Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
6 Март 16:01

GERMANIYADA AMALIYOTGA YO’NALTIRILGAN TA’LIM BO’YICHA SEMINAR

ERASMUS+ TOPAS loyihasi doirasida 2019 yil 13 fevraldan 26 fevralgacha Germaniyaning Veynshtefan Trizdorf universitetida “Amaliyotga yo’naltirilgan ta’lim” mavzusida xalqaro seminar-trening bo’lib bo’tdi. Xalqaro seminar-treningda TOPAS loyixasining hamkor universitetlari professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar. Jumladan, Toshkent davlat agrar universiteti Andijaon filialidan “Agrobiznes va investitsion faoliyat” kafedrasi katta o’qituvchisi Abduraxmon To’ychiyev qatnashdi.

Seminar-trening davomida ishtirokchilari Veyenshtefan-Trizdorf universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish iqtisodiyoti yuzasidan to’plangan tajribalar, jumladan qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish xarajatlarini xisoblash va qishloq xo’jalik menejmenti bo’yicha ma’lumotlar bazasini to’plash va to’plangan ma’lumotlar bazasidan ishlab chiqarish jarayonida foydalanish usullarini o’rgandilar.

“Amaliyotga yo’naltirilgan ta’lim” xalqaro seminar-treningning dastlabki kunida TOPAS loyihasi bosh koordinatori, Veyenshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universiteti professori Dr. Mr. Ralf SHlauderer seminar-trening Veyenshtefan-Trizdorf Universiteti faoliyati xaqida so’zlab berdi.

Frankfurt yaqinidagi Darmshtart shaharchasida joylashgan KTBL (Kuratorium für Technik und Bauwesen der Landwirtschaft) ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan “Iqtisodiyot va biznes” bo’limi boshlig’i Katarina Kron agrar sohadagi normativlar va ma’lumotlarni KTBL tizimi, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish xarajatlarini boshqarishda zamonaviy usullardan foydalanish va sohaga innovatsion texnologiyalarni samarali tadbiq qilish bo’yicha amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishtirdi.

Seminar-treningda belgilangan navbatdagi modul Veyenshtefan Trizdorf universitetning Qishloq xo’jaligi fakulteti dekani, TOPAS loyihasi bosh kordinatori Professor Dr. Mr. Ralf SHlauderer rahbarligida davom etdi. Seminar-trening ishtirokchilari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish xarajatlarini boshqarishda zamonaviy usullardan foydalanish bo’yicha ma’ruzalarda qatnashdilar. Nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg’unlashtirish maqsadida ishtirokchilar universitetning o’quv-tajriba xo’jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O’quv-tajriba xo’jaligida ishtirokchilar naslli qoramolchilikka ixtisoslashgan innovatsion chorva kompleksi hamda universitetning zamonaviy mashina traktor parkida yaratilgan sharoitlar, amalga oshirilgan ishlar va ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalarning ilmiy tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Xulosa sifatida aytish mumkinki xalqaro seminar-treningda Veyenshtefan-Trizdorf Universitetining o’quv korpuslari, laboratoriyalari xonalari, tajriba uchastkalari va fermer xo’jaliklari, jumladan parandachilik, sut ishlab chiqarish korxonasi, chorvachilik fermalari va bog’dorchilik fermer xo’jaliklari faoliyati bilan yaqidan amaliy tanishtirildi. Ahamiyatli tomoni shundaki, Germaniyada ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi texnika texnologiyalari innovatsion maxsulotlarini universitetda ta’minlanish amaliyoti ishlab chiqaruvchilar tomonidan rag’batlantirish tizimi borligi universitetning moddiy- texnik bazasini zamon talabiga mos kelishini kuzatish mumkin. Barcha turdagi texnika texnologiyalar ishlab chiqarishdan to’g’ridan-to’g’ri universitetga ajratilish mexanizmi bunga imkoniyat beradi.

Xalqaro seminar-treningda davomida seminar ishtirokchilarini Trizdorfdagi fermer xo’jaliklariga tashrifi amalga oshirildi va ular faoliyati bilan ham yaqindan tanishtirildi. Fermer xo’jaliklari rahbarlari bilan suxbatlar uyushtirildi. Tashrif mobaynida fermer xo’jaligining iqtisodiy ko’rsatkichlari bo’yicha shaxsan fermer xo’jaligi rahbarlaridan xo’jalik faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar olindi va ishtirokchilar tomonidan olingan tajribalarga asoslanib “SHindler” fermer xo’jaligi iqtisodiy tahlil qilindi.

“Agrobiznes va investitsion faoliyat”

kafedrasi katta o’qituvchisi:                                                                                                        A.To’ychiyev

GERMANIYADA AMALIYOTGA YONALTIRILGAN TALIM BOYICHA SEMINAR (2).jpg

GERMANIYADA AMALIYOTGA YONALTIRILGAN TALIM BOYICHA SEMINAR (3).jpg

GERMANIYADA AMALIYOTGA YONALTIRILGAN TALIM BOYICHA SEMINAR (4).jpg

GERMANIYADA AMALIYOTGA YONALTIRILGAN TALIM BOYICHA SEMINAR (7).jpg

GERMANIYADA AMALIYOTGA YONALTIRILGAN TALIM BOYICHA SEMINAR (5).jpg

GERMANIYADA AMALIYOTGA YONALTIRILGAN TALIM BOYICHA SEMINAR (6).jpg

GERMANIYADA AMALIYOTGA YONALTIRILGAN TALIM BOYICHA SEMINAR (1).jpg

GERMANIYADA AMALIYOTGA YONALTIRILGAN TALIM BOYICHA SEMINAR (8).jpg




Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech