Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
12 Май 10:26

9  may – “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan xizmat burchini bajarish  vaqtida halok bo’lgan harbiy xizmatchi xonadoniga tashrif

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi PQ-3667-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda 9 may – “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida Surxondaryo viloyatidagi  jangovor harakatlarda halok bo’lgan Todjiboyev Doniyorbek Abdumutalibovich istiqomat qilgan uyga hamda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari honadonlariga tashriflar tashkil etildi.   

2018 yil 9 may kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumani Madaniyat QFY Ittifoq ko’chasi, 20 uyda istiqomat qilgan, 2000 yil 11 avgust kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida bo’lgan jangovar xarakatlarda o’qdan yaralanib halok bo’lgan Todjiboyev Doniyorbek Abdumutalibovichning xonadonida institut rektori A.A.Abduvasiqov rahbarligida institut kasaba uyushma qo’mitasi raisi D.G’aniyev, Moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo’yicha prorektor X.Baratov, Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi uslubchisi A.Ismonovlar mehmon bo’lishib,  marhumning oila a’zolaridan xabar oldilar.

Institut rektori A.Abduvasiqov Tojiboyev Doniyorbekni uning xizmat burchini mardona o’tash vaqtida qilgan qahramonligi, uning Vatanparvarligi xalqimiz, hukumatimiz tomonidan hech qachon unutilmasligi, u hamisha barhayot ekanligi,bugungi sarafroz kunlarimizda bu oilaning mard o’g’lining munosib hissasi borligi va bu munavvar kunlarni ko’z qorachig’iday asrab kelajak avlodga yetkazish majburiyati va mas’uliyati bilan yoshlarimiz tomirida qon oqayotganligini faxr bilan ta’kidladilar. Mana shunday el koriga yaraydigan, mard, halol yigitni tarbiya qilgani uchun onasi Abdurazzaqova Hayoxon ayaga yana bir bor minnatdorchilik bildirdi. Hayoxon aya ham tashrif uchun, tabrik uchun, marhum o’g’lini yod etib kelganliklari uchun barchaga minnatdorchilik bildirib, Vatan mard o’g’lonlarini hech qachon unutmasligi meni ko’nglimga taskin beradi, o’g’lim bilan faxrlanaman deya oilasi va yaqinlari nomidan ustozlarni ham bayram bilan tabrikladi

Tashrif davomida institut tomonidan Tojiboyev Doniyorbekning ayasi Hayoxon ayaga guldasta  va esdalik sovg’alari topshirildi.

Marhum harbiylar xonadonlariga qilgan tashriflar marhumlar oila a’zolarini ko’nglini tog’dek ko’targan bo’lsa, tashrifdan xabar topgan mahalla faollari, marhumlar yaqinlari va iqtidorli yoshlar uchun yana bir tarbiya maktabini o’tadi, ularni ko’nglida Vatanga muhabbat o’tlarini olovlantirdi, xalq uchun, Vatan uchun sidqidildan halol xizmat qilishga chaqirdi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Vatan bu mard o’g’lonlari bilan hamisha faxrlanadi va hech qachon ularni esdan chiqarmaydi.

 

 

 

 

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli

        yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i:                                     M.Botirov


9  may – “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan xizmat burchini bajarish  vaqtida halok bo’lgan harbiy xizmatchi xonadoniga tashrif yuzasidan 

FOTOLAVHALAR


harbiy xizmatchi xonadoniga tashrif  (1).jpg


harbiy xizmatchi xonadoniga tashrif  (2).jpg


harbiy xizmatchi xonadoniga tashrif  (3).jpg


harbiy xizmatchi xonadoniga tashrif  (4).jpg


harbiy xizmatchi xonadoniga tashrif  (5).jpg


harbiy xizmatchi xonadoniga tashrif  (6).jpg


harbiy xizmatchi xonadoniga tashrif  (7).jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech