Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
26 Декабр 2018 12:32

2018 yil 24-dekabr kuni Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialida “O’rmon xo’jaligi va meva-sabzavotchilik” fakulteti talabasi Hamidov Doniyorbekning ijtimoiy loyihasiga ko’ra, xorijiy tillar kafedrasi Muxitdinova F, Axmadjanova SH, Akramova D hamda Amerika Qo’shma Shtatlarining xalqaro USAID tashkiloti hamkorliglarida, “AGROLEADERS” klubining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Klubning asosiy maqsadi, oliygohimizdagi ta’lim yo’nalishlar bo’yicha taxsil oluvchi, ilmiy salohiyatga ega, iqtidorli talabalarni birlashtirib, qishloq xo’jaligiga oid yangi g’oyalar, muammolarni va dunyo miqyosida bahs-munozaralarga sabab bo’layotgan mavzularni ingliz tilida taxlil hamda muxokama qilish uchun tashkil etilgan klubdir.

Tadbir uch bosqichdan iborat bo’lib 1-bosqichda talabalar “Irsiyati o’zgartirilgan meva va sabzavotlarni” foydali va zararli tomonlari to’g’risida ikkita jamoaga bo’lingan holda ingliz tilida bahs va munozaralar olib bordilar.

2-bosqichda ishtirokchilar meva-sabzavotlarni saqlashga oid an’anaviy va innovatsion g’oyalarini taqdimot ishlari orqali namoyish etdilar.

3- bosqichda esa “NEW YEAR PARTY” nomli bosqich ham bo’lib o’tdi. Ushbu bosqichda klub a’zolari o’zlarning yangi yil uchun tayyorlagan sahnalarini namoyish etdilar. 


AGROLEADERS (31).jpg

AGROLEADERS (30).jpg

AGROLEADERS (28).jpg

AGROLEADERS (24).JPG

AGROLEADERS (5).JPG

AGROLEADERS (3).JPG

AGROLEADERS (25).JPG

AGROLEADERS (26).JPG

AGROLEADERS (22).JPG

AGROLEADERS (19).JPG

AGROLEADERS (18).JPG






Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech