Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
22 Феврал 2018 10:37

Andijon qishloq xo’jalik institutida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ Capacity building dasturi doirasida yangi 585603-EPP-1-2017-1-DE-EPPKA2-CBHE-JP raqamli TOPAS (From Theoretical-Oriented to Practical education in Agrarian Studies – Qishloq xo’jaligi bo’yicha nazariyaga asoslangan ta’limdan amaliyotga asoslangan ta’limga o’tish) loyihasini bajarish boshlandi.

Ushbu loyiha maqsadi Ukraina, Armaniston hamda O’zbekistonda qishloq ho’jaligi sohasidagi oliy ta’limda yangi, ta’lim maqsadlari, malaka va ko’nikmalar asosida tuzilgan hamda sobiq va yangi bitiruvchilarga mo’ljallangan kasbga yo’naltirilgan amaliy dasturlarni tanishtirish va takomillashtirish, agrar jarayonlarni boshqarishning turli dasturlariga mutanosib o’zgaruvchan o’quv rejalarga ega bo’lgan, bir vaqting o’zida oliy o’quv yurtlari va manfaatdor tomonlarning (fermer xo’jaliklari va fermerlar kengashi, agrosanoat majmuasi) hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, mexnat bozori hamda taklif qilinayotgan mutaxassisliklar talablari asosida bilan haqiqiy ish muxitidagi real ma’lumotlarni yetkizib amaliy holatda tushuntirishdir. SHunday qilib O’zbekiston, Armaniston va Ukraina universitetlarida nazariy bilimlarga asoslangan ta’limdan amaliyotga yo’naltirilgan ta’limga o’tish uchun keng qamrovli ishlar olib boriladi.

Shuning uchun, O’zbekiston, Armaniston va Ukraina universitetlari va qishloq xo’jaligi korxonalari o’rtasida o’qituvchilar va talabalar bilimini oshirish hamda davlat yordami bilan ECQIP dasturi orqali har tomonlama mos keladigan sxemalar ishlab chiqiladi.

Bu ko’zlangan maqsad quyidagi ishlarni bajarish orqali erishiladi:

1. Qishloq xo’jaligi menejmentidagi hozirgi kundagi baxolash va o’qitish tizimi keyinroq amaliy usullar bilan qo’llab quvvatlanadi. YAngi o’qitish usullari talabalar nimani bilishlari ,o’rganishlari, tushunishlari hamda o’qishni tugatgandan so’ng bajara olishlar kerakligini ko’zda tutadi.

2. Intensiv o’qituvchilar tayyorlash kurslari. Ular asosan o’qituvchi va professorlarning yangi avlodiga qaratilgan bo’ladi va ko’plab yangi resurslar shu jumladan video materiallar yordamida olib boriladi. Bunga erishish uchun, o’qituvchilarga balandroq standartlar asosida chet tilini bilish, yangi metodlardan foydalanishni bilish kabi yangi talablar qo’yiladi.

3. Evropa ittifoqi modeli asosida monitoring qilish sistemasi. Dastur qishloq xo’jaligidagi korxonalar va fermalar asosan nimalarga extiyoj sezayotganini oliy ta’lim soxasiga bildiradi.

4. Qishloq xo’jaligi korxonalarida va fermalarda ish o’rinlarini yaratish va soxadagi bo’shliqlarni to’ldirish uchun o’qituvchilar zamonaviy elektron aloqa tarmoq yordamida fikrlarni almashib turadilar.

5. To’plangan ma’lumotlardan yangi qo’llanmalar, darsliklar yaratishda va boshqa ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda foydalaniladi

Loyiha 15.10.2017-14.10.2020 davrda bajariladi va umumiy byudjeti 977963 YEVROni tashkil etadi. Mazkur TOPAS loyihasi doirasidagi hamkor oliy o’quv yurtlarining dastlabki koordinatsion seminari Samarqand qishloq xo’jalik institutida 2018 yil 19-20 fevral kunlari tashkil etildi. Seminarda TOPAS loyihasining quyidagi barcha hamkorlaridan vakillar qatnashdilar:

1. Weihenstephan-Triesdorf amaliy fanlar universiteti (HSWT, Germaniya)

2. Writtle Universiteti (WUC, Buyuk Britaniya)

3. Wroclaw atrof muhit va tabiiy fanlar Universiteti (WUELS, Polsha)

4. “Ion Ionescu de la Brad” Iasi qishloq xo’jaligi fanlari va veterinariya Universiteti (UASVM , Ruminiya)

5. Samarqand qishloq xo’jalik instituti (SAI, O’zbekiston)

6. Andijon qishloq xo’jalik instituti (AAI, O’zbekiston)

7. Ukraina atrof muhit va tabiiy fanlar milliy Universiteti (NULES, Ukraina)

8. Sumy milliy agrar universiteti (SNAU, Ukraina)

9. Armaniston milliy agrar universiteti (ANAU, Armaniston)

10. Yerevan milliy universiteti (YSU, Armaniston)

Seminarda loyihaning barcha ishchi paketlari hujjatlari va bajariladigan ishlar muhokama etilib, batafsil rejalashtirildi. Jumladan, mavjud o’quv rejalarni tahlil etib amaliyot o’tkazish obyektlari va davomiyligi hamda uni tashkil etish harajatlari bo’yicha takliflar berishning muddatlari belgilandi. TOPAS boshqaruv qo’mitasi va maslahat guruhiga a’zolar saylandi. Keyingi seminar muddatlari kelishildi.

B.Nosirov

topas (4).JPG

topas (3).JPG

topas (12).JPG

topas (11).JPG

topas (9).JPG

topas (6).JPG

topas (5).JPG

topas (2).JPG



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech