Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
15 Феврал 2018 10:36

Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o’ziga xos o’rin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligini munosib nishonlash maqsadida institutning Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi, gumanitar fanlar kafedrasi, O’zbekiston “Yoshlar ittifoqi” institut boshlang’ich tashkiloti va institutning iqtidorli talabalari hamkorlikda, institutning tantanalar saroyida “Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz yodi hamisha qalbimizda barhayot” shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi.

Institutning tantanalar saroyi Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining hayoti va ijodi bilan bog’liq kitoblar, gazeta va jurnallar, bukletlar, pannolar, ko’rgazmali qurollar bilan bezatildi.

Tadbirning asosiy maqsadi, ajdodlarimizga bo’lgan ehtirom ma’naviy merosimizning mohiyatini talabalar qalbiga va ongiga yanada chuqurroq singdirish.

Tadbirni istitutning gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, dotsenti Q.Nasriddinov ochib berdi va yorug’ olamda inson yashash bilan barobar o’zidan avval o’tganlarning hayoti, qilgan ishlaridan ibrat oladi, ularning yaxshi tomonlarini o’zidan keyingi avlodga saboq uchun qoldirgisi keladi, odamzod faxrlanish, ma’naviy merosxo’rlik tuyg’usi bilangina emas, o’zidan nimalarnidir qoldirish ishtiyoqi bilan yashaydi. Timsoliy ma’nolar bilan aytganda, har bir inson hayot zanjiriga bir halqa bo’lib qo’shilgisi keladi. Busiz hayotning ma’nosi hechdir, bejiz timsoliy ma’nolar haqida, ma’naviy merosho’rlik tuyg’ulari haqida gapirmadim, bugungi tadbirimiz bobomiz Zahiriddin Muhammad Boburning ma’naviy meroslariga bag’ishlanganligi bilan yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi deya, tadbir ishtirokchilarini bobolarimiz tug’ilgan ayyomlari munosabati bilan tabriklab, ular kabi el ardog’ida bo’lishlariga niyat bildirdi.

Shundan so’ng, gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti R.Yusupov Zahiriddin uMuhammad Bobur asarlarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, ruhiy, diniy jihatlari va shu kabi mavzular bilan birgalikda, ta’lim-tarbiya, til tarixiga oid dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha tushuncha berib o’tdi.

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodidan videolavhalar tadbir qatnashchilariga namoyish etildi.

Institutning iqtidorli talabalari ijrosidagi Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub go’zal g’azal va ruboiylar bilan tadbir yanada o’zgacha fayz oldi.

Bobur qalamiga mansub kuyga solingan g’azal va ruboiylar institutning iqtidorli talabalari tomonidan mahorat bilan ijro etildi va qatnashchilarda taassurot qoldirdi.

Tadbirda institutning dekan o’rinbosarlari, professor o’qituvchilar va 420 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar

bilan ishlash bo’limi boshlig’i M.Botirov

Boburxonlik (6).JPG

Boburxonlik (7).JPG

Boburxonlik (5).JPG

Boburxonlik (2).JPG

Boburxonlik (8).JPG



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech