Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
22 Июн 13:50

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialida 2019 yilning 20 iyun kuni “Suv xo’jaligi mutaxassislari bilimlarini suv resurslarini mukammal boshqarish va innovatsion sug’orish texnologiyalari doirasida mustahkamlash” mavzusida milliy ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi (O’RSXV), Respublika kasb-hunar kollejlari markazi (RKHKM), Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali (TDAUAF), Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) va Xalqaro Suvni Boshqarish Instituti (IWMI) rahbar va ilmiy xodimlari ishtirok etdilar.

Milliy ilmiy-amaliy seminarni filialning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari U.Ballasov kirish so’zi bilan ochib berdi va ilmiy seminar ishiga omad tiladi.

SHundan so’ng seminar o’z ishini 3 ta sho’’bada olib bordi.

1-sho’’ba. Suv resurslarini mukammal boshqarish va havzaviy boshqarish. O’zbekistonda ularning joriy etilishi.

SHo’’bani olib boruvchisi Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali dotsenti A.Qoraboyev.

Ushbu sho’’bada IWMI Ilmiy-tadqiqotchisi Oytura Anarbekov “Suv resurslarini mukammal boshqarishni joriy etish, uning tamoyillari va havzaviy boshqaruv loyihasi bo’yicha taqdimot qildi.

2-sho’’ba. Suv resurslarini mukammal boshqarish va havzaviy boshqaruv; oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari o’quv rejalarida ularning asosiy tamoyillarini inobatga olinganligi.

SHo’’bani olib boruvchisi IWMI loyiha konsultanti U.Soliyeva.

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali professori A.Isashov va A.Qoraboyevlar “Oliy ta’lim muassasalarida suv xo’jaligi sohasida o’qitish va o’quv rejalarining suv resurslarini mukammal boshqarish va havzaviy boshqaruv tamoyillarini o’z ichiga olganligi” mavzusida taqdimot qildilar.

Bundan tashqari, SHveytsariya texnologiyalar instituti (ETN)/ Hydrosolutions Ltd doktorlari Tobias Zigfrid va Beatris Martilar “Suv axborot tizimlari va ularning suv resurslarini mukammal boshqarish va ularning havzaviy rejalashtirishdagi ahamiyati, yevropa va Markaziy Osiyo misolida” mavzusida taqdimot qildilar.

3-sho’’ba. Innovatsion suv tejovchi texnologiyalar va ularning suv resurslarini mukammal boshqarish va havzaviy boshqaruvga qo’shadigan xissasi.

SHo’’bani olib boruvchisi IWMI Ilmiy-tadqiqotchisi Oytura Anarbekov.

O’zbekiston Respublikasi suv xo’jaligi vazirligi bosh mutaxassisi I.Akramov “Mavjud innovatsion sug’orish texnologiyalari. O’zbekistonda ushbu texnologiyalarni joriy etish xolati” mavzusida taqdimot qildi.

Milliy ilmiy-amaliy seminar davomida mehmonlar filialda meva-sabzavotlar yetishtirish bo’yicha tashkil etilgan issiqxona, shuningdek, Andbur servis kompaniyasi bilan hamkorlikda “Tuproq ostidan sug’orishni qishloq xo’jalik ekinlariga qo’llashni ilmiy asoslash” loyihasi bo’yicha barpo etilgan intensiv bog’lar bilan tanishtirildi.

“Suv xo’jaligi mutaxassislari bilimlarini suv resurslarini mukammal boshqarish va innovatsion sug’orish texnologiyalari doirasida mustahkamlash” mavzusida o’tkazilgan milliy ilmiy-amaliy seminar yakunida tegishli takliflar tavsiyanomalar ishlab chiqildi. 


Suv xojaligi mutaxassislari  (10).JPG

Suv xojaligi mutaxassislari  (11).JPG

Suv xojaligi mutaxassislari  (7).JPG

Suv xojaligi mutaxassislari  (9).JPG

Suv xojaligi mutaxassislari  (8).JPG

Suv xojaligi mutaxassislari  (6).jpg

Suv xojaligi mutaxassislari  (5).jpg

Suv xojaligi mutaxassislari  (4).jpg

Suv xojaligi mutaxassislari  (3).jpg

Suv xojaligi mutaxassislari  (2).jpg

Suv xojaligi mutaxassislari  (1).jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech