Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
9 Январ 2018 17:48

Mustaqillik, tinchlik osoyishtalik har bir inson, har bir xalq orzu qiladigan va e’zozlaydigan ulug’ ne’matdir. Ana shunday ulug’ ne’matni saqlovchi, bizning tinchlik va xavfsizligimizni ta’minlovchilar shak-shubhasiz Vatan himoyachilari va posbonlaridir.

Qurolli Kuchlarimiz Vatanimiz mustaqilligi, tinchlik-osoyishtaligi va bunyodkorona mehnatining ishonchi, himoyachisi deb biladi. Milliy armiyamiz tom ma’noda xalqimizning g’urur iftihoriga aylanishi uchun hissa qo’shish barchamizning eng muqaddas burchimiz bo’lishi kerak.

2018 yil 8 yanvar kuni Andijon qishloq xo’jalik instituti Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi, institutning birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi, Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi, institut xotin-qizlar qo’mitasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti hamkorligida “Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bayramini munosib nishonlash maqsadida institut professor-o’qituvchilari o’rtasida “Sog’lom kelajak – mamlakat poydevori” shiori ostida “SHaxmat” va ayol o’qituvchilar o’rtasida “Stol tennisi” sport turlari bo’yicha musobaqalar bo’lib o’tdi.

Bellashuvda institutning “Agronomiya”, “Agroinjeneriya”, “Qishloq xo’jaligida menejment”, “O’simliklar ximoyasi va agrokimyo”, “O’rmon xo’jaligi va meva-sabzavotchilik”, “Gidromelioratsiya” fakultetlari va rektorat jamoalari ishtirok etdilar.

Musobaqani institutning kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi D.G’aniyev ochib, barcha professor-o’qituvchilarni 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” va O’zbekiston Qurolli Kuchlarining 26 yilligi bilan muborakbod etib, jamoalarga omad tiladi.

Musobaqada Stol tennisi va SHaxmat sport turi bo’yicha jamoalar tarkibi 2 nafar erkak, 2 nafar ayol va 1nafar murabbiydan iborat bo’ldilar.

Murosasiz o’tgan musobaqalar natijalariga ko’ra, Stol tennisi sport turi bo’yicha 1-o’rinni rektorat jamoasi, 2-o’rinni O’simliklar himoyasi va agrokimyo fakulteti jamoasi va shaxmat musobaqasida esa 1-o’rinni rektorat jamoasi va 2-o’rinni Agroinjeneriya jamoalari egalladilar.

Musobaqalarni Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri M.Mirzaev boshchiligidagi hakamlar odilona boshqardilar.

Vatan himoyachilari oyligi doirasida o’tkazilayotgan tadbirlar yuqori kayfiyatda davom etmoqda.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar 

bilan ishlash bo’limi boshlig’i  M.Botirov


Soglom  kelajak  mamlakat poydevori.jpg

Soglom  kelajak  mamlakat poydevori 1.jpg

Soglom  kelajak  mamlakat poydevori 2.jpg

Soglom  kelajak  mamlakat poydevori 3.jpg

Soglom  kelajak  mamlakat poydevori 4.jpg

Soglom  kelajak  mamlakat poydevori 6.jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech