Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
7 Октябр 11:36

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialida horijiy hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2019 yil 3 oktyabr kuni Germaniyaning Quyi Saksoniya federal yeridagi Klaustal texnika universiteti professori Talant Akimjanovich Rispaev ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi. Katta tajribaga ega bo’lgan mazkur mutaxassislar ko’plab xalqaro darajadagi tan olingan ilmiy natijalari bilan yetakchi universitetlarda ma’ruzalari tashkil etib boradi. Unda filialning Agrobiznes va investitsion faoliyat kafedrasi professor-o’qituvchilari, 20 dan ziyod iqtidorli talabalari  qatnashdilar. Dastlabki taqdimot Germaniyada ta’lim va ilmiy-tadqiqot imkoniyatlari deb nomlanib, unda DAAD, Erasmus+ va boshqa bir qator dasturlar yordamida magistratura, doktoranturada o’qish va tadqiqot loyihalarida qatnashish imkoniyatlari namoyish qilindi. Mazkur masalalar ishtirokchilarning katta qiziqishiga sabab bo’ldi va faol savol- javoblar tashkil etildi. SHuningdek biostimulyator sifatida mineral o’g’itlarning yangi avlodini qo’llash, uning afzalliklari, iqtisodiy samaradorligi haqida qiziqarli taqdimot tashkil etildi. Istiqbolda bunday mahorat darslarini muntazam tashkil etishga kelishildi. 

B.Nosirov

Saksoniya (1).jpg

Saksoniya (2).jpg

Saksoniya (3).jpg

Saksoniya (5).jpg

Saksoniya (6).jpg

Saksoniya (7).jpg


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech