Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
1 Феврал 12:23

Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlik istiqbollari

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialida 2019 yil 31 yanvar kuni Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilib, faoliyat yuritayotgan KOPIA (KOrea Program on International Agriculture) Uzbekistan markazi direktori Dr. Ahn Hee Sung janoblari tashrif buyurdilar. Tashrif davomida xalqaro treninglar xonasida 50 nafardan ziyod iqtidorli talabalar bilan uchrashuv o’tkazildi. Qiziqarli va sermazmun taqdimot yordamida KOPIA Uzbekistan markazining faoliyat mazmuni va istiqbolli yo’nalishlar to’g’risida batafsil ma’lumot berildi. Bunda Janubiy Koreya qishloq xo’jaligining rivojlanish tarixidan boshlab bugungi kompyuterlashtirilgan innovatsion texnologiyalargacha bosqichlar batafasil tushuntirildi. Qishloq xo’jaligining tor ixtisoslashgan tarmoqlari – sug’orish tizimi, o’simliklar himoyasi, selektsiya, urug’chilik, mevachilik, sabzavotchilik sohasida qo’llanilayotgan raqamli texnologiyalar haqida qisqa ma’lumot berildi. Bundan tashqari bakalariat, magistratura, doktorantura yo’nalishlarida Koreyada ta’lim olish va ilmiy tadqiqot o’tkazish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Talabalar tomonidan taqdimot katta qiziqish bilan tinglab, ularni qiziqtirgan savollarga batafsild javoblar berildi. Yil davomida bunday seminarlar yana bir necha marta o’tkazilishiga kelishib olindi. Filialimizning horijiy hamkorlari safiga KOPIA Uzbekistan markazi qo’shilgani talabalarga jahon darajasida bilimlar berib ta’lim sifatini oshirishga hamda reytingini respublika va xalqaro darajada yanada oshirishga xizmat qilishiga ishonamiz. Tadbir yakunida mehmon Dr. Ahn Hee Sung janoblariga esdalik sovg’alar topshirildi.

Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlik istiqbollari (7).jpg

Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlik istiqbollari (11).jpg

Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlik istiqbollari (9).jpg

Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlik istiqbollari (10).jpg

Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlik istiqbollari (6).jpg

Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlik istiqbollari (4).jpg

Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlik istiqbollari (3).jpg

Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlik istiqbollari (2).jpg

Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlik istiqbollari (1).jpg

Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlik istiqbollari (5).jpg




Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech