar kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashi Ijroiya qo’mitasi tomonidan moddiy qo’llab-quvvatlanishga da’vogar talabalarning asosiy ko’rsatkichlarini baholash mezonlari, anketa, ariza, yo’riqnoma, tavsiya va boshqa zaruriy me’yoriy hujjatlar bilan to’liq tanishtirilib, atroflicha ma’lumotlar berdi hamda Oliy ta’lim muassasalarining to’lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalari uchun O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan Ta’lim grantining asosiy maqsadi - yoshlarning munosib ta’lim-tarbiya olishida ko’maklashish, ijtimoiy himoyaga muxtoj yoshlar katlamlarini moddiy qo’llab-quvvatlash to’lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan chin yetim, nogiron, ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan va Mehribonlik uyida tarbiyalangan, talabalar uchun tashkil etilgan loyiha to’g’risida tanishtirib o’tdi.

Talabalar tomonidan berilgan savollarga O.Abdullaev to’liq ma’lumot berdi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut

boshlang’ich tashkilot matbuot xizmati

QXM uchrashuv (1).JPG

QXM uchrashuv (4).JPG

QXM uchrashuv (3).JPG

QXM uchrashuv (2).JPG


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech