Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
7 Феврал 2018 17:07

2018 yil 5 fevral kuni institutning ma’ruzalar zalida talabalar bilimini baholashini adolatli va xolisona olib borish, poraho’rlik, ta’magirlik, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda BMTning tinchlik va inklyuziv jamiyat uchun korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha global rivojlanish loyihasi (ACPIS) doirasidagi O’zbekiston Respubikasida korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha siyosat va chora-tadbirlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida Andijon tuman prokuraturasi, Andijon tuman IIB bilan hamkorlikda yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda institut rektori A.Abduvasiqov, o’quv ishlari bo’yicha prorektor U.Ballasov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor R.Abdirahmonov, fakultet dekanlari, Agronomiya, Gidromeloratsiya, O’simliklarni himoya qilish va agrokimyo, Qishloq xo’jaligida menejment, O’rmon xo’jaligi va meva-sabzavotchilik, Agroinjeneriya fakultetlarining barcha professor-o’qituvchilari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdilar.

Tadbirni institut rektori A.Abduvasiqov kirish so’zi bilan ochib, jamiyatimizda korruptsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo’l qo’ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekanligi to’g’risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo’yicha qat’iy choralar ko’rilayotganligi to’g’risida gapirib o’tdi.

Hozirda professor-o’qituvchilar tomonidan qishki semestr fanlari yakunlanayotganligi, bu jarayonda talabalarni baholanishini adolatli va xolisona o’tkazilishini ta’minlash, poraxo’rlik va ta’magirlik kabi illatlarga yo’l qo’ymaslik lozimliginii ta’kidladi.

SHuningdek, Andijon tuman prokuraturasi prokurori yordamchisi I.Ikromov va Andijon tuman IIB katta tergovchisi R.Mo’ydinovlar ham mavzuga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar

bilan ishlash bo’limi boshlig’i M.Botirov


talabalar bilimini baholash (1).jpg

talabalar bilimini baholash (2).jpg

talabalar bilimini baholash (3).jpg

talabalar bilimini baholash (4).jpg

talabalar bilimini baholash (5).jpg

talabalar bilimini baholash (6).jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech