Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
7 Сентябр 16:00

Dillarni hayratga, qalblarni junbushga keltirgan Istiqlol shukuhi keksayuyosh, kattayu kichik, olimu fozil, dehqonu hunarmand, tadbirkoru ziyoli chehrasida ajib bir o’ktamlik, ertangi kunga ishonch, kelajakka sobit qadam, eng muhimi, shukronalik tuyg’usini ulashmoqda.

“Fidoying bo’lgaymiz seni O’zbekiston!” shiori go’yoki barchaning dilida aks-sado berayotganday. Mustaqilligimizning 26 yilligi Respublikamizning barcha joylarida bo’lgani kabi viloyatimizda ham o’zgacha tayyorgarlik, yuksak shijoat, yuqori kayfiyatda hamjihatlik bilan kutib olindi.

2017 yil avgust oyi boshida “O’zbekiston yoshlar ittifoqi” Andijon viloyati Kengashi tomonidan mustaqilligimizning 26 yilligi munosabati bilan “Fidoying bo’lgaymiz seni O’zbekiston!” shiori ostida tanlov e’lon qilingan edi. Ushbu tanlovda institutning 39 nafar talaba yoshlari o’zlarining audio, video, foto, maqola yo’nalishlari bo’yicha ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar. Tanlovning saralash bosqichidan yuqori natijalar bilan o’tgan yoshlar taqdirlash marosimida ishtirok etdilar.

2017 yil 4-sentyabr oqshomida taqdirlash marosimi viloyatimizning markazida joylashgan muhtasham “O’zbegim” majmuasida bo’lib o’tdi. Ushbu taqdirlash marosimini O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi rais o’rinbosari A.Abdullaev ochib, yig’ilgan yoshlarni eng aziz, eng ulug’ bayramimiz mustaqilligimizning 26 yilligi bilan tabrikladi. SHundan so’ng tadbirning taqdirlash marosimi boshlandi. Institutimizning “O’simliklar himoyasi va agrokimyo” fakulteti 3-bosqich talabasi Usmonxo’jaeva Gavxaroy belgilangan muddat davomida viloyat radio to’lqinlari orqali efirga uzatilgan “Vatan” nomli audio roligi bilan tanlovning “Fidoying bo’lgaymiz seni O’zbekiston!” nomli audio roliklar yo’nalishida g’olib deb topilib, 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Tanlovning taqdirlash marosimida viloyatimizning faol yoshlari qatorida 200dan ortiq uyushmagan yoshlar xam ishtirok etdilar. Tadbir madaniy dasturida institutimizning Quvnoqlar va zukkolar jamoasi “Og’alar” o’z chiqishlari bilan tadbirga o’zgacha kayfiyat baxsh etdilar.

Tadbir davomida tashrif buyurgan mehmonlarga “O’zbekiston yoshlar ittifoqi”ni targ’ibot qilish maqsadida a’zo bo’lish anketalari hamda broshyuralar tarqatildi.

Tanlov davomida g’olib bo’lgan yoshlarning ijodiy ishlari Andijon viloyati teloradiokompaniyasi hamda “Diydor” radiosi orqali muntazam uzatib borilishi e’lon qilindi.

Mana shunday o’tkazilayotgan tanlov va tadbirlar bugungi kun yoshlarining madaniy saviyasini yuksaltirishga,ma’naviy olamini boyitishga,san’at va go’zallikga intilishga undabgina qolmay, ularni kelajakka bo’lgan ishochini kuchaytiradi. Zero davlatimiz rahbari aytganlaridek, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etilmoqda.

Ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor

R.Abdirahmonov

ozbegim1.jpg

ozbegim2.jpg

ozbegim3.jpg

ozbegim4.jpg

ozbegim5.jpg

ozbegim6.jpg

ozbegim7.jpg

ozbegim8.jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech