Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
5 Декабр 16:37

Germaniyada “Iqtisodiy informatika” hamda “Korxonani boshqarish va nazorati” fanlarining o’qituvchilari uchun trening

    Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ KA107 Staff Mobility dasturi asosida Germaniyaning Weihenstephan-Triesdorf universitetida 2018 yil 19-25 noyabr kunlari Agrar menejment magistratura fanlari o’qituvchilari uchun o’tkaziladigan treningda filialimizdan 2 nafar o’qituvchilarning qatnashish uchun taklifnoma olindi. Treningda agarar menejment magistratura mutaxassisligi bo’yicha yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash, o’quv adabiyotlarini tanlash va tayyorlash kabi muhim masalalarni muhokama qilindi.

  Mazkur treningda Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialidan “Agrosanoatda buxgalteriya xisobi” kafedrasi dotsenti Komolov Xursanbek va “Axborot texnologiyalari va matematika” kafedrasi katta o’qituvchisi Umarov Raxmatilla qatnashdilar.

     Seminar boshida Professor R.Shlauderer Weihenstephan-Triesdorf universiteti taqdimoti va “Agrar menejment” xalqaro magistrlik kursining maqsad va vazifalari haqida ma’ruza qildi.

2-sessiyada Weihenstephan-Triesdorf universitetidagi “Agrar menejment” xalqaro magistrlik kursining “Iqtisodiy informatika” fanini o’quv dasturi va metodikasi haqida Aram Aristakesyan ma’ruza qildi.

     2018 yil 20 noyabr kuni 3-sessiyada barcha xamkor universitetlar vakillari tomonidan “Iqtisodiy informatika” fanining taqdimoti o’tkazildi (o’quv dastur, uslubiyot, mavzu, mazmuni, adabiyotlar va boshqalar). Keyin “Iqtisodiy informatika” fanining mazmuni. Excel bo’limi. Excelning asosiy formulalari, iqtisodiy masalalarni yechishga misollar haqida Prof. Aram Aristakesyan ma’ruza qildi. Tushdan keyin Korxona nazorati va boshqarish fani uchun malumotlar to’plash va ko’rish uchun fermer xo’jaligiga bordik.

       2018 yil 21 noyabr kuni Weihenstephan-Triesdorf universitetidagi “Agrar menejment” xalqaro magistrlik kursining “Ijtimoiy tadqiqotlarning empirik usullari” fanining o’quv dasturi va mazmuni haqida Kristian Schuh ma’ruza qildi. 7-sessiyada Barcha xamkor universitetlar vakillari tomonidan “Korxonani boshqarish va nazorati” fanining taqdimoti o’tkazildi (o’quv dastur, uslubiyot, mavzu, mazmuni, adabiyotlar va boshqalar)

2018 yil 22 noyabr kuni Weihenstephan-Triesdorf universitetidagi “Agrar menejment” xalqaro magistrlik kursining “Korxonani boshqarish va nazorati” fanini o’quv dasturi va mazmuni haqida professor Ralf Shlauderer ma’ruza qildi. 9-sessiyada Weihenstephan-Triesdorf universitetidagi “Agrar menejment” xalqaro magistrlik kursining “Korxonani boshqarish va nazorati” fani mazmuni haqida I.Troster ma’ruza qildi. Shu kuni “Ijtimoiy tadqiqotlarni empirik usullari” fanini mazmuni, namunaviy misollar va fanning taxlili professor M.Gayzendorfer tomonidan tushuntirildi

    2018 yil 23 noyabr kuni T.Dengler, I.Troster kabi tajribali ekspertlar tomonidan “Korxonani boshqarish va nazorati” fani uchun namunaviy misollar. Yillik balans va uning taxlili. Nazorat va rejalashtirish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, “Korxonani boshqarish va nazorati” fani uchun namunaviy misollar. Rentabellik, barqarorlik, likvidligi mavzulari o’rganildi.

   Mazkur qisqa muddatli safar davomida Germaniyaning agrar menejment sohasida amaliyotga yo’naltirilgan ta’lim sohasidagi ibratli tajribalari o’rganilib bizning o’quv jarayonlarimizga tatbiq etish imkoniyatlari baholandi. Komolov Xursanbek va Umarov Raxmatilla tomonidan olingan o’quv-uslubiy materiallar ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi va zamonaviy bilimli mutaxassislar tayyorlash jarayonga muhim hissa qo’shadi. Institutning xalqaro aloqalarini rivojlantirishga katta xissa qo’shadi.

     Safarimiz davomida Germaniyaning Ansbax, Rotenburg, Vyurtsburg, Nyurnberg, Myunxen shaharlaridagi tarixiy muzeylari va diqqatga sazovor joylari bilan tanishdik.  

Germaniyada Iqtisodiy informatika hamda Korxonani boshqarish va nazorati fanlarining oqituvchilari (4).jpg

Germaniyada Iqtisodiy informatika hamda Korxonani boshqarish va nazorati fanlarining oqituvchilari (5).jpg

Germaniyada Iqtisodiy informatika hamda Korxonani boshqarish va nazorati fanlarining oqituvchilari (2).jpg

Germaniyada Iqtisodiy informatika hamda Korxonani boshqarish va nazorati fanlarining oqituvchilari (3).jpg

Germaniyada Iqtisodiy informatika hamda Korxonani boshqarish va nazorati fanlarining oqituvchilari (1).jpg

Germaniyada Iqtisodiy informatika hamda Korxonani boshqarish va nazorati fanlarining oqituvchilari (6).jpg




Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech