Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
18 Март 2018 18:30

Bahor yasharish va yangilanish fasli. Aynan shu faslda butun tabiat uyg’onadi. Bu fasl boshqalaridan o’zining fusunkor bayramlari bilan ham alohida ajralib turadi. Kun va tun tenglashadigan sana, SHarqona yangi yil maqomi bilan ham ulug’lanib kelinadigan Navro’z aynan ana shunday bayramdir.

“Navro’z”da qadriyatlar tiklanadi”, - deb bejiz aytilmagan. Orastalik va ozodalik azaldan xalqimizga xos fazilatlardan biri bo’lib kelgan. SHu sababdan har yili Navro’z bayrami arafasida mamlakatimizda umumxalq hashari tashkil etilib, shu kuni mahallalar, ko’chalar, aholi turar-joylari obodonlashtiriladi, ariq-zovurlar tozalanadi, ziyoratgoh, qabriston hamda tabarruk qadamjolar tartibga keltiriladi.

“Navro’z” bayrami munosabati bilan mamlakatimizda e’lon qilingan “18-19 mart – umumxalq hayriya hashari kuni”, Andijon qishloq xo’jalik institutida ham qizg’in tayyorgarlik va ko’tarinki ruh bilan boshlandi.

Institutning hududlariga tegishli bino hovlilari atroflari viloyatimizning tegishli hududlarida, ariqlar va ko’cha yo’lakchalari tozalanib, ko’chalarga suvlar sepildi. Bino atrofidagi daraxtlar oqlanib, ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bino xonalarida tozalik ishlari olib borilib, eshik va derazalar yuvib tozalandi. Ushbu yirik obodonlashtirish harakatida institutning professor-o'qituvchilari, talabalari hamda ishchi xodimlari faol ishtirok etdilar.

Bir so’z bilan aytganda, Andijon qishloq xo’jalik instituti jamoasi yurtimizga kirib kelayotgan bahor, yangilanish va yasharish bayrami – “Navro’zi olam”ni ko’tarinki ruhda kutib olishga tayyorgarlikni boshlab yubordi. 

Hashar elga yarashar (25).jpg

Hashar elga yarashar (27).jpg

Hashar elga yarashar (28).jpg

Hashar elga yarashar (29).jpg

Hashar elga yarashar (30).jpg

Hashar elga yarashar (56).JPG

Hashar elga yarashar (55).JPG

Hashar elga yarashar (53).JPG

Hashar elga yarashar (52).jpg

Hashar elga yarashar (50).jpg

Hashar elga yarashar (48).jpg

Hashar elga yarashar (21).jpg

Hashar elga yarashar (16).jpg

Hashar elga yarashar (26).jpg

Hashar elga yarashar (12).jpg

Hashar elga yarashar (10).jpg

Hashar elga yarashar (11).jpg

Hashar elga yarashar (54).jpg

Hashar elga yarashar (23).jpg

Hashar elga yarashar (9).jpg

Hashar elga yarashar (8).jpg

Hashar elga yarashar (1).jpg





Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech