Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
8 Феврал 2018 17:14

2018 yil 8 fevral kuni institutning ma’ruzalar zalida talabalar bilimini baholashini adolatli va xolisona olib borish, poraho’rlik, ta’magirlik, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda BMTning tinchlik va inklyuziv jamiyat uchun korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha global rivojlanish loyihasi (ACPIS) doirasidagi O’zbekiston Respubikasida korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha siyosat va chora-tadbirlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida “Agroinjeneriya” talabalari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda institut rektori A.Abduvasiqov, o’quv ishlari bo’yicha prorektor U.Ballasov, Agroinjeneriya fakulteti dekani, professor-o’qituvchilar hamda Agroinjeneriya fakultetining 120 nafar talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirni institut rektori A.Abduvasiqov kirish so’zi bilan ochib, poraho’rlik, ta’magirlik jinoyatlarining mudhish oqibatlari va uning domiga tushib qolayotganlar taqdiri, ushbu illatning mamlakat taraqqiyoti, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizga ko’rsatayotgan salbiy ta’sirini yoshlarga atroflicha tushuntirib o’tdi.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar 

bilan ishlash bo’limi boshlig’i M.Botirov


talabalar bn uchrashuv QXM.jpg

talabalar bn uchrashuv QXM3.jpg

talabalar bn uchrashuv QXM2.jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech