Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
9 Феврал 2018 17:39

“Bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina, inson qadrini bilishi, o’z milliy qadriyatlarini, milliy o’zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib o’rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin.”

Bu teran fikrlar brinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “YUksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida aks etgan.

2018 yil 9 yanvar kuni axborot resurs markazi katta o’quv zalida Ajdodlarimizni bizga meros qilib qoldirgan boy ma’naviy xazinalarini yanada chuqurroq o’rganish, ularning asarlarida aks etgan Vatanga muhabbat tuyg’ularini yoshlarimiz ongiga singdirish, ularni vatanparvarlik, elga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi, ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi, institutning iqtidorli talabalari hamkorlikda Alisher Navoiy meroslariga bag’ishlangan “Ajdodlarimizning mo’’tabar nomlari, ijodiy meroslarining boqiyligi, badiiy da’hosi zamon va makon chegaralarining bilmasligi millatimizning g’ururi, mangu sharafidir!” shiori ostida tadbir o’tkazildi.

Tadbirni institut “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti Q.Nasritdinov ochib, tadbir mazmun-mohiyati, maqsadi bilan ishtirokchilarni tanishtirib, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, umumbashar tamadduniga qo’shgan hissalari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdi.

R.YUsupov, assistent A.Rayimqulov va fakultet dekanining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari A.Qambarov, fakultet o’qituvchilari M.YUldasheva, SH.Xaydarova va ARM xodimasi F.Po’latovalarning G’azal mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqidagi nutqlari va Agroinjeneriya” fakultetining 1-46,1-49 gurux talabalari shoir yashagan davrda Movaraunnahr va Xurosondagi ijtimoiy siyosiy jarayonlar tarixi, shoir asarlarida insoniylik, Vatanga muhabbat g’oyalarini madx etilishi, shoirning amaliy hayotda el yurt ulus korini yaxshilash borasida amalga oshirgan hayrli ishlari haqidagi chiqishlari tadbir saviyasini ko’tarinki va sermazmun qildi..

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar

bilan ishlash bo’limi boshlig’i M.Botirov


Ajdodlarimizning motabar nomlari (4).jpg

Ajdodlarimizning motabar nomlari (3).jpg

Ajdodlarimizning motabar nomlari (2).jpg

Ajdodlarimizning motabar nomlari (1).jpg

Ajdodlarimizning motabar nomlari (5).jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech