Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
29 Июн 10:56

Andijon qishloq xo’jalik instituti Qishloq xo’jaligida menejment fakulteti Iqtisodiyot (qishloq xo’jaligi) ta’lim yo’nalishi 2016-2017 o’quv yili bitiruvchilarining YAkuniy Davlat Attestatsiyasi 2017 yil 21-27 iyun kunlari o’tkazildi. Bunda 63 nafar bitiruvchi bitiruv-malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Himoya davrida 4 yil davomida olingan bilimlarni namoyish etdilar. Ilmiy rahbarlar bilan birgalikda olib borilgan tadqiqotlar natijalari ixcham taqdimotlar ko’rinishida namoyish etildi. Davlat Attestatsiya Komissiyaga Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti ilmiy tadqiqot instituti bo’lim boshlig’i i.f.n. Allayor YUldashev raislik qildi. SHuningdek Davlat Attestatsiya Komissiya tarkibiga Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti kafedrasi mudiri i.f.n., dotsent Odiljon SHermatov, Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti kafedrasi dotsenti i.f.n. Abdullaev Alijon, Izboskan tumani statitistika bo’limi boshlig’i Xusanboy Rejapov, Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti kafedrasining sobiq katta o’qituvchisi Muxtorjon Usmonov hamda Davlat Attestatsiya Komissiya kotibi Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi Barno Raxmonova kiritildi.

Jami 63 nafar bitiruvchidan 6 nafari a’lo, 21 nafari yaxshi va 36 nafari qoniqarli baholandilar. A’lo baholarga juda muvafaqiyatli himoya qilganlardan Mamasoliyev Asrorbek “Qo’rg’ontepa tumanidagi “Ubaydullaev Farrux” fermer xo’jaligida mineral o’g’itlardan samarali foydalanish masalalari” mavzusidagi, Mo’minov Ismoiljon “Qishloq xo’jaligini modernizatsiyalash sharoitida Buloqboshi tumanidagi “Komilov Muxammadali” fermer xo’jaligida intensiv rivojlantirish usulini qo’llashning iqtisodiy samaradorligi” mavzusidagi bitiruv-malakaviy ishlarining himoyasi 90 ball bilan baholandi.

YAkuniy Davlat Atestatsiyasi o’z faoliyatini yakunlash vaqtida 2016-2017 o’quv yili bitiruvchilarini muvaffaqiyatli ximoya qilganlari bilan tabriklab, ularning kelgusi ishlariga omad tiladi. Bu institutdagi so’nggi imtixon bo’lsada hali hayot imtixonlari endi boshlanayotganligini va ulardan ham bugungiday yaxshi natija ko’rsatishlarini va institut nomini yuksaklarga ko’tarishlari zarurligini takidladi. SHu bilan yakuniy Davlat Attestatsiyasi o’z faoliyatini yakunladi.

O.SHermatov, B.Raxmonova 

икт химоя-1.jpg

икт химоя-2.jpg

икт химоя-3.jpg

икт химоя-4.jpg

икт химоя-5.jpg

икт химоя-6.jpg


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech