Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
20 Феврал 2018 17:12

Andijon mashinasozlik institutida 2018 yilning 13 fevral kuni “Innovatsion texnologiyalar, ta’lim bosqichlari integratsiyasi” mavzusida ko’rgazma tanlov bo’lib o’tdi. Tanlovda Andijon Davlat universiteti, Andijon Davlat tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik institutlarining iqtidorli talabalari, shuningdek viloyatda faoliyat ko’rsatayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari faol ishtirok etdilar. SHu jumladan Andijon qishloq xo’jalik institutining iqtidorli talabalari ham ko’rgazma tanlovda o’zlarining 15 ta ilmiy ishlanmalarini namoyish etdilar. Tanlovda namoyish etilgan ilmiy g’oyalar tomoshabinlarda katta ta’surot qoldirdi.

Ko’rgazma tanlov yakunida g’oliblar aniqlandi va ular tashkiliy qo’mita raisi U.R.Salomov va Andijon viloyati xokimi o’rinbosari S.P.Ismoilovlar tomonidan diplom va fahriy yorliqlar hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar. Jumladan, institutning “O’rmon xo’jaligi va meva-sabzavotchilik” fakulteti, “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” ta’lim yo’nalishi III-bosqich talabasi Ortiqova Nigora “Zaytun navlarini o’sishi, rivojlanishi va ko’paytirish usullarini Farg’ona vodiysi sharoitida ilmiy asoslash” texnologiyasi bilan qatnashib, III-darajali diplom, “Agronomiya” fakulteti, “Agronomiya” ta’lim yo’nalishi II-bosqich talabasi SHaxobiddinov Ziyovudin “Intensiv ko’chat ekkich qurulmasi” ilmiy ishlanmasi bilan ishtirok etib, fahriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Bundan tashqari Andijon mashinasozlik institutida o’tkazilgan ko’rgazma tanlovda o’zining “Qishloq xo’jalik ekinlariga kimyoviy moddalarni purkash qurilmasi”ilmiy loyihasi bilan faol ishtirok etgan Agronomiya fakulteti, “Qishloq xo’jalik ekinlari, selektsiyasi va urug’chiligi” ta’lim yo’nalishi IV-bosqich talabasi Mamadaliyev Muxammadkarim, “Bodringni partenokarpik-mevalari urug’lanmasdan mo’l hosil beruvchi, kasalliklarga chidamli, hushbo’y ta’mli duragay nav urug’ini ishlab chiqarishga joriy etish” texnologiyasi bilan “Agronomiya” ta’lim yo’nalishi III-bosqich talabasi Abduqodirov Xasanboy, “Konservalangan go’sht mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha biznes reja” g’oyasi bilan Qishloq xo’jaligida menejmen fakulteti, “Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti” ta’lim yo’nalishi III-bosqich talabasi Qodirjonov Xotamjonlar institut rektori A.A.Abduvasiqov tomonidan rag’batlantirildi. 

Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar 

tayyorlash bo'limi muhandis J.Xojiyev


Iqtidorli talabalar  (7).jpg

Iqtidorli talabalar  (6).jpg

Iqtidorli talabalar  (5).jpg

Iqtidorli talabalar  (4).jpg

Iqtidorli talabalar  (2).jpg

Iqtidorli talabalar  (1).jpg

Iqtidorli talabalar  (8).jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech