Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
4 Январ 13:09

BUZNET loyihasi bo’yicha yevropada treninglar

29 oktyabr-21 dekabr kunlari Erasmus+ “B-learning Uzbekistan Veterinary Network (BUzNet)” Loyihasi doirasidagi yevropaning Piza Universiteti (Italiya), Padova Universiteti (Italiya), Tartu tabiiy fanlar universiteti (Estoniya) hamda Portu Universiteti (Portugaliya)da tashkil etilgan treninglarda Agrobiologiya fakulteti “Qishloq xo’jalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish” kafedrasi katta o’qituvchisi Javharov Oybek va“O’rmon xo’jaligi va meva-sabzavotchilik” fakulteti “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” kafedrasi assistenti Zaynobiddinov Muhammad Zahiriddin qatnashdilar.

PIZA UNIVERSITETI

29.10.2018

29-oktyabr kuni Piza Universitetining Veterinariya fakultetiga tashrif buyurdik. Piza universiteti (Italiya: Universita di Pisa) Italiyaning Toskano viloyatida joylashgan. yevropaning eng qadimiy universitetlaridan biri bo’lib, tarixi 11 asrdan kuzatilishi mumkin. Universitet 1343 yil 3 sentabrda tashkil etilgan. Universitetning umumiy talabalar soni 57 mingga yaqin bo’lib, fakultetlari soni esa 11 tani tashkil etadi. Veterenariya fakulteti dekani D.Cerri kordinator A.Guidi, va xalqaro faoliyat bo’limidan A.Brigantilar BUZNET loyixasi, uning faolityati, maqsadi va vazifalari bilan tanishrdi va institutga ekuskursiya uyushtirildi. Ekuskursiyani Roberto Nuvoloni boshchiligida va O’zbekistondan tashrif buyurgan 8 nafar ishtirokchilar bilan davom ettirildi. Tashrif dovimadi universitetning ilmiy faoliyati, tajriba o’tkazish jarayonlari, labaratoriya jixozlari, universitetning anatomiya muzeyiga tashrif buyurildi.

Laboratoriyada eshak suti va undagi o’tzilayotgan tajribalar e’tiborimizi tordi. CHunki eshak sutining tarkibi ona sutda muammo bo’lgan vaqtda yosh bolalarga istemol qilishini tavsiya etishmoqda, chunki u alegrik kasalliklarga moyil bolalarga foydaliligi takidlab o’tildi.

Tushlikdan so’ng Hayvonlarni davolovchi o’quv Veterinariya klinikasiga tashrif buyurildi. U yerda olib borilayotgan faoliyat jonivorlarga qilinayotga etibor va ularni kasalliklari, vaksinalari, eshakdagi embron transplantatsiya jarayonini, otni singan oyog’ini davolash jarayoni, it va mushuklarni diagnostika qiluvchi rentgen va UZI aparatlari, MRT tamografiyasi, operatsiya jarayonlarini o’tkazish bo’limlari bilan tanishildi.

30.10.2018

30-oktyabr kuni Roberto Nuvoloni sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi mavzuda o’zini maruzasini tushuntirdi. Ushbu mavzuda sutning turlari tabiiy sut, pasterizatsiyalangan sut, pasterizatsiya jarayoni, kuchaytirilgan paterizatsiyalashdan o’tkazilgan sut, ultra yuqori haroratdagi pasterlangan sut, hamda sterilizatsiya jarayonidan o’tkazilgan sut mahsulotlari haqida ma’lumotlar berdi.

Tushlikdan so’ng Roberto Moruzzo Sut bo’limida mahsulotlarining mahsus standarti va sertifikatlash mavzusida o’zining maruzasi mazmuni bilan tanishtidi va Italyaning sertifikatlashtirish jarayoni haqida ma’lumotlar yetkazib berdi. Bunda standarlarni Xalqaro bo’lishi va ushbu korxonalarning tartibiga doir sertifikatlash turlari va korxona standarlarini ishlab chiqishdagi xilma xil maqsadlar, standart tuzilishi va standart turlari xususiy va jamo standarlari, xalqaro standartlarning mintaqaviy bosqichlari ya’ni mahsulotlarning sifat turlarini xalqaro tashkilotlarning standarlarini qadrlash va tasniflash bo’yicha me’yorlar o’rganildi

31.10.2018

31-oktrabr kuni A.Guidi oziq-ovqat xavfsizligi va yevropadagi inovatsiyalar mavzusida o’zining taqdimoti bilan tanishtirdi. Bunda oziq-ovqat havsizligi, yevropada ularni nazorat standarlari ularni va nazrat qiluvchi boshqarmalar. Oziq-ovqat havsizligida nimalarga ko’proq etibor qaratilishi lozimligi, yevropada tabiiy oziq-ovqat tarixi, ayrim muomolar kelib chiqishiga doir masalalar, ularni hal etish mumkin bo’lgan yechimlari haqida munozara taqdimoti bilan tanishtirdi.

01-04.11.2018

Ushbu kunlari Italiyada milliy bayramlari munosabati bilan bo’sh vaqt bo’lganligi bois mustaqil ravishda o’qib o’rganildi va Italiya tarixi bilan tanishildi.

05.11.2018

05-noyabr kuni F.DI Lacovo o’zining taqdimotida “Case study” o’qitish metodikasi va texnologiyasi haqida Italyaning professor o’qituvchilarining talabalar bilan o’zaro ishlash texnologiyasi bilan tanishtirdi. Xozirgi kundagi texnologiyalarda asosan taqdimotlarda talabalarni e’tiborini qaratish ularni o’zlashtirishini yaxshilash va ko’proq ma’lumotlarni yetkazib berish xaqida fikr-muloxazalarini berdi.

Tushlikdan so’ng mustaqil ta’lim bilan shug’ullandik.

06.11.2018

Sutni kimyoviy tekshirish laboratoriyasida amaliy mashg’ulot tashkil etildi. Sut mahsulotlarini tarkibini aniqlash hamda ularni solishtirish jarayonlarini tajriba qilindi. Bunda 5 xil sut mahsulotlarida tajriba o’tkazildi. Birinchisi qaynatilmagan toza sut, ikkinchisi pasterizatsiya qilingan sut, uchnchisi kuchli pasterizatsiya qilingan sut, to’rtinchisi sterillangan sut, beshinchisi tarkibi biroz buzilgan sut mahsulotlari hususiyatlarini orgonoleptik usulda aniqlandi. Keyin sigirning yelinida kasallagi bor bo’lgan hamda sog’lom sigirdan sog’ilgan sut mahsulotlarini taxlil qilindi. Bundan so’ng esa sut mahsulotlarini yog’lilik darajasi kislotalilik darajasini aniqlash jarayoni tajribadan o’tkazildi. Barcha jarayonlar zamonaviy usullarda tez va sifatli olib borildi tajribani professor F.Pedonese hamda B.Torracca bilan birgalikda amalga oshirildi.

Tushlikdan so’ng ZOO-Patologoya labaratoriyasiga borildi. U yerdagi yevropa texnologiyasida tayyorlangan jahon andozalariga mos keluvchi texnika va texnik jixozlar bilan tanishtirildi. Laboratoriyada viruslar hamda kasalliklarni (buritselyoz, salmonilloz) oldi oluvchi vaktsinalar tayyorlanadi. Tayyorlangan vaktsinalar sichqonlarda sinalashini hamda nazoratlari haqida tushunchalar berildi. Bu yerdagi qushlar hamda baliqlar orqali tarqalishi mumkin bo’lgan kasaliklar ham o’rganilishi haqida bizga yetarlicha ma’lumotlar berildi.

07.11.2018

Italiyaning mashxur Florensiyadagi sut mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi “Mukki Latte” korxonasiga tashrif buyurdik. Biz bilan birga A.Guidi va R.Motuzzo hamda kompaniyaning rahbari va mutahasislari birgalikda kompaniyaning qisqacha tarixi, ish faoliyati, ishlab chiqaruvchi mahsulot turlari, hamda yillik sut mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvati, talabi va standarltari hamda ishlab chiqarish jarayonini bosqichama bosqich tushuntirib berdilar. Asosan u yerda sut mahsulotlarini qayta ishlashga tayyorlashdan oldin pasterizatsiya, sterilizatsiya va yuqori termo xarorat orqali ishlov berish jarayonlari amalga oshiriladi. U yerda sut, yogurt, muzqaymoq va boshqa bir qancha sut mahsulotlarini ishlab chiqarish joriy qilingan ekan.

Tushlikdan so’ng tajriba mashg’uloti olib borildi. Tajriba mashg’ulotida eshak sutnini tarkibini aniqlash jarayoni amamlga oshirildi. Uni tarkibidagi fermentlar va elementlar xususiyatlari, ona sutidagi mumammolar yoki ona sutiga bolada alergik kasallikka moyilligi bo’lsa shunday bolalar uchun tavsiya etilishi takidladi. Tajriba darsini F.Salari va I.Altomonte bilan birgalikda olib borildi. Asosan bu yerda eshak sutining takibi o’rganilishi, xattoki eshak sutini ko’paytirish maqsadida aynan eshakchilik fermalari tashkil qilinganligi, sut mahsuloti ishlab chiqarish keng miqyosda yo’lga qo’yilganligi va sut mahsulotlarini supper marketlarda sotilishi haqida o’z fikrini bayon etdi. Bu ish bo’yicha kata ilmiy ishlar olib borilayotganligini ham takidladi.

08.11.2018

A.Guidi, R.Nuvoloni, F.Pedonese va loyixa azolari bilan birgalida “Busti chese factory” oilaviy sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonasiga tashrif buyurdik hamda ulardan pishloq va tvorog ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan korxonani ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdik. Korxonaning mutaxasisi D. Lara Ciardelli mahsulot kelishidan to ishlab chiqarilgunga qadar barcha jarayonlar bilan tanishtirdi.

Tushlikdan so’ng uiversitetning fermasiga tashrif buyurildi u yerda asosan sut mahsuloti uchun parvarish qilinayotgan sigirlar zotlari va parvarishlanayotgan sharoitlari xamda amaliy mashg’ulotini olib borayotgan talabalar bilan tashishdik. Tajriba fermasida Golshtin zoti parvarishlanadi, bu zot sut yo’nalishidagi eng ko’p sut beradigan zot xisoblanadi. Sigirlarni bo’gozligini aniqlash, ular istemol qilayotgan ozuqaning tarkibini, oziqlanayotgan sigirning kundalik holatini nazorat qilinishi mobil dastur yordamida boshqalish jarayon bilan tanishtirdi.

09.11.2018

Pizadagi so’ngi kun bo’lganlanligi sababli 80 soatlik o’quv seminar yuzasidan “Case study” yani taqdimotlar topshirildi.

PADOVA UNIVERSITETI

12.11.2018

Padova qishloq xo’jaligi va vetenirariya Universitetiga tashrif buyurildi. U yerda loyihaning Padovadagi kordinatori Stefano Romagnoli, Antonio Mollo, Mario Piyetrobelli, Lucia Bailoni va Guiseppe Radaelli universitet professorlari va loyixaning O’zbekistondan tashrif buyurgan 8 ta ishtirokchilarini kutib oldilar va Universitetning kordinatori S.Ramagnoli loyixaning Padovadagi bo’ladigan jarayonlar rejasi bilan tanishtirib o’tdi. Padova universitetining tarixi va hozirgi kundagi faoliyati bilan tanishildi. Universitet 1222 yildan buyon o’z faoliyatini olib kelmoqda.

Padova Universitetining Veterinariya klinik kasalxonasiga tashrif buyurilda u yerdagi har bir jarayonlarga izox berib tushuntirildi. Bu yerda qanday hayvonlarga hizmat ko’rsatilishi, qanday kasalliklar davolanishi hamda jarroxlik bo’limi bilan tanishishildi. Klinikaning 24 soat davomida ish faoliyatini olib boruvchi shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish bo’limi ham mavjud ekanligi alohida ta’kidlandi. CHunki agar ushbu bo’lim bo’lmasa klinika faoliyat yuritishi uchun litsenziya taqdim etilmas ekan.

Universitetning Qishloq xo’jalik fermasiga tashrif buyurildi. Ushbu fermada asosan simental zotiga mansub sigirlar parvarish qilinar ekan. Ferma xozirgi kundagi zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlangan bo’lib har bir jarayon deyarli barchasi avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Har bir sigirning holati va harakati videokamera, Padometr va Aksilometr kuzatuv moslamari bilan doimiy nazoratda bo’ladi. Ushbu jarayonda Sigirlarning istemol qilayotgan ozuqasi va harakatlanayotgan qadamlariga qarab sog’ligi va boshqa jarayonlari kuzatib turiladi.

13.14.2018

Sog’in sigirlarda va ular bilan bog’liq bo’lgan reproduktiv ko’rsatkichlar bo’yicha issiqlikni aniqlash va sun’iy urug’lantirish jarayoni aniqlash va ulardan foydalanish bo’yicha professor Stefano Romagnoli ma’ruzasini tushuntirdi. Ma’ruzada hayvonlarni kuyga kelganligini aniqlovchi rangli moslamalar, ulardan foydalanish yo’llari, hayvonlarni kuyga kelish davridagi harakterlarini aniq nazorat qilish iqtisodiyotni asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Agar hayvonni kuyga kelganini sezmay qolishlik yoki o’tkazib yuborishlik bu juda katta iqtisodiy zararni keltirib chiqarishi va o’zini oqlamasligini hisobga olgan holda ushbu jarayonga befarq bo’lmaslik lozimligini takitlandi.

Tushlikdan so’ng Proff. Antonio Mollo Sigirlarni homiladorlik jarayonini diagnostika qilish va ko’payish jarayoni ko’rsatgichlari haqida o’z maruzasini o’qib eshittirdi va mulohazalar qilindi. Ularda ayrim hollarda kuzatilishi mumkin bo’lgan sigirlarning jinsiy a’zolari kuzatiladigan kasalliklari haqida ham to’xtalib o’tdi.

14.11.2018

Calogero Stelletta o’zining ma’ruzasida chorvachilikda sog’lom sigirlarni ko’paytirish va sog’lom sifatli buzoq olishda texnologiyalardan maksimal darajada foydalanish ya’ni nasllar davomiyligini uzluksiz olib borish uchun transplantatsiya jarayonlari, embironni ko’chirish va boshqarish texnologiyasi bilan tanishtirdi.

Proff. Stefano Romagnoli chorvachiikda asosan sigirlarni sut ishlab chiqarish uchun foydalanishda sut mahsulotlarni olishda yuqori sifatli va ko’p sut olish texnologiyasida boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid maruzasi bilan tanishtirdi.

Tushlikdan so’ng mustaqil talim uchun berilgan topshiriqlar muhokama qilindi va hisobot uchut ma’lumotlar fikr almashildi.

15.11.2018

Proff. A.Mollo qoromollarda uchraydigan kasalliklarini o’rganish va ularni oldini olishga oid ma’ruzasi bilan tanishtirdi.

Tushlikdan so’ng mustaqil ta’lim yuzasidan ishtirokchilar o’z ustida ishlash jarayoni bilan mashg’ul bo’ldi.

16.11.2018

Proff. Stefano Romagnoli o’zining Veterinariya dasturi doirasida faol o’qitish metodlarini qo’llagan holda yangi o’qitish metodologiyasi bo’yicha ma’ruzasi namoish etdi. Talabalarga ma’lumotlarni yetkazib berishda ko’proq professor o’qituvchi o’ziga jalb qilish, taqdimotlarda ko’p yozuvlardan voz kechish va turli mavzuga oid jarayonlar ask etgan sur’atlar, kerakli jixozlar hamda jarayon olib borilayotgan video roliklar bilan ishlash hamda har bir kalit so’zlarni animatsion jarayoni bilan bog’lash muhim ahamiyat kasb etishi haqida ta’kidladi.

Keyingi ma’ruzasida esa Veterinariya dasturida klinik ishlarni qo’llashni tushuntirishga doir masalar bilar munozara ishlari olib borildi.

Tushlikdan so’ng Padova universitetining "Palazzo Bo" va "Teatro Anatomico" Teatrlariga tashrif buyurdik u yerda universitetning tarixi va anatomiya darsi olib boorish uchun mo’ljallangan mahsus xonaga tashrif buyurildi.

19.11.2018

Professor Stefano Romagnoli va proffessor Antonio Mollolar va BUZNET loyixasi ishtirokchilari bilan birgalikda Venetsiyada joylashgan mahsus faqat sut ishlab chiqarishga mo’ljallagan mahalliy fermaga tashrif buyurdik. U yerda Asosan Golshtin zotli sog’in sigirlar parvarish qilinadi. Ushbu fermaning veterinar shifokori bizni ko’chma qurilmalaridan foydalanish jarayonlari bilan tanishtirdi.

Tushlikdan so’ng loyixa ishtirokchilari mustaqil ravishda taqdimotlar tayyorlash uchun izlanishlar olib bordilar.

20.11.2018

20-noyabr kuni universitetning o’quv amaliyot fermasida hayvolarni kasalliklarini aniqlash bo’yicha amaliy o’quv mashg’uloti olib borildi. Ushbu amaliyot mashg’ulotida Termokamera yani hayvonlarni tanasidagi issiqlikni kamera orqali aniqlovchi qurilma bilan tanishildi. Ushbu qurilmani qulayliklari shundan iboratki behuda harakatlarsiz fermadagi jonivorlarni tanasidagi va ayrim ichki organizmidagi haroratni juda tez fursatda aniqlanishi mumkin. Barchamizga ma’lumki har bir tana harorati o’zgarishi natijasida muammo bor yo’qligini bilishimiz mumkin. Bundan tashqari ko’chma UZI uskunasi yordamida sigirlarda Mastit kasalligini aniqlash jarayoni ham o’rnaginildi.

Tushlikdan so’rng Professor Stefano Romagnolining 5 boqich talabalariga ma’ruza darsi tinglandi va ushbu ma’ruza darsida foylanilgan pedagogik texnologiyalardan keraklicha xulosalar chiqarildi.

Mashg’ulotdan so’ng mustaqil ravishda o’rganilgan jarayonlar muhokama qilindi.

21.11.2018

Valerio Giaccone "Sog’in sigirlarining lichinkalari va listeriozlari: oziq-ovqat, sut va sut mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash bo’yicha kompleks yondashuv" mavzusidagi o’zining ma’ruza darsini o’qib eshittirdi va ushbu mavzu bo’yicha muhokamalr olib borildi.

Tushlikdan so’ng mustaqil ravishda o’rganilgan jarayonlar muhokama qilindi.

22.11.2018

Padova Universitetidan o’rganilgan mashg’ulotlar yuzasidan keyslar tayyorlandi va ushbu tayyorlangan taqdimotlar Professor Stefano Ramagnoli tamonidan muhokama qilinib, kamchiliklari esa to’ldirildi.

23.11.2018

Padova Universitetidan o’rganilgan mashg’ulotlar yuzasidan keyslar tayyorlandi va ushbu tayyorlangan taqdimotlar davom ettirildi va Professor Stefano Ramagnoli tamonidan muhokama qilinib, kamchiliklari esa to’ldirildi.

TARTU UNIVERSITETI

24.11.2018

Biz loyixa ishining davomi sifatida Estoniya davlatiga yetib keldik. Bizni bu yerda prfessor Devid Arniy kutib oldi va mexmonxonaga joylashtirdi.

26.11.2018

SHu kuni biz Estoniyaning Tartu tabiiy fanlar universitetiga (Eesti Maaulikool) tashrif buyurdik. Universitetda bizni universitet rektori prfessor Mayt Klassen kutib oldi. Bizni universitet tarixi bilan tanishtirdi.

Uiversitet 1632 yilda tashkil topgpn bo’lib, o’sha paytlarda Estoniya agrar universiteti deb yuritilgan. 1951 yildan boshlab Estoniya tabiiy fanlar universiteti deb nom berilgan. Universitet tarkibida 5 ta institut faoliyat olib boradi, bular:

Ø Qishloq xo’jaligi va atrof muhit muhofazasi instituti;

Ø Veterinariya meditsinasi va chorvachilik instituti;

Ø O’rmon ho’jaligi va uning injinerligi instituti;

Ø Texnologiya instituti;

Ø Iqtisodiyot va sotsial bilimlar instituti.

Xozirda universitetda 5000 ga yaqin talabalar taxsil oladi. Universitet xalqaro aloqalar bulimi faoliyati bilan tanishganimizda bu universitet bilan juda ko’p 20 dan ortiq xorijiy davlatlar universitetlari va institutlari bilan xalqaro aloqalar o’rnatganligiga guvoh bo’ldik. 100 dan ortiq ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda, bular hisobiga bu yerda ko’plpb horijiy davlatlardan talabalar o’qimoqda, O’zbekistondan ham 2 ta PhD darajasini olish uchun ilmiy izlanayotgan doktorantlar, 3 ta magistratura va 1 ta bakalavriyat yo’nalishlarida ta’lim olayotganligini guvohi bo’ldik.

Universitet kutibxonasida bir milliondan ortiq kitoblar majmuasi mavjud bo’lib, barchasi elektron shaklda internetga joylangan. Talabalar uchun bu yerda barcha qulayliklar yaratilgan bo’lib, trening o’tkazish xonalari, dam olish xonalari, talabalar oshxonalari va boshqa xizmat ko’rsatish zallari ishlab turibdi. Jismoniy madaniyat bo’limida talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo’lib, bu yerda suzish, voleybol, basketbol, erkin kurash, katta va kichik tennis zallari, yengil va og’ir atletika majmualari to’liq faoliyat ko’rsatmoqda.

27.11.2018

SHu kuni Davlat sutni nazorat qilish laboratoriyasiga tashrif buyurdik. Sutni sifatini to’liq tekshirish uchun mamlakatning barcha fermalaridan sut namunalari keltiriladi. Sutni tarkibini o’zgarishi va uni sifat ko’rsatkichlari bo’yicha hulosalar beriladi. Sutni fermadan to iste’molchiga yetib borgunicha nazorat qilinadi. Xattoki shu joyning o’zida sutni tarkibini tekshirish barobarida sigirni necha kunlik bo’g’ozligi to’g’risida xam aniq ma’lumot berar ekan, ya’ni sut tarkibidagi glyukoprotein sigir 28 kunlik bo’g’oz bo’lganda 50% ga kamayar ekan, 50 kunlik xomiladorlik vaqtida esa bu modda sut tarkibida umuman uchramas ekan. Sigirlarda mastit va boshqa kasalliklarning bor yoki yo’qligi sutni tekshirish jarayonida doimiy nazorat qilib boriladi. Laboratoriyada 1 soatda 400 ta taxlil amalga oshiriladi va bir vaqtning o’zida 8 tadan 12 tagacha ma’lumotlar olinadi.

SHuningdek shu kuni professor Devid Arni boshchiligida “Hayvonlarning hulq-atvori, farovonligi va biomarkerlar” mavzusida trening bo’ldi. Bunda hayvonlarni turli holatlari bo’yicha kuzatishlar natijasida xo’jalikda ishlar qanday tashkil etilganligi, hayvonlar bilan insonlar orasidagi munosabat qay darajadaligi, mahsuldorlik darajasi, hayvonlarni mostlashuvchanligi, bir biri bilan munosabati, turli kasalliklarning bor yo’qligi, yaratilgan sharoitlarni qulayligi va boshqalar bo’yicha xo’jalikka baxo berish mumkinligi trening davomida muxokama qilindi.

28.11.2018

SHu kuni universitet o’quv-tajriba xo’jaligidagi fermada trening davom ettirildi. Fermadagi barcha ish jarayonlari to’liq mexanizatsiyalashgan. Mexanizmlar 100% kompyuterga kiritilgan dastur orqali boshqariladi. Fermada doimiy ravishda turli mavzularda tajribalar olib borilmoqda. Bu yerda bizga aloxida keys topshiriqlar berildi va shu joyda ushbu topshiriqlarni bajarib muxokamadan o’tkazdik.

Bundan tashqari universitetdagi xayvonlarni davolash klinikasida “Hayvonlarga embrionni ko’chirib o’tkazish (Embriotransplantatsiya)” mavzusi bo’yicha professor yevgeniy Korgovskiyning laboratoriya mashg’ulotida ishtirok etdik. Bunda ishlatiladigan asbob-uskunalar va amalga oshirish usullari xamda qoidalari bilan tanishdik.

29.11.2018

Universitet hayvonlar klinikasiga tashrif buyurdik. Bu yerda hayvonlarni 4 xil turga bo’lib kasalliklarini o’rganiladi, jumladan Yirik shohli hayvonlar (qoramollar) klinikasi, Yilqichilik klinikasi, mayda tuyoqli hayvonlar (qo’ylar, cho’chqalar) klinikasi va mayda jonivorlar (itlar, mushuklar va boshqalar) klinikasi faoliyat ko’rsatadi. Kasallik tufayli olib kelingan hayvonlarni davolash uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo’lib, kasallikni turiga qarab klinik yoki statsionar davolash ximatlari ko’rsatiladi.

SHuningdek ozuqalarni kimyoviy tekshiruvdan o’tkazish laboratoriyasida bo’ldik. U yerda butun respublikada o’stiriladigan o’simliklar, tabiiy o’sadigan o’simliklar, hayvonlar uchun o’simlik mahsulotlaridan tayyorlangan barcha turdagi ozuqalar to’liq kimyoviy tekshiruvdan o’tkaziladi. Laboratoriyada bir nechta yo’nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

30.11.2018

SHu kuni biz Estoniyaning milliy muzeyiga tashrif buyurdik. Muzeyning tashkil qilinganiga 2 yil bo’lgan. Eksponatlar uzoq tarixidan boshlanib yangi zamonaviy fan yutuqlarigacha tartib bilan joylashtirilgan. Estoniyaning tarixini shu joyda mukammal o’rgandik.

03.12.2018

Bugun universitetda “Animal reproduction, technology and welfare” ya’ni “Hayvonlarni ko’paytirish, texnologiya va farovonlik” mavzusida yevropa ittifoqining SEARMET (Scientific Excellence in Animal Reproductive Medicine and Embryo Technology) loyihasi bo’yicha ilmiy amaliy konferentsiya boshlandi. Ko’plab yevropa davlatlaridan Daniya, Angliya, SHotlandiya, SHvetsiya, Italiya, Polsha va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan olimlarning ilmiy ishlari bilan tanishdik.

04.12.2018

Dastur bo’yicha universitet fermasida “Oqsil kasalligi, oldini olish va davolash chora tadbirlari” mavzusida ma’ruza bo’lib o’tdi. yevropada bu kasallik to’liq bartaraf etilganligi to’g’risida ma’lumotlar oldik. So’ngi marta 2005 yilda bu kasallik Frantsiyada aniqlangan va bu bilan butun yevropa davlatlari birgalikda kurashib, to’liq bartaraf etilgan ekan.

Tushlikdan so’ng konferentsiyaning yopilish jarayonlarida qatnashdik va juda ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldik.

05.12.2018

SHu kuni barchamizga o’zimiz tanlagan yoki bizni qiziqtirgan mavzular bo’yicha amaliy mashg’ulotlar tashkil etildi. Men jarraxlik amaliyotida ishtirok etish maqsadida universitet klinikasida “Kichik hayvonlarni kasteratsiya qilish” mavzusidagi amaliy darsda ishtirok etdim.

06.12.2018

SHu kuni biz mustaqil tarzda barchamizga berilgan keys topshiriqlarimiz ustida ishladik. Videomateriallar va prezentatsiyalar tayyorladik.

07.12.2018

Barchamiz o’zimiz tayyorlagan ma’ruza prezentatsiyalarimizni namoyish qildik. Bizni qilgan ishlarimiz universitet prfessor-o’qituvchilari tomonidan yuqori baholandi, bizga sertifikatlar topshirildi va shu bilan Estoniyaga qilgan saqarimiz o’z nixoyasiga yetdi.

PORTU UNIVERSITETI

10.12.2018

Portugaliyaning Portu Universititega tashrif buyurdik u yerda bizni Asosiy kordinator Avgusto Faustinio kutib oldi. Universittning rektorat binosiga olib bordi. Rektorat binosining xalqaro bo’limida Portu shaxrida bo’lib o’tadigan treningni asosiy rejadagi ishlari bilan tanishtirdi hamda muhokama qilinda va o’qish uchun zarur bo’lgan jarayonlar bilan qisqacha tanishtirdi. Univrsitetning qisqacha tarixi bilan tanishldi.

Tushlikdan so’ng asosiy kichik hayvonlar uchun mo’ljallagan klinikaga tashrif buyurildi. U yerdan bo’lib o’tayotgan har bir jarayon va o’quv amaliyot darslariga etibor qaratildi. Universitetning tajriba darslari bo’lib o’tadigan anotomiya muzeyi bilan ham tanishildi.

11.12.2018

Universitetning tajriba xo’jaligida loyixa bo’yicha bo’lib o’tadigan amaliyot jaryonida 3 guruhga ajralgan xolda o’quv jarayonlari boshlandi. Bunda veterinariya mutahasisligiga doir o’quv amaliyot mashg’ulotini kuzatildi talabalrni “Case stady” yani har darsda talaba uchun belgilangan topshiriqni bajarilishi va talabalar guruh bo’lib topshiriq yuzasidan o’zining taqdimoti bilan ishtirok etdilar. Taqdimotdan so’ng professor o’qituvchi tamonidan klinik kasalliklar mavzusidagi o’z maruzani tushuntirildi. Ma’ruzada munozara hamda diologik yondashuv texnologiyasi bo’yicha dars olib borildi.

Tushlikdan so’ng guruhlar bo’yicha har bir guruh biriktirilgan professor bilan birgalikda amaliyot ishlarini olib bordilar. Bizning guruh itlarni spermalarini yashovchanligini aniqlash, ularni sanash bo’yicha tajribasini talabalr bilan birgalikda olib bordilar va kichik hayvonlarda suniy qochirish jarayoni bilan tanishdilar.

12.12.2018

Profesor Avgusto Faustino bilan birgalikda oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasiga Pishloq tayyorlash texnologiyasini o’rganish uchun tashrif buyurdik. Biz u yerda ikki hil turda pishloq tayyorlash jarayonini olib bordik. Tuzli hamda oddiy pishloq tayyorlash texnologiyasi mahsulotning sifatini aniqlash, meyoriy muhit (RN)ga keltirish, yog’lilik darajasi va oqsillar miqdorini mahsulot sifati hamda miqdoriga tasiriga doir malalar o’rganildi va amaliyotda bajarildi.

13.12.2018

Universitetning chovchalik tajriba xo’jaligi va yirik hayvonlar uchun mo’ljallangan klinikada atrofdagi fermalardan murojat tushganligi bois guruhlarga ajralgan holda ushbu fermalarga ko’rik o’tkazish maqsadida borildi. Borilgan birinchi fermada yaqinda suniy urug’lantirilgan sigirlarni homiladorligini aniqlash bo’yicha tajriba o’tkazildi. O’tkazilgan nazoratda 25 ta sigirdan 2 tasida ushbu holat kuzatilmaganligi aniqlandi va kerakli maslahat berildi. Keying fermer xo’jaligida ham kasallik alomatlari sezilgan sigirlar tekshirildi. Ovqat hazim qilish sistemasi va tanasidagi ayrim shishish sabablari o’rganildi.

Tushlikdan so’ng yosh otlarda kasteratsiya qilish jarayoni amalga oshirildi.

Sport otlariga mo’ljallangan fermadan murojaat tushganligi bois u yerdagi otni old oyoqlarini rentgen qilish jarayoni amalga oshirildi. O’tkazilgan nazorat natijasida otning old oyoqlarida suyak yorilishi mavjudligi aniqlandi va universitet professor o’qituvchlari tomonidan kerakli maslahat berildi.

14.12.2018

Universitetning chorvachilik fermasiga tashrifdan so’ng guruhlarga ajralgan holda ikkita sut ishlab chiqarishga ta’luqli bo’lgan fermer xo’jaligiga tashrif buyurildi.

Birinchi fermer xo’jaligida qoramollarni Burtsiloz va sil kasalligiga qarshi kurashish uchun emlash hamda qoramollar tomirlaridan qon olish jarayonlari amalga oshirildi. Ikkinchi fermer xo’jaligida qoramolda oshqozon kasalligi yuzasidan holat o’rganilganligi bois jarrohlik jarayoni amalga oshirildi va jarrohlik jarayoni orqali ushbu kasallik bartaraf etildi.

Tushlikdan so’ng asosiy kordniator bilan birgalikda mustaqil talimga doir masalalar tushuntirildi. Loyiha homiyligi doirasidagi universitet hamda filiallarga taqdim qilinadigan jixozlar va uskunalar borasida munozaralar olib borildi.

17.12.2018

Loyixa qatnashchilari bilan birgalikda Milliy veterinariya labaratoriyasiga tashrif buyurdik. U yerda biz Kimyoviy labaratoriya, oziq-ovqat havfsizligi labaratoriyasi, bakteriyalarni aniqlovchi labaratoriya, biotexnologiya labaratoriyasi, sirologiya, patalogiya, hayvonlarni sud-med ekspertiza yo’li bilan aniqlanuvchi kasalliklar tashxisi bo’limi hamda krimatoriy bo’limlari bilan tanishildi.

Tushlikdan so’ng Professor Luis Pinxo bilan birgalikda fermaga tashrif buyurdik u yerda sog’in sigirlarni sog’ish jarayonini nazorat qilish hamda joxozlarni holatini o’rganish bo’yicha tajriba darslarini olib borildi.

18.12.2018

Universitetning tajriba xo’jaligida Mustaqil talim darsi bo’yicha “Case stady” tayyorlash uchun ma’lumotlar o’rganildi va biriktirilgan proffessorlar bilan birgalikda muhokama qilindi.

19.12.2018

Universitetning o’quv binosida o’rganilgan mashg’ulotlar yuzasidan taqdimotlar ko’rsatildi har bir gurux o’zini qiziqtirgan mavzular borasida taqdimotlarni professor A.Faustino va L.Pinxolarga muhakama qildilar, kamchiliklarga esa to’g’ri yo’nalish ko’rsatildi. Taqdimot so’ngida loyihaning so’ngi trening kuni bo’lganligi uchun mulohaza va takliflar berildi. Ishtirokchilarga mahsus sertifikatlar topshirildi.

Javxarov O.Z.

BUZNET лойиҳаси бўйича Европада тренинглар (14).jpg

BUZNET лойиҳаси бўйича Европада тренинглар (13).jpg

BUZNET лойиҳаси бўйича Европада тренинглар (12).jpg

BUZNET лойиҳаси бўйича Европада тренинглар (11).jpg

BUZNET лойиҳаси бўйича Европада тренинглар (10).jpg

BUZNET лойиҳаси бўйича Европада тренинглар (9).jpg

BUZNET лойиҳаси бўйича Европада тренинглар (7).jpg

BUZNET лойиҳаси бўйича Европада тренинглар (6).jpg


BUZNET лойиҳаси бўйича Европада тренинглар (3).jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech