Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
29 Январ 2018 16:25

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi “MAGNET - Universitetlar O’zbekistonda o’rta yosh aholini o’qitish va kasbiy tayyorlash markazlarining asosiy hamkori” loyihasi doirasida Andijon qishloq xo’jalik instituti qoshidagi Karyera markazi hamda O’zbekiston Qishloq xo’jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Andijon viloyat bo’limi tomonidan qishloq xo’jaligi va tadbirkorlik sohasi bo’yicha 2018 yil 15-28 yanvar kunlari seminar-trening o’tkazildi. Ko’chma seminar-trening Marhamat tumani Qorabogish qishlog’i Shahriston mahalla fuqarolar yig’inida va Boboxuroson madaniyat saroyida tashkil etildi. Seminar-trening o’tkazish vaqti va joyi haqida Marxamat tumani qishloq va suv xo’jaligi bo’limi hamda tuman Agrokimyota’minot hodimlari yordamida oldindan e’lon berilgan. Seminarda Shahriston fuqarolar yig’inida 540 xonadonda yashayotgan 3000 nafar aholidan 20 nafar fuqaro qatnashish istagini bildirdi va 2 ta guruhga ajratilgan holda tashkil etildi. Guruh tashkil etishda Shahriston fuqarolar yig’ini raisi Raxmonjon Sotvoldiyev va maslahatchi Mayram G’afforova yordam ko’rsatdilar.

MAGNET loyihasining Andijon qishloq xo’jalik institutidagi koordinatori Muhiddin XOJIBOEV, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Bahodirjon NOSIROV, “O’simliklar himoyasi va karantini” kafedrasi professori q.x.f.d. Maxpuza YUSUPOVA, Meva-sabzavotchilik, uzumchilik, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi Ibrohimjon IMINOV tomonidan qishloq xo’jaligi sohasi bo’yicha seminar-trening o’tkazish tavsiyanoma tayyorlandi va chop etildi. Tavsiyanoma 68 betdan iborat bo’lib, 1-qismi “Tomorqa yerlaridan foydalanish” va 2-qismi “Mevali bog’larni zararkunandalardan himoya qilish” deb nomlangan hamda eng yangi zarur materiallar sodda tushunarli tarzda rasmlar bilan berilgan. Bundan tashqari loyiha haqida stend, buklet va prezentatsiyalar tayyorlandi. Ishtirokchilarga yuqoridagi tavsiyanoma-kitob, daftar, ruchka va buklet solingan papkalar tarqatildi. Seminar-trening qishloq xo’jaligida tadbirkorlik imkoniyatlarini namoyish etishga mo’ljallangan. Tushlikdan keyingi darslar amaliy tarzda bog’da o’tildi va ko’rgazmali holda tushuntirildi. Seminar-trening yakunida maxsus sertifikatlar berildi.

B.Nosirov

MAGNET loyihasi  (1).jpg
MAGNET loyihasi  (2).jpg
MAGNET loyihasi  (3).jpg
MAGNET loyihasi  (6).jpg
MAGNET loyihasi  (7).jpg
MAGNET loyihasi  (8).jpg
MAGNET loyihasi  (11).jpg
MAGNET loyihasi  (12).jpg
MAGNET loyihasi  (14).jpg
MAGNET loyihasi  (16).jpg
MAGNET loyihasi  (21).jpg
MAGNET loyihasi  (22).jpg
MAGNET loyihasi  (23).jpg
MAGNET loyihasi  (24).jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech