Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
5 Феврал 2018 16:22

2018 yil 3 fevral kuni Andijon qishloq xo’jalik instituti Akademik litseyida 3-bosqich bitiruvchi o’quvchilarning ota-onalari bilan yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilishda Andijon qishloq xo’jalik instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bo’yicha prorektori K.Komilov, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha bo’lim boshlig’i R.Qodirov, Akademik litsey direktori L.YUsupov, akademik litsey o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari K.Ismadiyorov, gurux rahbarlari hamda 48 nafar bitiruvchi o’quvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar.

Bunda o’quvchilarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, pedagog va ota-onalar hamkorligini mustaxkamlash, qo’shimcha darslar va to’garaklarni faollashtirish, iqtidorli o’quvchilarni qo’llab-quvvatlash, ularni maqsadli ta’limga yo’naltirish va pirovard natijada akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirishini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.

Yig’ilishda Akademik litsey o’quvchilaridan sinov tariqasida olingan test natijalari ularning ota-onalariga xavola etildi, sinov test natijalari bo’yicha nisbatan past ko’rsatkichga erishgan o’quvchilardan guruhlar shakllantirish hamda institutning ilmiy salohiyatli pofessor-o’qituvchilaridan iborat qo’shimcha o’quv kurslari tashkil etishga kelishib olindi.

Uchrashuv so’ngida bitiruvchi bosqich o’quvchilarning ota-onalari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Al va KXK bo'lim boshlig'i R.Qodirov


3-bosqich bitiruvchi .jpg

3-bosqich bitiruvchi 1.jpg

3-bosqich bitiruvchi 2.jpg

3-bosqich bitiruvchi 3.jpg

3-bosqich bitiruvchi 4.jpg

3-bosqich bitiruvchi 5.png



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech