Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
2 Май 2018 16:12

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan buyon yurtimizda o’tkazilib kelinayotgan tantana va bayram kunlari o’zligimizdan, o’z mentalitetimizdan kelib chiqib yangicha nishonlanib kelinmoqda. Jumladan, 9 may «Xotira va Qadrlash» kuni ajdodlarimizning pok ruhini e’zozlash, keksa avlod vakillariga hurmat va extirom ko’rsatish an’anaga aylangan.

Xotira – ajdodlarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi, zero, inson xotira bilan tirik, qadri bilan ulug’.

2018 yilning 2 may kuni 9 may - “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan institutning tantanalar saroyida Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti hamkorligida Inomjon Tursunovning “Qabohat komida” nomli asariga Mirzohid Botirov rahbarligida talaba Mirjalol Bozorboyev tomonidan sahnalashtirilgan teatr namoyish etildi.

Teatr o’zining hayotiyligi, sermazmunligi, jamiyatda uchraydigan ijtimoiy muammolar va salbiy holatlarni iqtidorli talabalarning mahoratli ijrosidagi ko’rinishlari bilan tomoshabinlarda katta taassurot uyg’otdi.

Tadbir so’ngida institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori R.Abdirahmonov va institutning Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i M.Botirovlar bayram munosabati bilan fikr bildirishib, xalq xotirasi deganda kishi ko’z o’ngiga Vatan ibtidosidan bugunga qadar shu yurt, shu xalq deb kurashgan, kuch-qudrati, aql-zakovatini ayamagan, kerak bo’lsa, shu yo’lda jon fido qilgan ne-ne buyuk zotlar bir-bir o’tadi deya ta’kidlashib, ikkinchi jahon urushi va mustaqillik yillaridagi iztirobli, qadrli xotiralar bilan o’rtoqlashdilar.

“Inson – aziz, xotira abadiy, qadr muqaddas”. Aynan shu hikmat mustaqillik yillarida o’zgacha sayqal bilan tilga olinmoqda. Xotira va qadrlash kuni Vatanimiz ozodligi, shonu-sharafi himoyachilari hamda butun millatning qadriyatlarini ulug’lashga yo’naltirilgan umumxalq bayrami sifatida nishonlanmokda. Qolaversa, 9 may – “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan mustaqil O’zbekistonimizda o’tganlar ruhini yodga olish bilan birga butun umrini el-yurt xizmatiga baxshida etgan mo’’tabar qariyalar, mehnat faxriylari, bir so’z bilan aytganda, insonni qadrlash, e’zozlash maqsadida ular istiqomat qilayotgan joylarga tashriflar rejalashtirilayotganligi haqida R.Abdiraxmonov so’zlar ekan, barcha talaba yoshlarni mazkur oylik davomida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Tadbirda 25 nafar professor-o’qituvchilar va 480 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli

yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i: M.Botirov

qaboxat10.jpg

qaboxat8.jpg

qaboxat7.jpg

qaboxat6.jpg

qaboxat3.jpg

qaboxat4.jpg

qaboxat2.jpg

qaboxat.jpg

qaboxat9.jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech