Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
3 Август 15:06

Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filialida 2019 yil 29 iyuldan 2 avgustgacha 1 haftalik Germaniya Xalkaro Xamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan hamda yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O’zbekistonda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Italiyaning Piachentsa shahridagi Katolik universiteti professorlari Fiorentso Pichcholi (Fiorenzo Piccioli) va Erminio Trevizi (Erminio Trevisi) ishtirokida chorvachilik bo’yicha maxsus treninglar o’tkazildi. Unda filialimizning zootexniya va veterinariya yo’nalishidagi professor-o’qituvchilari, Andijon viloyatining Marhamat, Izboskan, Andijon, Oltinko’l tumanlari va Qashqadaryo viloyatining jami 40 nafardan ziyod zotexnik mutaxassislari qatnashdi. Treninglarda chorva fermalarini loyihalash, sigirlarning laktatsiya davridagi maxsus parvarish texnologiyalari, tug’ishdagi uchraydigan kasalliklar, sut mahsulotlarini ko’paytirish uchun ozuqalardan samarali foydalanish, bo’gozlik davrida hayvonlarga yaratiladiga sharoitlar, chorvachilikka investitsiyalarni rejalashtirish va barqaror maksimal foyda olishni ta’minlash bo’yicha Italiyadagi tajribasidan namunalar, uning afzalliklari va kamchiliklari ma’lumotlar qizg’in muxokama etildi. Nazariy ma’lumotlardan tashqari 100 dan ortiq Golshtin va Semental zotli sigirlar boqilayotgan va o’z sutni qayta ishlash korxonasiga ega bo’lgan Izboskan tumanidagi “Jonobod chorvasi” sut-tovar fermasida amaliy mashg’ulotlar tashkil etildi. Trening ishtirokchilari ilg’or tajriba xususiyatlari bo’yicha qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ishtirokchilar treningdan ilg’or tajriba va ko’plab taassurot olish bilan birga xalqaro sertifikatga ega bo’ldilar.


Italiya tajribasi  (10).jpg

Italiya tajribasi  (8).jpg

Italiya tajribasi  (7).jpg

Italiya tajribasi  (1).jpg

Italiya tajribasi  (6).jpg

Italiya tajribasi  (11).jpg

Italiya tajribasi  (9).jpg

Italiya tajribasi  (5).jpg

Italiya tajribasi  (4).jpg

Italiya tajribasi  (2).jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech