Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Andijon qishloq xo’jalik institutining

odob-axloq qoidalari

“Faqatgina chinakam ma’rifatli odam

inson qadrini, milliy qadriyatlarini,

bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash,

erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil

davlatimizning jahon hamjamiyatida

o’ziga munosib obro’li o’rin egallashi uchun

fidoyilik bilan kurashishi mumkin”.

I.A.Karimov

1-bo’lim. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Andijon qishloq xo’jaligi instituti (bundan buyon matnda institut deb yuritiladi)ning odob-axloq qoidalari (bundan buyon matnda “Qoidalar” deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Qadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi, “Ta’lim to’g’risida”gi, “YOshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi va “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi qonunlar, “YOshlar yili”, “Barkamol avlod yili” davlat dasturlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim, qishloq va suv xo’jaligi vazirliklarining tegishli buyruqlari, institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari hamda umume’tirof etilgan ma’naviy va axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.

“Qoidalar” ishlab chiqilishida O’zbekiston Respublikasi ta’limga oid qonun xujjatlarida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-xunar o’rgatishning xuquqiy asoslarini belgilashga hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga, ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilganligi sababli institutning asosiy faoliyati ta’lim va tarbiya berishdan iborat ekanligi nazarda tutilgan.

1.2.“Qoidalar” institut Ilmiy kengashi yig’ilishida 2011 yil 29 avgustda tasdiqlangan va shu kundan kuchga kirgan. Unga o’zgartirish hamda qo’shimchalar kiri-tish Ilmiy kengash qaroriga binoan amalga oshiriladi.

1.3.“Qoidalar” institutning ma’muriyati, professor-o’qituvchilari, xodimlari va talabalari (jamoa a’zolari)ning institutga oid o’zaro munosabatlaridagi odob-axloq tamoyillari, rioya etishlari shart bo’lgan xulq-atvor qoidalari va majburiyatlarini belgilab beradi.

1.4.“Qoidalar”ga rioya qilish institut jamoa a’zolarining barchasi uchun majburiydir.

1.5. Talabalikka va ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs “Qoidalar” bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishini o’z zimmasiga olib imzo qo’yishi shart.

1.6.Institut jamoat, davlat va nodavlat tashkilot-lari, ta’lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik sub’ektlari, ommaviy axborot vositalari hamda talabalarning ota-onalari bilan o’zaro munosabatlarda “Qoidalar”dagi ko’rsatmalarga rioya etilishidan manfaatdordir.

2-bo’lim. Maqsad va vazifalar

2.1. “Qoidalar”ning maqsadi institutda sog’lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzini hamda obro’-e’tiborini asrab-avaylash, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko’makla-shish, institutning jamiyatdagi hamda ta’lim tizimidagi nufuzini yanadi oshirishdir.

2.2. “Qoidalar”ning asosiy vazifalari:

- yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o’z mas’uliyatini his etadigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo’lgan irodasi baquvvat, imoni butun va vijdoni uyg’oq mutaxassislarni tarbiyalash;

-institut jamoa a’zolarini ma’naviy immunitetini shakllantirish va himoya qilish;

-yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo’ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo’lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban “ommaviy ma’daniyat” xurujlardan himoya qilishga ko’maklashishdan iborat.

3-bo’lim. Jamoa a’zolarini odob-axloqiga oid umumiy qoidalar

3.1. Institutda hamjixatlik,o’zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g’amxo’rlik qilish hamda ahil - inoqlik jamoa a’zolarini o’zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir.

3.2. Institutda o’zaro munosabatlarning asosiy tamoyili – bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini paymol qilmasligi lozim, jumladan jamoa a’zosini so’z erkinligi unga birovga tuhmat qilish, uni haqorat qilish, o’zaro munosabatlarda umume’tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimas-likda ifodalanuvchi behayo so’zlardan foydalanish huquqini kafolatlamaydi, e’tiqod erkinligi diniy marosim liboslarida institutga kelish xuquqini kafolatlamaydi, kiyinish erkinligi ta’lim maskanida tarbiya jarayonida salbiy ta’sir qilish xuquqini kafolatlamaydi va hokazo.

3.3.Jamoa a’zolarini institutga odamlar diqqatini tortadigan tanani shaffof ko’rsatib turadigan yelka, ko’krak va qorin, shuningdek tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metal zanjirlar, to’g’nog’ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan holda, sport kiyim va poyabzalida kelishi taqiqlanadi. Jamoa a’zolari institutga orasta bo’lib, unga monand kiyimda kelishi lozim.

3.4. Jamoa a’zosining sha’ni va qadr qimmati hurmat qilinishi hamda xalqimizning ma’naviy merosini avaylab asrash maqsadida jamoa a’zolari bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, behayo so’zlar ishlatishi qat’iy taqiqlanadi hamda institutda o’zaro “Siz” deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim.

3.5. Institut jamoa a’zolari turli tadbirlarda (majlislar, tantanali yig’ilishlar, amaliy uchrashuvlar, bayramlar) so’zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lishi, maishiy tinchlikka rioya etishi shart. Zarurat taqozo etsa, bir notiq o’z so’zini tugatib, boshqasi so’z boshlashiga qadar yuzaga keladigan uzilish vaqtida zaldan chiqib ketishi mumkin.

3.6. Binolarga kirish joyida tirbandlik yuzaga kelsa talabalar professor-o’qituvchilar va xodimlarni, erkaklar esa ayollarni o’zlaridan oldin o’tkazib yuborishlari lozim.

3.7. Binoga kirayotgan har bir kishi binolarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan mas’ul shaxs yoki navbatchiga o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ochiq holda ko’rsatishi shart.

3.8. Jamoa a’zolari institut hududida yo’lning o’ng tomonida yurishlari kerak. Bir-biriga duch kelganda albatta salomlashishlari, bunda: talabalar professor-o’qituvchilar va xodimlarga, erkaklar xotin-qizlarga, yoshlar kattalarga birinchi bo’lib salom berishlari tavsiya etiladi. Bunda qo’l berib so’rashish istisno bo’lib, yoshi katta shaxslar birinchi bo’lib qo’l uzatganidan keyingina unga javoban qo’l uzatish mumkin.

3.9. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo’lmagan yoki institutning ichki muammolariga taalluqli masalalarni Internet tarmog’iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yo’lida foydalanish taqiqlanadi.

3.10. Kompyuterlarda institutga tegishli bo’lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy ma’lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ’ib qiluvchi har qanday materiallani tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ’ib etish qat’iyan man etiladi.

3.11. O’quv mashg’ulotlariga va ishga hamda jamoa azolarining osoyishtaligiga xalaqit beradigan xatti-harakatlar (radiopriyomnik, televizor, magnitafon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalaridan maqsadsiz foydalanish) sodir etish taqiqlanadi.

3.12.Institut jamoa azolari dars mashg’ulotlari va ishga belgilangan kun tartibiga ko’ra o’z vaqtida

kelishlari shart.

3.13. Institutda har qanday huquqbuzarlik sodir etish ta’qiqlanadi, shu jumladan, tuhmat qilish, xaqorat qilish, jamoa azosiga manaviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo’lgan malumotni tarqatish, tan jarohati yetkazish, fuqarolik muomalasidan chiqarilgan vositalarga oid munosabatlarga kirishish (giyohvand moddalar, psixotropik vositalar va hokazo), ichkilikbozlik, kashandalik, maishiy tinchlikka tajovuz qilish, janjallashish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o’yinlar o’ynash qat’iyan man etiladi.

4-bo’lim. Professor-o’kituvchilar va talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabatlari

4.1. Professor-o’qituvchilar va talabalarning talim-tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabatlari “Ustoz-shogird” milliy ananalariga asoslanishi lozim.

4.2. Professor-o’qituvchi auditoriyaga kirganida barcha talabalar o’rinlaridan turib salomlashishlari, so’ngra o’z joylarini egallashlari lozim.

4.3. Dars mashgulotlari vaqtida uyali aloqa vositalarilan foydalanish barcha uchun taqiqlanadi.

4.4. Talaba o’zining nojo’ya harakatlari bilan dars mashg’ulotlariga xalaqit bersa, professor-o’qituvchi yuzaga kelgan vaziyat haqida dekanatni xabardor qilib va uning ruxsati bilan bunday talabani mashg’ulotlardan chetlatishi mumkin.

4.5. Talabada professor-o’qituvchi bilan o’quv mashg’ulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish

zarurati bo’lsa, unda talaba quyidagi qoidalarni, yani:

-professor-o’qituvchi talaba bilan dars jadvaliga muvofiq mashg’ulotlarda, maslahat soatlarida, mustaqil ishlarni, reyting nazoratini topshirishda yoki o’zaro kelishuv bo’yicha belgilangan vaqtda shug’ullanishini;

-o’zi muloqot qilmoqchi bo’lgan professor-o’qituvchining lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasini aniq bilishi shart.

4.6. Talaba oldindan kelishilmagan holda professor-o’qituvchining huzuriga kelsa, umumiy yoki o’zaro kelishilgan maslahat soatiga kech qolib kelgan bo’lsa, professor-o’qituvchidan hatto qisqa vaqt suhbatlashishni talab qilishga ham haqli emas.

4.7. Ayrim hollarda talabalar professor-o’qituvchini almashtirish iltimosi bilan murojaat qilishlari mumkin. Buning uchun jiddiy sabablar (qo’pollik, ta’magarlik, professor-o’qituvchining aybi bilan mashg’ulotlar o’tkazilishidagi muntazam uzilish hollarini isbotlovchi dalillar) ko’rsatilishi va u bo’yicha guruhning yagona fikri mavjud bo’lishi shart.

4.8. Professor-o’qituvchi bilan talaba o’rtasida reyting nazoratini topshirishga doir ziddiyat kelib chiqqan hollarda, talaba reyting nazoratini maxsus komissiyaga topshirish uchun ruhsat berish iltimosi bilan kafedra mudiriga murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat asoslangan bo’lishi shart. Bunday masalalar kafedra mudirining taqdimnomasiga binoan fakultet dekani tomonidan hal etiladi.

5-bo’lim. Professor-o’qituvchilarning o’zaro munosabatlari

5.1. Professor-o’qituvchilarning o’zaro munosabatlarida – yagona jamoa, o’zaro hurmat va e’tibor, do’stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim.

5.2. Professor-o’qituvchilar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, o’zganing intellektual mulkini o’zlashtirib olish, qo’pollik, behayo so’zlar ishlatish, mushtlashish, o’zgalarga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qat’iyan man etiladi.

6-bo’lim. Talabalarning o’zaro munosabatlari

6.1. Talabalarning o’zaro munosabatlarida – yagona jamoa, o’zaro xurmat va e’tibor, do’stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim.

6.2. Talabalar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga xurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, o’zganing intellektual mulkini o’zlashtirib olish, qo’pollik, behayo so’zlar ishlatish, mushtlashish, o’zgalarga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qat’iyan man etiladi.

7-bo’lim. Professor-o’qituvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari

- odob-axloq qoidalariga rioya qilishda talabalarga namuna bo’lish;

- institut manfaatlariga zid bo’lgan xatti-harakatlardan o’zlarini tiyish;

- biror-bir noxush voqea yoki hodisa ro’y bersa, zudlik bilan u haqida ma’muriyatga xabar berish;

- institut sha’ni va nufuziga dog’ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish;

- institut to’g’risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro’siga ziyon yetkazish uchun yoki o’z manfaatlari yo’lida foydalanmaslik;

- dars jarayonida talabalarga odob-axloqqa oid milliy an’analarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni targ’ib qilish;

- yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo’lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish;

- ta’lim oluvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqishga ko’maklashish.

8-bo’lim. Talabalarning odob-axloqqa oid majburiyatlari

a) institut hududida:

- hududga kirishda talabalik guvohnomasini ko’rsatib kirish;

- hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylardagi urnalarga tashlash;

- ustozlar bilan duch kelganda salom berish;

- o’quv mashg’ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;

- institut mulki (ko’char va ko’chmas mulki, o’simlik va hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish;

- kiyinish va o’zaro suhbat odoblariga rioya qilish;

- mutasaddilarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini osmaslik;

- maishiy tinchlikka rioya qilish;

- narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlar iste’mol qilinishi hamda tarqalishiga qarshi kurashish. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuqoridagi holatlar haqida tegishli tashkilotlarga o’z vaqtida xabar bermaslik javobgarlikka sabab bo’lishi alohida qayd etiladi.

b) auditoriyada:

- uyali aloqa vositalarini o’chirib qo’yish;

- dars paytida gaplashmaslik;

- jihozlarga madaniy munosabatda bo’lish, partalarga yozmaslik;

- qog’oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;

- ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.

v) umumiy ovqatlanish joylarida:

- taomlarni olishda navbat tartibiga rioya qilish;

- tirbandlik paytida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat ko’rsatish;

- ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;

- umumiy ovqatlanish shaxobchasida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish.

g) axborot resurs markazida:

- ARM xodimlari bilan hushmuomalada bo’lish;

- kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish;

- baland ovozda so’zlashmaslik va atroftagilarga xalaqit bermaslik;

- qog’oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;

- kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.

d) talabalar turar joylarida:

- mavjud jihozlarni asrash, ularga zarar yetkazmaslik;

- elektr-energiyasi, gaz va suv resurslaridan tejamkorona (oqilona) foydalanish;

- sanitariya va gigiyena xonalaridan foydalanish qoidalariga amal qilish;

- talabalar turar joyi “Nizomi” va “Ichki tartib qoidalari”ga qat’iy rioya qilish.

e) sport majmualarida:

- sport majmuasiga xos bo’lgan kiyim va poyabzallarda kirish;

- sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda bo’lish;

- mashg’ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;

- sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish.

j) madaniyat saroyida va boshqa ommaviy tadbirlar o’tkazish joylarida:

- o’rindiq va boshqa jihozlarga nisbatan madaniy munosabatda bo’lish;

- ommaviy tadbirlar vaqtida hushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashidan oldin sababsiz chiqib ketmaslik;

- uxlab o’tirmaslik, o’rindiqlarga yotib olmaslik, bir-biri bilan gaplashmaslik, yon atrofdagilarga halaqit bermaslik.

SHuningdek,

- turli davralarda o’zining namunaviy xulqi va bilimi bilan institut haqida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;

- doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;

- institut manfaati, uning sha’ni va shonli an’analari, obro’si hamda nufuzi to’g’risida qayg’urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo’lish.

9-bo’lim. Professor-o’qituvchi va talabalar odob-axloqida man etiladigan holatlar

Professor-o’qituvchiga:

- jamoa a’zolarining shahsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish,o’zgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish;

- jamoa a’zolari va boshqalar ustidan turli ig’vo, g’iybat va bo’xtonlar uyushtirish;

- talabalar bilan o’z hamkasblarining kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilish;

- talabalarni asossiz o’quv mashg’ulotlardan chiqarib yuborish;

- o’quv mashg’ulotlarida tijorat reklamasi o’tkazish;

- o’quv mashg’ulotlarida diniy tashviqot olib borish;

- o’quv mashg’ulotlariga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish tartibiga rioya qilmagan holda kelish;

- Binolarda ichish va chekish kabilar qat’iyan man etiladi.

Talabaga:

- professor-o’qituvchilarga qo’pollik qilish, mashg’ulotlar vaqtida asossiz gapirish;

- yolg’on gapirish, g’irromlik yoki professor-o’qituvchilarni chalg’itish bilan bog’liq har qanday hatti harakatlar hilish;

- xodimlar va o’z o’rtoqlariga nisbatan xurmatsizlik qilish;

- yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir boshqa tartib-taomillarni bajarish vaqtida chetdan yordam olish, o’zgalarga yordam ko’rsatish;

- boshqa shaxslar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o’z nomidan topshirish;

- mashg’ulotlarni o’tkazib yuborish yoki kechikib kelish;

- mashg’ulotlar vaqtida professor-o’qituvchilarning ruxsatisiz auditoriyadan chiqib ketish;

- boshqa talabaning sa’y-xarakatlariga qasddan ziyon yetkazish;

- moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganligini turli yo’llar bilan ko’z-ko’z qilish qat’iyan man etiladi.

10-bo’lim. Ma’muriyat, professor-o’qituvchilar va xodimlar o’rtasidagi odob-axloqqa oid munosabatlar

10.1. Ma’muriyat, professor-o’qituvchilar va xodimlar o’rtasidagi munosabatlar, o’zaro xurmat, ahillik, mehnatsevarlik, bag’rikenglik, insonparvarlik, g’amxo’rlik va adolat tamoyillariga asoslanadi.

10.2. Ma’muriyat, professor-o’qituvchilar va xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar bo’yicha ham-korlik qilishda bir tarafning boshqa tarafga tazyiq o’tkazishiga yoki unga harakat qilishiga, shuningdek adolat tamoyillariga va institut manfaatlariga zid bo’lgan qarorlar tayyorlanishiga yo’l qo’yilmaydi.

10.3. Lavozim darajalari teng bo’lgan xodimlar o’rtasidagi muammolarni ishchi tartibda hal etish tavsiya etiladi. Lavozim darajalari teng bo’lgan xodimlarning ish jarayonidagi turli muammolarini o’z vakolatlari doirasida, ma’muriyatni jalb etmagan holda hal etishlari ma’qullanadi.

10.4. Jamoada biror bir masala bilan ma’muriyatga murojaat qilish tartibi subordinatsiya tamoyili asosida tashkil etiladi.

10.5. Professor-o’qituvchi va xodimning institutda ma’naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash bo’yicha tashabbus va g’oyalari rag’batlantiriladi.

10.6.Ma’muriyat professor-o’qituvchilar va xodimlarning kasbiy va intellektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompyuterlar, internet tarmog’idan, kutubxona fondi va axborot resurslaridan erkin foydalanish, shuningdek xordiq chiqarishlari, dam olishlari, jismonan chiniqishlari uchun barcha imtiyozlarni yaratib beradi.

11- bo’lim. Rag’batlantirish va chora ko’rish tartibi

11.1. O’quv yili davomida “Qoidalar”ga to’la rioya qilgan, institutda yuksak ma’naviy-axloqiy muhitni yanada qaror topishiga va mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlari tavsiyasiga binoan institut ichki tartib qoidalariga muvofiq moddiy yoki ma’naviy rag’batlantiriladi.

11.2. Jamoa a’zolari ushbu “Qoidlar”ni buzganida, institut ichki tartib qoidalarining “Intizomiy ta’sir choralari” bo’limida keltirilgan xolatlar bo’yicha choralar qo’riladi.

SHuningdek, jamoa a’zosining xulq-atvori ustidan jamoat nazoratini ta’minlash maqsadida, mazkur qoidalarga rioya etilmaganligi holatlari institutdagi Birlashgan kasaba uyushma qo’mitasi, “Kamolot” YOIX, Xotin-qizlar va “Ota-onalar” Kengashlarida ham muhokama qilinishi va ularning qaroriga binoan jamoa a’zosining xulq-atvori to’g’risida u yashab turgan mahalla fuqarolar yig’iniga ma’lumot tariqasida yozma xabar yuborish amaliyoti ham joriy etilishi mumkin.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech