Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
17 Июл 17:16

Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Erasmus+ dasturi KA107 Staff mobility dasturida Germaniyaning Vaynshtefn-Trizdorf universitetida 2017 yil 16-23 iyul kunlari bo’lib o’tadigan seminarda institutimizdan 4 nafar o’qituvchilarning qatnashish uchun taklifnoma olindi. Seminarda qishloq xo’jaligida menejment sohasi bo’yicha Amaliyotga yo’naltirilgan barqaror qishloq xo’jalik dasturlari doirasi hamkorlikni yanada kuchaytirish, talaba va tadqiqotchi va professor o’qituvchilarning almashish dasturi bo’yicha yangi loyihalarni muhokama qilish imzolash uchun tayyorlash ko’zda tutilgan. Safar davomida fermer xo’jaliklariga tashrif buyurish, ma’lumotlar to’plash va tahlil qilish, o’quv jarayoni va ilmiy tadqiqotlar uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish mo’ljallangan.

Seminar ishida Andijon qishloq xo’jalik institutimizdan quyidagi professor-o’qituvchilar qatnashmoqda:

1. Xakimbek Baratov-- Moliya-iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektor, i.f.n.

2. Saidjamol Maxmudov-- “Qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri, i.f.n.

3. Ilxomjon ergashov-- “Qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi assistenti

4. Abduraxmon To’ychiyev-- “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti” kafedrasi assistenti.

Seminar 2017 yil 17 iyulda oz vaqtida boshlandi. Quyida Trizdorf shaxridan olingan tezkor ma’lumotlarni havola etmoqdamiz. Bu seminar institutimizning o’quv-ilmiy salohiyatini va xalqaro imidjini yanada oshirishiga ishonamiz.

B.Nosirov
index.jpg
index2.jpg
index3.jpg
index4.jpg
index5.jpg
index7.jpg
index8.jpg
index9.jpg
german2.jpg

german3.jpg

german4.jpg

german5.jpg

german6.jpg


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech