Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
25 Январ 2018 19:22

Tog’da yursak, uning buyukligi go’yo, ko’zga tashlanmagandek bo’ladi. Uzoqlashganimiz sari tog’larning buyukligi yaqqol namoyon bo’ladi. Tiriklik vaqtida ham, vafotidan keyin ham Islom Karimovni buyuk inson edi, deyishga to’la xaqqimiz bor. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborotida ta`kidlanganidek, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqiqatan buyuk tarixiy shaxs edi.

2018 yil 25 yanvar kuni O’zbekiston mustaqilligining asoschisi, mamlakat mustaqil taraqqiyot dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yo’lini belgilab bergan atoqli davlat arbobi, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abug’aniyevich Karimovning 80 yilligini munosib nishonlash maqsadida, institut Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi, O’zbekiston “Yoshlar ittifoqi” institut boshlang’ich tashkiloti, fizika va kimyo kafedrasi va intitutning iqtidorli talabalari hamkorlikda, institutning tantanalar saroyida “Hamisha barhayot inson” shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirni institutning o’quv ishlari bo’yicha prorektori U.Ballasov va Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori R.Abdirahmonovlar ochib, “O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov - bundan 26 yil muqaddam o’zbek xalqining qadr qimmatini, o’zligini tuproqdan ko’targan, baxtli va ozod yashay olishimiz, buyuk ajdodlar vorisi ekanimizni anglatgan, albatta, bizga ulkan kuch-quvvat, g’ayrat shijoat, bitmas tuganmas ilhom baxsh etgan, eng yuksak marralar tomon chorlab kelgan dahodir” deya o’z fikrlarini bildirdi.

SHundan so’ng, I.Karimovning xayoti va serqirra faoliyati, amalga oshirgan ishlari, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida o’chmas iz qoldirganligi, nafaqat O’zbekiston, balki, jaxon miqyosida katta hurmat-e’tiborga sazovor bo’lgan ulkan shaxs, davlat va siyosat arbobi sifatida tanilganligi haqida institutning iqtidorli talabalari Innatullaeva Visola, Xakimov SHaxboz, Davlatova Muattar, Nabiyev Axrorlar tomonidan to’liq yoritilib tadbirni boshlab berdilar.

Tadbirda agronomiya fakultetining 1-bosqich iqtidorli talabalari birinchi Prezidentimizning bizga qoldirgan merosi-mustaqilligimiz taqdirini o’ylab, erkin tafakkurli, mustaxkam irodali, har tomonlama o’ylangan chuqur siyosatli so’zlari bilan chiqdilar va qatnashchilarda Vatanga bo’lgan sadoqat ruxini yanada yuksaltirdilar.

Institutimizning 4-bosqich talabasi Alijonova Gulbahorning I.Karimovga bag’ishlab yozgan “Bobomga munosib farzand bo’laman” she’ri va videoroligi tadbirga yanada fayz kiritdi.

Agronomi fakultetining 1-bosqich talabalari Tillaboyev Adhamjon va Mamasodiqova Mashhuralar tomonidan ijro etilgan “Bu Vatan barchamizniki!” deb nomlanagan qo’shig’i ishtirokchilarni yanada ruhlantirdi va tadbirimizga yakun yasadi.

Tadbirda institutning prorektorlari, fakultet dekanlari, Ma’naviyat-ma’rifat mutasaddilari, professor-o’qituvchilar va 420 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar 

bilan ishlash bo’limi uslubchisi: A.Ismonov

Karimov xotirasi1.jpg

Karimov xotirasi2.jpg

Karimov xotirasi3.jpg

Karimov xotirasi4.jpg

Karimov xotirasi5.jpg

Karimov xotirasi6.jpg

Karimov xotirasi7.jpg

Karimov xotirasi8.jpg

Karimov xotirasi9.jpg

Karimov xotirasi10.jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech