Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
7 Октябр 11:54

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialida horijiy hamkorlik a’loqalarini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2019 yil 3 oktyabr kuni filialning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari U.Ballasov  boshchiligida Germaniyaning Quyi Saksoniya federal yeridagi Klaustal texnika universiteti professori Talant Akimjanovich Rispaev hamda Qozog’iston tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tekshirish instituti katta ilmiy xodimi dotsent Gulmira Bakdauletovna Qaysanovalar ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi. Katta tajribaga ega bo’lgan mazkur mutaxassislar ko’plab xalqaro darajadagi tan olingan ilmiy natijalari bilan yetakchi universitetlarda ma’ruzalarini tashkil etib boradi. Filialda tashkil etilgan maxorat darsida professor-o’qituvchilar, 50 nafardan ortiq magistrlar va iqtidorli talabalar qatnashdilar. Dastlabki taqdimot Germaniyada ta’lim va ilmiy-tadqiqot imkoniyatlari deb nomlanib, unda DAAD, Erasmus+ va boshqa bir qator dasturlar yordamida magistratura, doktoranturada o’qish va tadqiqot loyihalarida qatnashish imkoniyatlari namoyish qilindi. Mazkur masalalar ishtirokchilarning katta qiziqishiga sabab bo’ldi va faol savol-javoblar tashkil etildi. SHuningdek biostimulyator sifatida mineral o’g’itlarning yangi avlodini qo’llash, uning afzalliklari haqida qiziqarli taqdimot tashkil etildi. Istiqbolda bunday mahorat darslarini muntazam tashkil etishga kelishildi.

 B.Nosirov 

saksoniya (1).JPG

saksoniya (3).JPG

saksoniya (2).JPG



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech