Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
15 Феврал 2018 09:51

2018 yil 13 fevral kuni O’rta asr Sharq madaniyati, adabiyot va she’riyatda o’ziga xos o’rin egallagan adib, shoir, olim bo’lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda Z.M.Boburning tavallud ayyomi     535 yillgini munosib nishonlash bo’yicha  Andijon shahridagi Z.M.Bobur nomli maydonda bayram tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi SH.Q.Abdurahmonov,  Boburshunos olim Zokirjon Mashrabov, viloyat yozuvchilar uyushmasi rahbari Xurshidabonu Qo’chqarova, viloyat Madaniyat boshqarmasi, viloyat Ma’naviyat boshqarmasi, O’zbekiston “Yoshlar ittifoqi” viloyat Kengashi, Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari, Muhammad Yusuf nomli maktab o’quvchilari, akademik litsey hamda kasb-hunar koleji  o’quvchilari ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbirda Z.M.Bobur nomidagi viloyat teatri aktyorlari  mahorat bilan Boburiylar sulolasini sahna ko’rinishlar orqali namoyish etdilar.

Tadbirni kirish so’zi bilan viloyat hokimi SH.Q.Abdurahmonov ochib berdi va barcha ishtirokchilarni bayram bilan muborakbod etdi. Tadbirda viloyat hokimi tomonidan o’qib eshittirilgan Bobur g’azali tadbir ruhiyatini ko’tarib yubordi.

Tadbir davomida Nihol mukofoti sovrindori xonanda Dilnoza Akbarova tomonidan ijro etilgan “Andijonim”  qo’shig’iga barcha ishtirokchilar ko’tarinki kayfiyat bilan jo’r bo’ldilar.http://www.facebook.com/andijonqishloq.xojalikinstituti?hc_ref=ARQ6ObCA1aA-xVfQfvbcbzlFvIyuqqKtFURytZlmbs_xMtPfuW1SPwEKQtwdRaYlLp4

 Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar

 bilan ishlash bo’limi boshlig’i   M.Botirov


BoburDay (7).JPG

BoburDay (8).JPG

BoburDay (9).JPG

BoburDay (12).JPG

BoburDay (10).JPG

BoburDay (1).JPG



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech