Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
5 Феврал 2018 11:23

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi “MAGNET - Universitetlar O’zbekistonda o’rta yosh aholini o’qitish va kasbiy tayyorlash markazlarining asosiy hamkori” loyihasi doirasida Andijon qishloq xo’jalik instituti qoshidagi Karyera markazi hamda O’zbekiston Qishloq xo’jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Andijon viloyat bo’limi tomonidan qishloq xo’jaligi va tadbirkorlik sohasi bo’yicha 2018 yil 8-20 yanvar kunlari seminar-trening o’tkazildi. Ko’chma seminar-trening Qo’rg’ontepa tumani Dardoq qishlog’i Nodira mahalla fuqarolar yig’inida tashkil etildi. Seminar-trening o’tkazish vaqti va joyi haqida Dardoq qishlog’i Nodira mahalla fuqarolar yig’ini yordamida oldindan e’lon berilgan. Seminarda Nodira fuqarolar yig’inida yashayotgan aholidan 23 nafar fuqaro qatnashish istagini bildirdi va 2 ta guruhga ajratilgan holda tashkil etildi. Guruh tashkil etishda Nodira mahalla fuqarolar yig’ini raisi Raxmonov Rahimjon yordam ko’rsatdi.

MAGNET loyihasining Andijon qishloq xo’jalik institutidagi koordinatori Muhiddin XOJIBOEV, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Bahodirjon NOSIROV, “O’simliklar himoyasi va karantini” kafedrasi professori q.x.f.d. Maxpuza YUSUPOVA, Meva-sabzavotchilik, uzumchilik, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi Ibrohimjon IMINOV tomonidan qishloq xo’jaligi sohasi bo’yicha seminar-trening o’tkazish tavsiyanoma tayyorlandi va chop etildi. Tavsiyanoma 68 betdan iborat bo’lib, 1-qismi “Tomorqa yerlaridan foydalanish” va 2-qismi “Mevali bog’larni zararkunandalardan himoya qilish” deb nomlangan hamda eng yangi zarur materiallar sodda tushunarli tarzda rasmlar bilan berilgan. Bundan tashqari loyiha haqida stend, buklet va prezentatsiyalar tayyorlandi. Ishtirokchilarga yuqoridagi tavsiyanoma-kitob, daftar, ruchka va buklet solingan papkalar tarqatildi. Seminar-trening qishloq xo’jaligida tadbirkorlik imkoniyatlarini namoyish etishga mo’ljallangan. Tushlikdan keyingi darslar amaliy tarzda bog’da o’tildi va ko’rgazmali holda tushuntirildi. Seminar-trening yakunida maxsus sertifikatlar berildi.

B.Nosirov


Dardoq (4).jpg

Dardoq (1).jpg

Dardoq (2).jpg

Dardoq (5).jpg

Dardoq (6).jpg

Dardoq (10).jpg

Dardoq (17).jpg

Dardoq (18).jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech