Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
9 Март 2018 17:13

2018 yil 2 mart kuni institut tantanalar saroyida 8 mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Ayollarni e’zozlash va ularga hurmat-ehtirom ko’rsatish o’zbek xalqining ulug’ fazilatidir” nomli bayram tadbiri o’tkazildi.

Bayram tadbiri institut ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar

bilan ishlash bo’limi, “Agroinjeneriya” fakul’teti “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo’nalishi 2 bosqich 45 gurux murabbiyi, “Xorijiy tillar” kafedrasi o’qituvchisi To’raho’jaeva Mohidil va shu guruxning iqtidorli yoshlari tomonidan tashkil yetildi.

Tadbirni Andijon Qishloq xo’jalik instituti o’quv ishlar bo’yicha prorektori Ballasov Ulug’bek SHeraliyevich ochib berdi va tashrif buyirgan talaba qizlar, ustoz murabbiylar va ularning ota – onalarini 8 mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan qizg’in muborakbot etdi.

Institut xayotida va fakultet jamoat ishlarida faollik ko’rsatgan bir gurux ustoz murabbiylar va talabalar bayram munosabati bilan institut rektorining fahriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Tadbirni institutning iqtidorli talabalari Abduvahob Xamidov va Usmonxo’jaeva Gavxaroylar olib bordilar.

Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo’nalishi 2 bosqich 45 gurux talabasi SHertoyev Ibrohim “Ona” haqidagi she’ri bilan tadbirni badiiy qismini ochib berdi. SHundan so’ng “O’zbekkonsert” estrada birlashmasining ho’sh ovoz xonandasi Ahmadaliyev Dostonbek ayollarni madx etuvchi taronalar ijro etdi va Andijon tuman 1 – son bolalar musiqa va sanat maktabining iqtidorli o’quvchilari ajoyib chiqishlari bilan katnashdi. Ushbu maktabning “Yuduzcha” raqqosa qizlar guruhi va milliy cholg’u ansanbili vakili Abdumalikov Xikmatillo yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi. “Agroinjeneriya” fakulteti “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo’nalishi 2 bosqich 45 guruxning quvnoq va zukko yigit qizlaridan tashkil topgan “Ulfatlar” QVZ jamoasi yig’ilganlarga hush kayfiyat ulashdi.

Bayram oyligi doirasida bunday tadbirlar o’tkazilishi davom etmoqda.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli

yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i: M.Botirov

Ayollarni ezozlash (12).JPG

Ayollarni ezozlash (5).JPG

Ayollarni ezozlash (6).JPGAyollarni ezozlash (2).JPG

Ayollarni ezozlash (8).JPG

Ayollarni ezozlash (10).JPG

Ayollarni ezozlash (9).JPG

Ayollarni ezozlash (3).JPG



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech