Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
12 Январ 2018 18:02

2018 yil 11 yanvar kuni “Talabalar turar joyi”da O’zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi hamda “14 yanvar-vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Xarbiy vatanparvarlik oyligi” tadbirlari doirasida Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi BT va xotin-qizlar qo’mitasi hamkorligida tashkil etilgan “Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” shiori ostida Disko-shou o’tkazildi.

Tadbirni institut ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i M.Botirov ochib, O’zbekiston Qurolli Kuchlarini tashkil etilganligining 26 yilligi va “14 yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan muborakbod etib, yurtimizni asrab-avaylash, xalqimizning tinch hayotini va xavfsizligini ta’minlash Vatan himoyachisining oldiga qo’yilgan mas’uliyatli vazifalari to’g’risida gapirib o’tdi. Har bir oilaning o’z tayanchi, himoyachisi bo’lganidek, mustaqil O’zbekistonimizni ham himoyachilari, tayanch ustunlari yoshlar qo’lida ekanligini ta’kidlab o’tdilar.

Tadbirda O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi O.Abdullaev talaba-yoshlarni bayram bilan muborakbod etib, barchani disko-shouga taklif etdi.

SHuningdek, tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar 

bilan ishlash bo’limi boshlig’i M.Botirov


14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni.JPG

14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni1.JPG

14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni2.JPG

14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni3.JPG

14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni4.JPG

14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni5.JPG

14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni6.JPG

14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni7.JPG

14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni8.JPG

14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni9.JPG

14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni10.JPG



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech