Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
5 Апрел 2018 18:05

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “O’zbekiston ijodkor ziyolilari” vakillari bilan o’tkazgan videoselektor yig’ilishida o’zbek kinomatografiyasining oldida turgan asosiy vazifalarni belgilab berdi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 5-6 aprel kunlari institutning tantanalar saroyida “O’zbekkino” milliy agentligining “O’zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan davlat buyurtmasi asosida sur’atga olingan “Jondan aziz” nomli yangi badiiy filmi namoyishi bo’lib o’tdi.

Mazkur namoyishda Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi, “O’zbekiston yoshlar ittifoqi” institut BT yetakchilari, fakultetlar ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari hamda 730 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Filmda hozirgi kun talaba-yoshlari, ularning turmush tarzi, oiladagi tarbiya, ota-onaning qadr-qiymati, yoshlarni aldov yo’llari bilan odam savdosi qurboniga aylanib qolinishlari, bilmasdan har-xil diniy oqimlarga aralashib qolayotganliklari va buni salbiy oqibatlari, xotin-qizlarni ishlash uchun chetga chiqib, fohishabozlik bilan shug’ullanishga majbur etilayotganligi ko’rsatib berilgan.

Filmda bir yosh yigit o’z ota-onasiga yolg’on gapirib, davlat granti asosida o’qishga kirganligini aytib, o’zi esa Rossiya davlatiga ishlash uchun ketganligi ko’rsatib berilgan. Keyinchalik akasining surishtiruvlariga asoslanib uni yolg’oni fosh bo’ladi. Bu vaqtda esa u allaqachon aldov yo’llari bilan diniy oqim a’zosiga aylanganligi va buni oqibatida o’zi tug’ilib o’sgan mahallasida terroristik harakatlarni amalga oshirib, IIB xodimlari tomonidan qo’lgan olinganligi namoyish etilgan.

Film namoyishi so’ngida talaba-yoshlar film haqidagi o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli

yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i M.Botirov

kino (2).jpg

kino (3).jpg

kino (4).jpg

kino (5).JPG


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech