Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
27 Феврал 2018 11:58

2018 yilning 23 fevral kuni Andijon qishloq xo’jalik institutining katta sport o’yingohida, O’zbekiston Mudofaasiga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” viloyat tashkiloti, Andijon tuman hokimligi, Andijon tuman “O’quv sport texnika klubi” hamda Andijon qishloq xo’jalik instituti hamkorligida “Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirni O’zbekiston Mudofaasiga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti raisi M.Satqulov ochib berdi va tabrik uchun so’zni institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha propektori R.Abdirahmonovga berdi.

R.Abdirahmonov o’z so’zida yoshlarni ota-ona bag’ridagi emin-erkin hayot, maktab davridadan to balog’at yoshigacha bo’lgan voqealar har bir inson yodida qolishi, uning katta hayotga qadam qo’yishi esa, ota-ona uchun katta baxt ekanligi, mana shunday ozod va obod O’zbekiston deb atalmish jannamatkon yurtda yashayotgan insonlar bir so’z bilan atyganda eng baxtli insonlardir deya barcha qatnashchilarni bayram bilan tabrikladi.

SHundan so’ng, O’zbekiston Mudofaasiga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining avto targ’ibot yurishi davraga kirib keldi. Tashkilotning texnik va amaliy turlari bo’yicha O’zbekiston va Jaxon chempionlari tadbirga tashrif buyurdilar va tadbir davomida tantanali taqdirlandilar.

Andijon qishloq xo’jalik institutining iqtidorli yoshlari va Andijon tumani Madaniyat bo’limining san’atkorlari tomonidan kuylangan diltortar qo’shiqlar va institutning “Og’alar” QVZ jamoasining chiqishi tadbir qatnashchilariga yuqori kayfiyat ulashdi va katta taassurot qoldirdi.

Tadbirda institutning professor-o’qituvchilari va 120 nafar talaba-yoshlari, tashkilotning ishchi xodilari, viloyatimizdagi 5 ta umumta’lim maktablarining 500 nafar o’quvchilari va 100 dan ortiq uyushmagan yoshlar qatnashdilar.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

bo’yicha prorektor R.Abdirahmonov

Vatanparvarlikni chinakam etiqodga aylantiraylik (9).JPG

Vatanparvarlikni chinakam etiqodga aylantiraylik (5).jpg

Vatanparvarlikni chinakam etiqodga aylantiraylik (4).jpg

Vatanparvarlikni chinakam etiqodga aylantiraylik (3).jpg

Vatanparvarlikni chinakam etiqodga aylantiraylik (2).jpg

Vatanparvarlikni chinakam etiqodga aylantiraylik (1).JPG


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech