Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
8 Ноябо 16:04

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialiga Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining Staff Mobility loyihasi doirasida 2018 yilning 3 noyabridan 8 noyabriga qadar Bolgariyaning D.A.TSenov nomli Svishtov Iqtisodiyot akademiyasidan Dr. Karina Agop Sarkisyan-Dikova tashrif buyurib, ingliz tilida Biznes kommukatsiyalar bo’yicha 12 soat hajmida mahorat darslari o’tkazdi.

Tashrifning birinchi kuni mehmonni Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali direktori qabul qilib, tashrifdan minnatdorligini va bizdagi xizmat safari uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilganini bildirdi. Keyingi bosqichlarda hamkorlik ko’lamini yanada kengaytirib, almashish dasturlari ko’proq professor-o’qituvchilar va talabalarni qamrab olishini, ilmiy hamda o’quv-uslubiy sohlarda ham hamkorlikni boshlash har ikkala tomn manfaatlariga xizmat qilishini bildirdi. Bolgariyaning D.A.TSenov nomli Svishtov Iqtisodiyot akademiyasi bilan qo’sh diplom berishni nazarda tutuvchi dasturlar boshlashni muhokama etish uchun ularning rektoriga Andijonga kelish taklifini yetkazishni iltimos qilindi. Esdalik sovg’alar almashildi.

Shundan so’ng Dr. Karina Agop Sarkisyan-Dikova institutning Xalqaro hamkorlik bo’limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

5 noyabr kuni “Agrobiznes va investitsion faoliyat” kafedrasining professor-o’qituvchilari bilan iqtisodiy fanlarni o’qitish bo’yicha dasturlar va o’quv-uslubiy materillar muxokama etildi.

So’ng Dr. Karina Agop Sarkisyan-Dikovaning ingliz tilidagi Biznes kommukatsiyalar bo’yicha mahorat darslariga institutimizning Qishloq xo’jaligida menejment, Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo’nalishlaridan 26 nafar iqtidorli talabalar taklif etildi. Darslar rektorat binosidagi xalqaro treninglar xonasida tashkil etildi. Darslar “Madaniyatlararo kommunikatsiya muammolari”, “Kommunikatsiya uslubini tanlash”, “Biznes kommunikatsiyani yaxshilash” kabi qiziqarli mavzularda tashkil etildi. Darslar davomida talabalar bilan qizg’in interaktiv munozaralar bo’lib o’tdi. Dr. Karina Agop Sarkisyan-Dikova tomonidan qiziqarli prezentatsiyalar va videomateriallar namoyish etildi.

Shuningdek Dr. Karina Agop Sarkisyan-Dikova 6 noyabrda “Qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi jamoasi bilan uchrashuvlar o’tkazib, hamkorlik istiqbollari muxokama etildi.

7 noyabr kuni Dr. Karina Agop Sarkisyan-Dikovaga sertifikat topshirildi.

Darslar va uchrashuvlardan bo’sh vaqtlarda Andijon shaxrining diqqatga sazovor joylarini – Bog’ishamol majmuasi, Bobur muzeyi, O’lkashunoslik muzeyi, Xonobod shari kabi joylarga sayohat uyushtirildi, mehmondo’stlik ko’rsatildi.

Dr. Karina Agop Sarkisyan-Dikova 2018 yil 8 noyabr kuni kuni Samarqand shaxrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish uchun jo’nab ketdi. 11 noyabr kuni vataniga qaytib ketishi rejalashtirilgan.

B.Nosirov


Bolgariyalik oqituvchi  (1).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (2).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (3).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (4).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (5).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (6).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (7).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (8).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (9).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (10).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (11).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (12).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (13).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (14).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (15).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (16).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (17).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (18).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (19).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (20).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (21).jpg

Bolgariyalik oqituvchi  (22).jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech