Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
5 Декабр 16:45

Joriy yilning 3 dekabr kuni Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali tomonidan Andijon tumanida joylashgan Bo’taqora “Muruvvat uyi”da “3 dekabr- Xalqaro imkoniyati cheklanganlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i E.Matisaqov boshchiligida filialning iqtidorli talaba-yoshlaridan tashkil topgan “Og’alar” quvnoqlar va zukkolar jamoasi a’zolari ishtirok etdilar.

Tadbirni Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i E.Matisaqov tabrik so’zi bilan ochib berdi hamda tarbiyalanuvchilarni “3 dekabr- Xalqaro imkoniyati cheklanganlar kuni” munosabati bilan muborakbod etib, o’zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish, yetim-esirlarning boshini silash, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo’lish kabi halqimizga xos urf-odat va an’analar bugun bizni siz bilan qalbimizga bezovtalik, qayg’urish olovini yoqqanligi rost deya o’z so’zini yakunladi va hamisha mehrga muhtoj qalblar uchun filial jamaosi xizmatga tayyor ekanligini bildirdi.

Shundan so’ng “Og’alar” quvnoqlar va zukkolar jamoasining chiqishlari, parodiya va xazil mutoyibalari barchaning kayfiyatini ko’tarib yubordi.

Ayniqsa, ma’naviyatimiz, millatimiz, jannat ifori kelib turadigan jannatmakon davlatimiz, yoshlarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ko’rsatilayotgan g’amxo’rliklar haqidagi dil so’zlari barchani to’lqinlantirib, Vatanimizga bo’lgan muhabbatlarini, davlatimizning ertangi porloq kunlariga bo’lgan ishonchlarini orttirdi.

Tadbir filialning iqtidorli yoshlari ko’nglida imkoniyatlari cheklangan erkaklar uchun ixtisoslashtirilgan “Muruvvat uyi”da yaratilgan shart-sharoitlar uchun hukumatimizga, shaxsan O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga nisbatan yanada cheksiz hurmat, Vatanparvarlik tuyg’ularini oshirdi.
Muruvvat uyi (1).jpg
Muruvvat uyi (2).jpg
Muruvvat uyi (3).jpg
Muruvvat uyi (4).jpg
Muruvvat uyi (5).jpg
Muruvvat uyi (6).jpg
Muruvvat uyi (7).jpg
Muruvvat uyi (8).jpg
Muruvvat uyi (9).jpg
Muruvvat uyi (10).jpg


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech