Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
2 Март 2018 18:27

Sizga ma’lumki, bizni bo’lim tashkilotchiligidan 27 fevral 2018 yil soat 10-00 da seminarimiz bo’lib o’tdi. Ochib berishda prorektor U.SH.Ballasov va qolgan ma’ruzachilar to’liq qatnashdi. Seminarda ko’tarilgan mavzu bo’yicha qatnashchilarda taasurot qoldirdi. Amaliy qismi 2-ma’muriy binoda bo’lib o’tdi bunda, institut komendantlarini me’yoriy ish xujjatlari, komendant binosini na’munali xolatda jixozlanishi va ishchi xodimlarini maxsus ish kiyimida bo’lishligi ko’rsatilishi bilan birgalikda fuqaro mexnat va yong’in muxofazasi bo’yicha me’yoriy xujjatlari bo’limga oid inventarlar jamlamasi va yong’in muxofazasi burchagi, evakuvatsiya sxemalari, yong’inni oldini olish bo’yicha maxsus jovondagi inventarlar va suv xavzalari bo’lishligi namoyish etildi.

Seminarda yuqori tashkilotdan quyidagi o’rtoqlar qatnashdi:

1. Kozimjon Turg’unov - Agrosanoat xodimlari kasaba uyushmasi Andijon tuman kengash raisi.

2. SHukurullo Xolxo’jaev – kengash mutaxassisi.

3. Nodirbek Malikov - Podpolkovnik, Andijon tuman jinoiy ishlar bo’yicha bo’limi boshliq o’rinbosari.

4. Nodirbek Olimov – Mayor, Andijon tumani ichki ishlar bo’limi yong’in xavfsizligi bo’limi boshlig’i,

5. Rasuljon Azimov – Kapitan, Andijon tumani ichki ishlar bo’limi yo’l xarakati xavfsizligi bo’limi boshlig’i, Andijon tumani pasport bo’limi boshlig’i va boshqa mexmonlar ishtirok etdilar.

Seminar savol-javoblar tariqasida faollik bilan bo’lib o’tdi. Tadbir qatnashchilarga bir piyola choy taqdim qilindi. Ma’ruzachilarga so’z berishlikni mexmonlarni navbatma-navbat so’z berishlik reglament asosida olib borildi. Seminarni to’liq olib borish o’z zimmamda bo’ldi. YAkunida fuqaro mexnat muxofazasi va yong’in xavfsizligi qoidalari bo’yicha o’zim ma’ruza qildim. Barcha ma’ruzaga oid video roliklar namoyish etildi.

Seminar natijalari institutimiz fotografi tomonidan to’liq fotolavxalar olindi. Ular bilan tanishtirish uchun institut saytiga topshirildi. Seminarimizda institutning barcha ishchi xodimlari, bo’limimdagi barcha xodimlar aktiv ishtirok etishdi. Seminarda bo’lib o’tgan voqelikni institut gazetasiga maqola xolatida taqdim qilmoqchimiz.

Fuqaro va mexnat bo’limi boshlig’i: M.Qoraboyev

IIB (2).jpg

IIB (1).jpg

IIB (7).jpg

IIB (9).jpg

IIB (4).jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech