AndQXI

На главную Карта сайта Обратная связь
O'zbek Русский English

VII-Innovatsion g’oyalar texnologiyalar va loyihalar yarmarkasining Namangan Andijon va Farg`ona viloyatlarida xududiy taqdimoti bo’lib o’tdi

Muallif: aziznido от 3-03-2014, 14:41

2014 yilning 26 fevral kuni VII-Innovatsion g’oyalar texnologiyalar va loyihalar yarmarkasining Namangan, viloyatida xududiy taqdimoti bo’lib o’tdi.

Yarmarkada OTM hamda  turli korxona va muassasalar tomonidan ko`plabyangi ishlanmalar namoyish etildi.

         Shu jumladan Andijon qishloq xo’jalik instituti professor-o’qituvchilari tomonidan jami 15 ta ishlanma namoyish etildi. Ulardan Z.Turg’unovning Traktor kabinasida choy qaynatish moslamasi, T.Topvoldiyevning Universal plotter nomli ishlanmasi, M.Yusupovaning Enkarziyani etikarta usulida ko’paytirish nomli ishlanmasi, P.Xakimovning Atrof-muhitga zararni keskin kamaytiruvchi yangi uskuna nomli ishlanmasi va bir necha boshqa ishlanmalar namoyish etildi.

2014 yilning 27 fevral kuni Andijon Davlat Universitetida namoyish etilgan ishlanmalar taqdimoti bo’yicha “Suv xo’jaligi va melioratsiya” ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi Qo’chqarboyev Axrorbek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasining “VII  Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar” yarmarkasi doirasida hududiy taqdimotlarda faol ishtiroki uchun “Faxriy yorlig’i” bilan mukofotlandi.

         Yarmarkada namoyish etilgan eng foydali deb topilgan ishlanmalarni ishlab chiqarish va sotish yuzasidan Farg’ona vodiysida faoliyat yuritayotgan fermer xo’jaliklari bilan kelishuv shartnomalari belgilab olindi.

 

 

Magistratura bo’limi

Muallif: Admin от 28-02-2014, 09:15

Andijon qishloq xo’jalik institutida «Magistratura bo’limi» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori, Qishloq va suv xo’jaligi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklarining buyruqlari hamda «Magistratura to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq 2012 yildan boshlab tashkil etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 7 maydagi PQ-1751-son “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassalariga 2012-2013 o’quv yili uchun qabul to’g’risida”gi qaroriga muvofiq 4 ta mutaxassisliklar bo’yicha magistrantlar qabul qilindi:

5A450201-Gidromelioratsiya;

5A430101-Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo’yicha);

- 5A410202-O’simlikshunoslik (sohalar bo’yicha);

- 5A410301-O’simliklar himoyasi (usullar bo’yicha).

 

Magistratura bo’limiga dotsent A.N.Xudoyorov raxbarlik qilib kelmoqda.

Xudoyorov Anvarjon Nazirjonovich 1965 yilda tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy, texnika fanlari nomzodi, dotsent

1991 yildan Andijon qishloq xo’jalik instituti Traktor va avtomobillar kafedrasida assistent lavozimida ish boshlagan. 1998-2001 yillarda Traktor va avtomobillar kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida faoliyat olib bordi.

2001-2004 yillarda sirtqi ta’lim fakulteti dekan muovini vazifasida ishlash bilan birga o’rindoshlik asosida kafedra katta o’qituvchisi lavozimida faoliyat ko’rsatib keldi.

2004-2008 yillarda O’zbekiston qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti doktoranti, 2008 yildan buyon Qishloq xo’jalik texnikalari, foydalanish va ta’mirlash kafedrasining dotsenti bo’lib faoliyat olib borgan.

2012 yildan boshlab, Andijon qishloq xo’jalik institutining Magistratura bo’limi boshlig’i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

A.N. Xudoyorov turli mavzularda o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman-larda muntazam ravishda o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Markaziy nashrlarda hamda to’plamlarda 70 dan ortiq turli mavzulardagi ilmiy maqola va tezislari chop etilgan, 20 dan ortiq o’quv-uslubiy ishlari nashr etilgan, 4 ta ixtiro uchun patent hamda 2 ta risola muallifi hisoblanadi.

A.N.Xudoyorov 05.20.01 - qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo’yicha nomzodlik ishini yakunlab, 2003yilda muvaffaqiyatli himoya qildi.

Magistratura bo’limi uslubchisi A.A.Voxobov

Voxobov Azizbek A’zamjonovich 1981 yilda tug’ilgan, millati o’zbek ma’lumoti-oliy, oilali.

2008 yili Andijon qishloq xo’jalik institutining “5A540702-Dexqonchilikni mexaniztsiyalash” mutaxassisligi bo’yicha magistraturani muvofaqqiyatli tamomlagan.

2009-2011 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining 05.20.01- «Qishloq xo’jaligi va melioratsiya mashinalari, qishloq xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash texnologiyalari» ixtisosligi bo’yicha aspiranturada tahsil oldi.

2011 yildan Andijon qishloq xo’jalik instituti «Qishloq xo’jalik texnikalari, foydalanish va ta’mirlash» kafedrasi assistent lavozimida faoliyat olib borgan.

2012 yildan boshlab, Andijon qishloq xo’jalik institutining Magistratura bo’limi uslubchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

A.A.Voxobov o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda muntazam ravishda ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Ilmiy nashrlarda 10 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

 

O’QUV JARAYONINING TASHKIL QILINISHI

 

Institutimizda magistratura mutaxassisliklari bo’yicha mas’ul bo’lgan kafedralarda magistrantlarning o’quv jarayonini tashkil etish va uni yuqori saviyada olib borish maqsadida yuqori malakali mutaxassislar, ya’ni fan doktorlari va professorlar, fan nomzodi va dotsentlar, shuningdek, ishlab chiqarishda yuqori ish tajribasiga ega bo’lgan malakali mutaxassislar ham jalb etilgan.

Magistratura mutaxassisliklari bo’yicha mas’ul kafedralar tasarrufidagi yuqori malakali professor-o’qituvchilar hamda pedagog xodimlar, mutaxassisliklar bo’yicha magistrantlarga malakaviy ko’nikma hosil qilishda ma’ruzalar,tajriba va amaliy mashg’ulotlarini olib borish bilan birgalikda magistrantning ilmiy faoliyatida olib boriladigan ishlarga rahbarlik qilib kelmoqda.

 

O’QUV-USLUBIY ISHLAR

 

Namunaviy o’quv rejasiga asosan mutaxassisliklarga mas’ul bo’lgan kafedralari bilan birgalikda ishchi o’kuv rejalari ishlab chiqilgan va ushbu rejalar asosida o’quv jarayoni jadvali shakllantirilgan.

Mutaxassisliklar kesmida ishchi o’quv rejasi hamda o’quv jarayoni jadvaliga muvofiq mas’ul kafedralar bilan kelishilgan holda o’quv yuklamalarini professor- o’qituvchilarga taqsimoti shakllantirilgan.

Har bir mutaxassisliklar bo’yicha o’quv rejasidagi fanlardan ishchi o’quv dasturlari, taqvim rejalari va mezonlari tayyorlangan hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan.

Ishchi o’quv jarayoni grafigi hamda dars jadvalini shakllantirish yo’riqnomasiga asosan mas’ul kafedra professor-o’qituvchilari bilan kelishgan holda mutaxassisliklar kesimida dars jadvallari shakl-lantirilgan.

O’quv jarayoni jadvalida belgilangan nazorat o’tkazish xaftasi va uni o’tkazish uchun ishlab chiqilgan talablar asosida fanlardan reyting nazorat bosqichlarini o’tkazilishi nazorat qilinib, belgilangan tartibda jurnalga rasmiylashtirilib boriladi.

 

ILMIY ISHLAR

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PQ-4456 son «Oliy malakali ilmiy va amaliy pedagogik kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2012 yil 29 oktyabrdagi 418-son buyrug’i bilan tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012 yil 28-dekabrda №2405-son bilan Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan. «Magistratura to’g’risidagi Nizom»ga asosan institutda magistratura to’g’risidagi Nizomi ishlab chiqildi hamda institutning ilmiy Kengashining 30 yanvar 2013 yil №4 yig’ilishida ko’rib chiqilgan hamda tasdiqlangan.

Nizomga asosan magistratura faoliyatini tashkil etish va yuritish tizimini takomillashtirish yuzasidan yo’riqnoma ishlab chiqilgan, institut o’quv-uslubiy Kengashida tasdiqlangan.

«Magistratura to’g’risidagi Nizom»da ko’rsatilgan talablar asosida mutaxassisliklar bo’yicha magistratura talabalari mutaxassislik kafedra-lari hisoblangan «Melioratsiya va gidrotexnik inshootlar», «Qishloq xo’jalik texnikalari, foydalanish va ta’mirlash», «Umumtexnika fanlari va XFX», «O’simlikshunoslik va paxtachilik» hamda «O’simliklar himoyasi va karantin» kafedralariga taqsimlanib, kafedraning yetuk professor-o’qituvchilariga biriktirildi hamda ularning magistrlik dissertatsiya ishining mavzulari kafedra yig’ilishlarida ko’rib chiqilgan hamda tasdiqlangan.

Magistratura mutaxassisliklari uchun yangi «Magistratura to’g’risida-gi Nizom» hamda unda ko’rsatilgan «Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilishga qo’yiladigan talablar» asosida professor T.S.Xudoyberdiyev va dotsent A.N.Xudoyorovlar tomonidan ishlab chiqilgan magistrlik disertatsiyasini bajarish bo’yicha yo’riqnoma institut uslubiy Kengashida ko’rib chiqilgan hamda tasdiqlangan.

Magistratura mutaxassisliklar bo’yicha ta’lim olayotgan magistrantlarni o’quv rejasida belgilangan ilmiy-pedagogik faoliyat, ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi ishini belgilangan tartibda olib borilishini ta’minlash, magistrantlarni semestr yakunida qilingan ishlar xisoboti himoyasini ko’rib chiqish maqsadida mutaxassisliklar kesimida kafedralararo komissiya tuzilgan:

«Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish» mutaxassisligi bo’yicha;

«Gidromelioratsiya» mutaxassisligi bo’yicha;

«O’simlikshunoslik» mutaxassisligi bo’yicha;

«O’simliklarni himoyasi» mutaxassisligi bo’yicha.

Kafedralararo komissiya zimmasiga magistrantlarni ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot hamda magistrlik dissertatsiya ishini o’quv rejasida ko’rsatilgan tartibda olib borilishini ta’minlash, ularni semestr yakunida qilingan ishlar hisobotining himoyasini ko’rib chiqish va baholash vazifasi yuklatilgan.

Iqtidorli talabalar uchun Respublika fan olimpiadasiga saralash boshlandi

Muallif: aziznido от 19-02-2014, 15:42

Olimpiada-2014


Qadrli talabalar! Sizlar uchun yana bir imkoniyat. Institutda talabalar o`rtasida muntazam o`tkazilib kelinayotgan Respublika fan olimpifdasi tanloviga saralash boshlandi. O`zingizning bor mahorat va bilimingizni namoyon eting va g`olib bo`ling. Bilingki bularning hammasi faqat siz talabalar uchun. Imkoniyatni boy bermang! 
Qadrli talabar! tanlovda ishtirok etish shartlari bilan institutning "Ilmiy va amali tadqiqotlar markazi" dan bilib olishingiz mumkin.
 

Magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan magistrantlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida ma'lumot

Muallif: Admin от 19-02-2014, 09:28
Dissertatsiya ishining mavzusi Tadqiqot ishining maqsadi Rejalashtirilgan tadqiqot dasturi Tadqiqotning ilmiy jihatdan yangiligi Kutilayotgan natijalar
5A 450201 “Gidromelioratsiya” mutaxassisligi magistranti Obidov Ilxomjon
Ilmiy rahbar- q/x.f.d. professor A.Isashov
1 Istiqbolli tomchilatib sug’orishni usulini qishloq xo’jalik ekinlariga qo’llanilishi Farg’ona vodiysi tog’-oldi mintaqasida q/x ekinlariga istiqbolli tomchilatib sug’orish usulini qo’llash va sug’orish oldidan tuproqdagi turli namlik tartibi go’zani o’sishi, rivojlanishi, hosil to’plashi va tola sifatiga ko’rsatadigan ta’sirini o’rganish. ITD-7 yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish va saqlash, sug’oriladigan yerlarda tuproq meliorativ jaroyonlarini boshqarishining ekologik sof va yuqori samarador texnologiyalarini yaratish, atrof muxit muxofazasi, tabiatdan foydalanish, tashqi muxitni stress omillardan ximoya qilish va ekologik xavfsizlik muommolarini hal etish Sizot suvlari yer yuziga yaqin bo’lgan sharoitda ekilgan go’zani yangi navlariga o’zi bosim xosil qiluvchi tomchilatib sug’orish usulini qo’llash Sug’orish to’la avtomatlashadi, suv isrofi 50 % ga iqtisod qilinadi va g’o’za xosildorligi ortadi.
5A 450201 “Gidromelioratsiya” mutaxassisligi magistranti Sidiqov Bekzodbek
Ilmiy rahbar- t.f.n. G’.Ashurov
2 Qoradaryodagi Teshiktosh gidrobo’g’ini inshootlari konstruktiv elementlarining xavfsiz ishlash sharoitini tadqiqot qilish. Gidrobo’g’in tarkibidagi inshootlarni QMQ larga va xaqiqiy suv sarflarini o’tkazishga mosligini o’rganish Teshiktosh gidrobo’g’inining ishlash pritsipi. Suv xo’jaligi xisoblari. Inshoot elementlarini gidravlik, gidrotexnik va statik xisoblari Hozirgi vaqtda Respublikamiz xududidagi gidrotexnik inshootlarining xavfsizlik Deklaratsiyasi tuzilmoqda Inshoot konstruktiv elementlarini xavfsiz ishlashini ta’minlash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish
5A 450201 “Gidromelioratsiya” mutaxassisligi magistranti Axrorova Moxidilxon
Ilmiy rahbar- t.f.n.dotsent K.Xolmatov
3 Tomchilatib sug’orish tizimlarida qo’llaniladigan tomchilatgichlarning ish parametrlarini tadqiqi qilish Tomchilatish tizimlarida qo’llanilayotgan tomchilatgichlarning ish parametrlarini unga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganish Viloyatdagi tomchilatib sug’orish tizimlarida qo’llanilayotgan tomchilatgich-larturlarini aniqlash foydalanuvchilardan tomchilatgichlarning ishlashi xaqidagi ma’lumotlarni to’plash. Tomchilatgichlarning asosiy ish parametrlari uning suv berish qobiliyati ya’ni sarfiga ta’sir qiluvchi omillar o’rganiladi. Tomchilatish tizimlarini loyihalash, qurish va ishlatish tashkilotlarigap tavsiyalar ishlab chiqish
5A 450201 “Gidromelioratsiya” mutaxassisligi magistranti Zulfiqorova Gulnoza
Ilmiy rahbar- t.f.n. O.Boltaboyev
4 Quvurli sug’orish tizimlarida gidravlik tadqiqotlar o’tkazish Quvurli sug’orish tizimlarida ishlaydigan quvur turlarining gidravlik parametrlarini aniqlash Quvurli sug’orish tio’ tizimlarining turlari. Ular qo’llanilayotgan qulayliklardan ma’lumotlar olish. SHu sohaga tegishli adabiyotlarni taxlil qilish Quvurli sug’orish tizimlarda asosiy ishchi parametrlarini bosim so’nishini xisoblash, ularni suv o’tkazish qobiliyatini o’rganish Quvurli sug’orish tizimlarini loyihalash ishlatish va qurish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish
5A 450201 “Gidromelioratsiya” mutaxassisligi magistranti Xamdamov Sardorbek
Ilmiy rahbar- t.f.n. dotsent A.Xojimatov
5 Andijon viloyatidagi yopiq yotiq zovur tizimlarining ish samaradorligini tadqiq qilish Andijon viloyatidagi yopiq yotiq zovur tizimlarining ish parametrlarini va unga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganish Andijon viloyatidagi yopiq yotiq zovur tizimlarida qo’llanilayotgan quvurlarning turlarini aniqlash foydalanuvchilardan yopiq yotiq zovurlarning ishlashi xaqidagi ma’lumotlarni to’plash. YOpiq yotiq zovur tizimla-rining asosiy ish parametrlari , uning suv yig’ish qobiliyati ya’ni, zovur moduliga ta’sir qiluvchi omillar o’rganiladi va qayta tiklash bo’yicha takliflar beriladi. YOpiq yotiq zovur tizimlarini loyihalash, qurish va ishlatish tashkilotlariga tavsiyalar ishlab chiqish
5A410301 –“O’simliklar himoyasi (Usullar buyicha)” mutaxassisligi magistranti Parpiyeva Maxmuda Qurbonaliyevna
Ilmiy rahbar - dotsent, Q.X.Xushvaqtov
6 Bug’doyning so’ruvchi zararkunandalaridan himoya qilish usullarini takomillashtirish Ilmiy tadqiqotning dolzarbligidan kelib chiqgan xolda g’allada uchraydigan so’ruvchi zararkunandalarning bioekologik xususiyatlarini, asosiy turlarning zarar keltirishini o’rganish G’alla o’simligining so’ruvchi zararkunnada tarkibini o’rganish; Ularning rivojlanish dinamikasini xususiyatlari zarar keltirishini taxlili; Zamonaviy pestitsidlarni qo’llash orqali g’allada zararli organizmlariga ta’siri va ekologik oqibatlarini tadqiqot qilish Andijon viloyati sharoitida bug’doyni so’ruvchi zararkunandalarini biologiyasi, tur tarkibi, tarqalishi va zararlilik mezonini chuqur taxlil qilib zamonaviy pestitsidlardan qo’llab ularni samaradorligini aniqlash. Bug’doyni so’ruvchi zararkunandalarini tur tarkiblari aniqlanadi. Ularga qarshi optimal kurash muddatlari belgilanadi. Tabiatga kam ta’sir etuvchi zamonaviy vositalar qo’llanilib samaradorligi aniqlanadi.
5A410301 –“O’simliklar himoyasi (Usullar buyicha)” mutaxassisligi magistranti Ergasheva Xusnida
Ilmiy rahbar - dotsent, Q.X.Xushvaqtov
7 G’o’za shiralarining turlari bo’yicha zararlilik iqtisodiy mezonini o’rganish va ularga qarshi zamonaviy kurash choralari qo’llash Ilmiy tadqiqotning hozirgi kunning tilabiga javob berishning hisobga olgan holda g’o’zda uchraydigan shiralarning biologik xususiyatlarini, asosiy zarar keltirishni o’rganish G’o’za o’simligining so’ruvchi zararkunnada tarkibi; Ularning rivojlanish dinamikasini xususiyatlari zarar keltirishi; Zamonaviy pestitsidlarni qo’llash orqali g’allada zararli organizmlariga ta’siri va ekologik oqibatlarini tadqiqot qilish Andijon viloyati sharoitida g’o’zani so’ruvchi zararkunandalarini biologiyasi, tur tarkibi, tarqalishi va zararlilik mezonini chuqur taxlil qilib zamonaviy pestitsidlardan qo’llab ularni samaradorligini aniqlash. G’o’zani so’ruvchi zararkunandalarini tur tarkiblari aniqlanadi. Ularga qarshi optimal kurash muddatlari belgilanadi. Tabiatga kam ta’sir etuvchi zamonaviy vositalar qo’llanilib samaradorligi aniqlanadi.
5A410301 –“O’simliklar himoyasi (Usullar buyicha)” mutaxassisligi magistranti Yo’ldasheva Sohibabonu
Ilmiy rahbar - dotsent, SH.K.Aliyev
8 G’o’zaning vertitsilyoz viltiga qarshi biologik himoya qilishning takomilashtirish Ilmiy tadqiqotning hozirgi kunning tilabiga javob berishning hisobga olgan holda g’o’zda uchraydigan vilt kasalligining biologik xususiyatlarini, asosiy zarar keltirishni o’rganish. G’o’zaning viltining morfologiyasi va biologiyasi. Patogening rivojlanish dinamikasi va o’simlikdagi zarar keltirishi. Antogonist zamburug’larni qo’llash orqali g’o’zaning zararli organizmlardan tozalash va ekologik oqibatlarini tadqiqot qilish. Andijon viloyati sharoitida g’o’zaning vertitstllyoz viltining biologiyasi marfologiyasi tarqalishi zarari va uning zararlanishi mezonini chuqur tahlil qilish zamonaviy biologik kurash chorasining samaradorligini topishdan iborat. G’o’zani vertitsillyoz viltining zararni aniqlash. Unga qarshi biologik kurash chorasini optimal muddatlarini belgilanadi. Hozirda kam tadqiqot ishlari olib borilgan moddalarning samaradorligini aniqlash.
5A410301 –“O’simliklar himoyasi (Usullar buyicha)” mutaxassisligi magistranti Turdiyeva Gulbahor
Ilmiy rahbar - professor, A.G.Kojevnikova
9 Andijon tumani sharoitida g’o’zaning so’ruvchi zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari. Ilmiy tadqiqotning dolzarbligidan kelib chiqib g’o’zaga zarar keltiruvchi so’ruvchi zararkunandalarni o’rganish. G’o’za o’simligining so’ruvchi zarar kuranda tarkibi. Ularning rivojlanish dinamikasi, xususiyatlari, zarar keltirishi. Zamonaviy pestitsid va biologik kurash usuli orqali g’o’zadagi zararli organizmlarga ta’siri va ekologik oqibatalarini tadqiqot qilish. Andijon tumani sharoitida g’o’zani so’ruvchi zararkunandalarni biologiyasi, tur tarkibi, tarqalishi va zararlilik mezonini chuqur taxlil qilib biologik kurash usuli va zamonaviy pestitsidlar qo’llab ularni samaradorligini aniqlash G’o’zaning so’ruvchi zararkunandalarini tur tarkibi aniqlanadi ularga qarshi optimal kurash muddatlari belgilanadi. Tabiatga kam ta’sir etuvchi zamonaviy vositalar va biologik usul qo’llanilib samaradorligi aniqlanadi.
5A410301 –“O’simliklar himoyasi (Usullar buyicha)” mutaxassisligi magistranti - Tursunov Abrorjon Xabibullo o’g’li
Ilmiy rahbar - dotsenti M. YUsupova
10 Farg’ona vodiysi sharoitida Tut parvonadan (Diaphania Pyloalis Walker) himoya qilish tizimini takomillashtirish Farg’ona vodiysi viloyatlarida tut parvonasining bioekologiyasini o’rganish. Rivojlanishini o’rganish asosida tut parvonasiga kurash tizimini yaratish. Tut parvonasini zararini aniqlab unga qarshi kurash usullarini takomillashtirish Tut parvonasining Farg’ona vodiysi va janubiy hududlarda (Surxondaryo) rivojlanish xususiyatlari. Tut parvonasining zarari, tabiiy kushandalari va ularning ahamiyati. Tut parvonasiga qarshi biologik faol moddalarni (feromon, Dimilin) o’rganib amaliy ishlatish yo’llarini aniqlash. Ish natijalaridan kelib chiqqan har bir amaliy tavsiyaning negizida ilmiy tadqiqotlar yotibdi. Bu Tut parvonasi mavsum mobaynida rivojlanish xususiyatlari, uning zararlilik darajasi; tabiiy kushandalar va ularning ahamiyati; JF va insektitsidlarning nazariy ahamiyatga ega qobiliyatlari; entomofag va insektitsidlarning biologik va xo’jalik samaradorligi. Tadqiqot natijalari yuqori darajada ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. CHunki pirovardida quyidagi natijalar olindi: turli iqlim sharoitida mavsum mobaynida Tut parvonasi ivojlanish xususiyatlari va zarari; tabiiy kushandalar xilma-xilligi va ularning ahamiyati;
5A410202 – «O’simlikshunoslik» (sohalar bo’yicha) mutaxassisligi magistranti - Zulfikorova Munojat Mirzaxmatovna
Ilmiy rahbar - dotsent O. Mirzaev.
11 Kuzgi bugdoy navlarining ekish me’yorlarini don xosiliga ta’siri Kuzni bugdoyning istikbolli navlari «Tanya» va «Krasnodar 99» navlarida don xosilini shakllanishini urganish Dala tajribasi 6 ta variant 4 kaytarikda utkaziladi. Sinalayotgan navlarda 1ga maydonga 3, 5, 7 mln dona unuvchan urug ekib sinaladi. Tajriba 4 kaytarikda utkaziladi. Tajribada xar bir variant 72 m2 (3,6 x 20m), shundan xisoblash maydoni 36m, xisoblash o’simliklar soni 25 ta. Andijon viloyati sharoiti uchun istikbolli sinalgan navlarni makbul urug ekish me’yorlarini aniklash. Tajriba utkaziladigan maydon aniklanmokda, navlar tanlandi, ishchi dastur tayyorlanmokda.
5A410202 – «O’simlikshunoslik» (sohalar bo’yicha) mutaxassisligi magistranti - Mirxamidova Gavxaroy
Ilmiy rahbar - dotsent T.Uraimov
12 G’o’zaning Sulton navi hosildorligiga tuproqning taminlanishiga ko’ra rejalashtirilgan fosfor meyorini tasiri (o’tloqi tuproq sharoitida) G’o’zaning yangi istiqbolli navi xisoblangan Sulton navida fosforning maqbul me’yorini aniqlashdan O’zPITI tomonidan ishlab chiqilgan metodika asosida dala tajribasi olib boriladi. Dala tajribasi 5 ta variant va 2 ta fosfor fonida o’tkaziladi, 4 qaytariqda joylashtiriladi Tuproqning xarakatchan fosfor bilan ta’minlanganlik darajasiga ko’ra Sulton navi uchun fosforning ilmiy asoslangan yillik me’yorini ishlab chiqish va uni differentsial qo’llashning ilmiy asosi yaratiladi Olib borilogan ilmiy tadqiqot natijasida Farg’ona vodiysi viloyatlarida sug’oriladigan o’tloqi tuproqlar sharoitida undagi xarakatchan vosvor miqdoriga ko’ra g’o’za uchun maqbul yillik me’ri aniqlanadi hamda g’o’za yetishtirishda tabaqalab qo’llash tavsiya etiladi
5A410202 – «O’simlikshunoslik» (sohalar bo’yicha) mutaxassisligi magistranti - Komilova Dilfuza
Ilmiy rahbar - dotsent K.Komilov
13 Qator oralariga ishlov berish va sug’orish texnologiyasining g’o’za hosildorligiga tasiri (Andijon viloyatining o’tloqi bo’z tuproqlari sharoitida) O’tloqi bo’z tuproqlar sharoitida g’o’za qator oralariga ishlov berish chuqurligini tuproqning suv-fizik xossalariga o’simlikni rivojlanish bosqichlariga, sug’orish tartiblariga bog’liq holda o’rganib, ularning g’o’za hosildorligiga va tola sifatiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Ilmiy tadqiqot ishi O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtiruvchi markaz tomonidan P-11.1.19 raqami bilan ro’yxatdan o’tgan ilmiy-tadqiqotlarning tarkibiy qismiga kiritilgan. Andijon viloyatining qadimdan sug’oriladigan o’tloqi bo’z tuproqlari sharoitida 90sm li g’o’za qator oralariga tabaqalab ishlov berish va sug’orish tartiblarini birgalikda qo’llashning tuproqni suv-fizik hossalariga, o’simlik ildizi hamda yer ustki qismlarining rivojlanishiga, paxta hosili va tola sifatiga ta’siri ilk bor ilmiy asoslandi va ishlab chiqarishga tavsiyalar ber-ildi. O’tloqi bo’z tuproqlar sharoitida, CHDNS ga nis-batan 65-65-60 foizli, 70-70-60 foizli sug’orish tartiblari muhitida g’o’za qator oralariga tabaqalab ishlov berish samarasi ilmiy asoslandi va ishlab chiqarishga joriy qilindi. yaxshilanadi.
5A410202 – «O’simlikshunoslik» (sohalar bo’yicha) mutaxassisligi magistranti - Ashurov Xikmatillo Ibaydullaevich
Ilmiy rahbar - dotsent S.Tursunov
14 Urug’ ekish muddatlarining kuzgi bug’doy turli navlari hosildorligiga tasiri Andijon qishloq xo’jalik instituti o’quv-tajriba xo’jaligining o’tloqi botqoq tuproq – iqlim sharoiti uchun bug’doyning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, mo’l va sifatli hosil olishni ta’minlaydigan, eng qulay ekish muddatlari va ekish me’yorlarni aniqlash hamda ilmiy asoslashdir. ekish muddatlari va ekish me’yorlarni bug’doy navlarining yer ustki hamda ildiz tizimining shakllanish qonuniyatlariga o’simliklarning qishga chidamliligiga,fotosintetik faoliyatiga, hosil strukturasiga, hosildorligiga va don sifatiga ta’sirini aniqlash; Andijon qishloq xo’jalik instituti o’quv-tajriba xo’jaligining o’tloqi botqoq tuproqlarida bug’doy navlarining biologik xususiyatlari, ildiz tizimining rivojlanishi, o’simliklarning fotosintetik faoliyati, don hosili va sifatining shakllanish qonuniyatlarining ekish muddatlari va ekish me’yorlariga bog’liqligi o’rganiladi. Tadqiqotlar natijasida aniqlangan qonuniyatlar asosida o’quv tajriba xo’jaligida ekib kelinayotgan bug’doy navlarining biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, eng qulay ekish muddatlari va ekish me’yorlari aniqlanadi va natijasi ishlab chiqarishga tavsiya etiladi.
5A410202 – «O’simlikshunoslik» (sohalar bo’yicha) mutaxassisligi magistranti - Qosimov Baxtiyor Abdurashidovich
Ilmiy rahbar – professor T.Topvoldiyev
15 G’o’za selektsiyasining tanlab nav sinash ko’chatzorida duragaylarni o’sishi, rivojlanishi va paxta hosildorligini o’rganish G’o’za selektsiyasining tanlabnav sinash ko’chatzorida 6 ta duragaylarini usishi, rivojlanishi va paxta hosildorligini o’rganiladi eng yaxshi xususiyatlar ko’rsatgan duragay Davlat nav sinoviga topshirish uchun tavsiya etiladi chigitning 100% unib chiqishini hisoblash; 1 iyun, iyul, avgust,sentyabrda g’o’zani o’siishi va rivojlanishini kuzatish; paxtani umumiy hosilini aniqlash; bir ko’sak paxtasi vaznini aniqlash; iqtisodiy samaradorlikni tahlil qilish. G’o’za selektsiyasining tanlab nav sinash ko’chatzorida 6 ta duragaylarning o’sishi, rivojlanishi va paxta hosildorligi 1 marta o’rganiladi Tadqiqot natijalari asosida yangi navlarga qo’yiladigan barcha talablarga mos yangi duragay aniqlanadi va Davlat nav sinoviga topshiriladi ishlab chiqarishga joriy etilgach paxta hosildorligi xech qanday sarf xarajatsiz 3 ts/ga miqdorga ortadi.
5A410202 – «O’simlikshunoslik» (sohalar bo’yicha) mutaxassisligi magistranti – Mamadaliyeva Gavxaroy Egamberdiyevna
Ilmiy rahbar – dotsent Z.Jumaboyev
16 Kuzgi xaydov muddatlari va usullarini g’o’zaning paxta hosildorligiga ta’sirini o’rganish Och tusli bo’z tuproqlar sharoitida yerga asosiy ishlov berishning muddatlari va usullarini paxta hosildorligiga, tuproqning agrofizikaviy xususiyatlariga ta’sirini o’rganish. Ilmiy tadqiqot ishi O’zbekiston Respublikasi Fan texnologiyalarini rivojlantirishni muvofiqlashtiruvchi markaz tomonidan P-11.1.19 raqam bilan ro’yxatdan o’tgan ilmiy tadqiqotlarning tarkibiy qismiga kiradi Och tusli bo’z tuproqlar sharoitida yerga asosiy ishlov berishning muddatlari (yozgi, kuzgi, bahorgi) va usullarini (oddiy va qo’sh qavatli xaydov) paxta xosildorligiga, tuproqning agrofizikaviy xususiyatlariga ta’siri ilk bor o’rganiladi. Och tusli bo’z tuproqlar sharoitida yerga asosiy ishlov berishning muddatlari (yozgi, kuzgi, bahorgi) va usullarning (oddiy va qo’sh qvatli xaydov) paxta hsildorligiga, tuproqning agrofizikaviy xususiyatlariga ta’siri ilmiy asoslanadi
5A430101-Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo’yicha) mutaxassisligi magistranti G’ulomov Azizbek Mannobjon o’g’li
Ilmiy rahbar- professor T.S.Xudoyberdiyev
17 «G’o’za qator oralariga bug’doy ekuvchi seyalkani sirpang’ichsimon ekkichining o’lchamlarini asoslash» G’o’za qator oralariga kuzgi bug’doy ekuvchi seyalkani sirpanma ekkichini kam energiya sarflagan holda yuqori ish sifatini ta’minlovchi asosiy parametrlarini asoslash g’o’za qator oralariga kuzgi bug’doy ekish mashinasi ekkichining ishlash sharoitini o’rganish; ekkich parametrlarining agrotexnik va energetik ko’rsatkichlariga ta’sirini o’rganish; tavsiya etilayotgan parametrlarga ega bo’lgan ekkich bilan jihozlangan seyalkaning iqtisodiy samaradorligini aniqlash. G’o’za qator oralariga kuzgi bug’doy ekish mashinasi ekkichining tuproq bilan o’zaro ta’sirlashish jarayonini tadqiq etish asosida uning asosiy o’lchamlari aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar olinadi. Ekkichning ish sifati va tortishga qarshiligini uning parametrlariga bog’liq ravishda o’zgarishi o’rganiladi. Tavsiya etilayotgan maqbul parametrlarga ega bo’lgan ekkich bilan jihozlangan ekish mashinasi qo’llanilganda ekspluatatsion xarajatlarni 25,3 % ga kamaytirish imkonini beradi.
5A430101- «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish» (tarmoqlar bo’yicha) mutaxassisligi magistranti – Teshaboyev Boburjon Anvarovich
Ilmiy rahbar - dotsent S.Po’latov
18 Razrabotka sposoba povыsheniya effektivnosti vosstanovleniya avtotraktornыx detaley s ispolzovaniyem plazmennoy dugi Povыsit effektivnost protsessa vosstanovleniya avtotraktornыx detaley plazmennoy naplavkoy za schet primeneniya razlichnыx prisadochnыx materialov i gazov Ob’ektom issledovaniya yavlyaetsya predlojennыy universalnыy sposob vosstanovleniya detaley mashin plazmennoy naplavkoy obraztsov i konkretnыx detaley Budet issledovan universalnыy sposob vosstanovleniya detaley mashin plazmennoy naplavkoy s ispolzovaniyem razlichnыx prisadochnыx materialov i gazov Na osnovanii kampleksnogo izuchuniya svoystv naplavlennogo metalla budut dani rekomendatsii po primeneniyu razlichnыx prisadochnы materialov i gazov neobxodimыx dlya realizatsii universalnogo sposoba naplavki pri vosstanovlenii avtotraktornыx detaley
5A430101- «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish» (tarmoqlar bo’yicha) mutaxassisligi magistranti – So’fiyev Saidvoizxon
Ilmiy rahbar - dotsent Dadaxodjaev A.
19 Mineral o’g’it sochish apparati texnologik jarayonini yaxshilash (takomillashtirish) O’g’it sochish mashinalarini belgilangan o’g’itlash me’yoriga rostlash qurilmasining yuqori o’g’itlash me’yorlardagi ishlash aniqligini xozirgi 75% dan 85% ga qadar yaxshilashga imkon beruvchi rostlash qurilmasini tadqiq qilish va maqbul parametrlarini aniqlash. Mavjud o’g’it sochishmashinalarida qo’llanilayotgan rostlash qurilmalarini taxlil qilish; Xozirgi davrda qo’llanilayotgan mineral o’g’itlar texnologik xossalarini o’rganish; O’g’it sochishmashinasini belgilangan o’g’itlash me’yoriga yuqori aniqlikda rostlashga imkon beruvchi qurilmaning sxemasini yaratish bo’yicha izlanishlar o’tkazish; Tadqiqotlar natijasini o’g’itlash mashinalarida qo’llanilishidan erishiladigan iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini xisoblash. Xozirga qadar mavjud o’g’it sochish mashinalarining belgilangan o’g’itlash me’yoriga rostlash qurilmasi bo’yicha tadqiqotlar olib borilmagan. NRU-0,5 mashinasida qo’llanilayotgan o’g’itlash me’yorini rostlash qurilmasining ish aniqligi 75% ga qadar bo’lib, yuqori o’g’itlash normalarida esa bu ko’rsatkich yana ham kamayadi va o’g’itlash samaradorligining pasayishiga sabab bo’ladi. YUqorida bayon qilingan holatga ko’ra ushbu tadqiqotning mazmunan yangi va dolzarb xisoblanadi. NRU-0,5 o’g’it sochish mashinasi uchun 85% ga qadar aniqlikda ishlaydigan me’yorlash-rostlash qurilmasining konstruktiv sxemasi va uning asosiy ish rejmlarni ta’minlovchi maqbul o’lchamlarga erishiladi.
5A430101- «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish» (tarmoqlar bo’yicha) mutaxassisligi magistranti – Mirzaaxmedov Mirzaraxmat Mo’minovich
Ilmiy rahbar - dotsent Qosimov K.
20 Qishloq xo’jaligi va melioratsiya texnikalarining «Val» shaklidagi yeyilgan detallarini qayta tiklash texnologiyasini takomillashtirish Dissertatsiya ishida Andijon viloyati MTPlari va ta’mirlash korxonalarida qo’llanilayotgan yeyilgan detallarni qayta tiklash usullari xamda qoplama materiallarini taxlil qilishga asoslanib quyidagi masalalar ko’rib chiqilishi rejalashtirilgan. Eyilgan detallarni qayta tiklash bo’yicha mavjud adabiyotlar taxlili detallar ishchi yuzalarining yeyilish darajasining taxlili, detallarni qayta tiklash usullarining taxlili, qayta tiklash ishlarida qo’yiladigan asosiy talablar. Tadqiqodlar natijasida quyidagi ilmiy yangilik va natijalar olinadi: qayta tiklangan detal resursi bilan mashinaning resursi orasidagi bog’lanish ko’rsatkichlari va ularning asoslangan qiymatlari. eyilgan detallarning ishchi yuzalarigapayvandlab olingan qatlamning xossalarining ularga ta’sir etuvchi omillarga bog’liq ravishda o’zgarishi. payvandlab olingan qatlamning rejim va texnologik ko’rsatkichlarini ifodalovchi analitik va grafik bog’lanishi. olingan payvand qatlam tarkibini ifodalovchi bog’lanish. detallarni payvandlab qayta tiklashda metall kukunlardan foydala-nishning istiqbollari, payvandlangan qatlam-ning fizik-mexanik xususiyatlarining taxlili, jumladan resurs, issiqlik miqdori, ish unumi, quvvat balansi kabilar.
5A430101- «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish» (tarmoqlar bo’yicha) mutaxassisligi magistranti – Xidirova Barchinoy Talibovna
Ilmiy rahbar - dotsent P.Mamajonov
21 Sovershenstvovaniye texnologii vosstanovleniya detaley mashin naplavkoy s nezavisimoy dugoy Analiz sushestvuyuщix texnologiy vosstanovleniya poverxnostey iznoshennыx detaley Vnedreniye elektro-kontaktnoy privarki v proizvodstvo Primeneniye novogo sposoba privarki Povыsheniye resursa rabotы detaley otnositelno novogo
5A430101-Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo’yicha) mutaxassisligi magistranti Sobirov Rasulbek Voxobovich
Ilmiy rahbar- dotsent A.N.Xudoyorov
22 «Kombinatsiyalashgan agregat yumshatkichini asosiy parametrlarini tortishga bo’lgan qarshilikka ta’sirini asoslash» Tuproqqa minimal ishlov berishga yo’naltirilgan kombinatsiyalashgan agregat yumshatkichini asosiy parametrlarini tortishga bo’lgan qarshilikka ta’sirini o’rganish. tuproqqa ag’darmasdan chuqur yumshatuvchi ish organlarni ishlash xususiyatlarini tahlil qilish; kombinatsiyalashgan agregat yumshatkichining ishlash sharoitini o’rganish; kombinatsiyalashgan agregat yumshatkichining asosiy parametrlarini tortishga bo’lgan qarshilikka ta’sirini aniqlash kombinatsiyalashgan agregat qo’llanilgandagi iqtisodiy samaradorligini aniqlash. Kombinatsiyalashgan agregat yumshatkichining tortishga qarshiligini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar olinadi. YUmshatkich ish sifati va tortishga qarshiligini uning parametrlari va agregat ish tezligiga bog’liq ravishda o’zgarishi aniqlanadi. Tavsiya etilayotgan yumshatkichlar bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan agregatni qo’llash tuproqqa ag’darmasdan chuqur yumshatib ishlov berishdagi eksp-luatatsion xarajatlarni 12,7 foizga kamaytirish imkonini beradi.
5A430101-Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo’yicha) mutaxassisligi magistranti Samatova Roxilaxon Nematjonovna
Ilmiy rahbar- dotsent A.N.Xudoyorov
23 «Tuproqqa minimal ishlov berish texnologiyasi va uni amalga oshiruvchi kombinatsiyalashgan agregatni texnologik ish jarayonini tadqiq qilish» Tuproqqa minimal ishlov berishga yo’naltirilgan kombinatsiyalashgan agregatni texnologik ish jarayonini tadqiq qilish hamda uni asosiy ko’rsatkichlarini taqqoslash tuproqqa asosiy ishlov berish texnologiyasi va uni amalga oshiruvchi texnik qurilmalar tahlili; tuproqqa minimal ishlov berishga yo’naltirilgan kombinatsiyalashgan agregatni ishlash sharoitini o’rganish; kombinatsiyalashgan agregatni texnologik ish jarayonini tahlili: kombinatsiyalashgan agregat qo’llanilgandagi iqtisodiy samaradorligini aniqlash. Paxta yetishtirishda tuproqqa minimal ishlov berishga yo’naltirilgan texnologiya va uni amalga oshiruvchi kombinatsiyalashgan agregatni texnologik ish jarayoni tahlil etiladi, uni ishlash sharoitini belgilovchi asosiy xususiyatlari keltiriladi Paxta yetishtirishda tuproqqa minimal ishlov berishga yo’naltirilgan kombinatsiyalashgan agregatni qo’llash tuproqqa ishlov berishdagi ekspluatatsion xarajatlarni esa 41,8% ga kamaytirish imkonini beradi.
5A430101-Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo’yicha) mutaxassisligi magistranti - Mamadiyeva Xurshida Abdurasulovna
Ilmiy rahbar- t.f.n., katta o’qituvchi M.X.Mamadaliyev
24 Tuproqqa minimal ishlov berishga yo’naltirilgan kombinatsiyalashgan agregat yumshatkichini tuproqqa kirish burchagini asoslash Tuproqqa minimal ishlov berilishga yo’naltirilgan kombinatsiyalashgan agregat yumshatkichining kam energiya sarflagan holda yuqori ish sifatini ta’minlovchi tuproqqa kirish burchagini asoslash tuproqqa ag’darmasdan chuqur yumshatuvchi agregatlarni ishlash xususiyatlarini tahlil qilish; -kombinatsiyalashgan agregat yumshatkichining ishlash sharoitini o’rganish; yumshatkichning tuproq bilan ta’sirlashish jarayonini tadqiq etish va shu asosda uning tuproqqa kirish burchagini aniqlash yumshatkichni tuproqqa kirish burchagini aniqlash. Kombinatsiyalashgan agregat yumshatkichini tuproq bilan o’zaro ta’sirlanish jarayonini tadqiq etish asosida uning tuproqqa kirish burchagini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar olinadi. YUmshatkich ish sifati va tortishga qarshiligiga uning uning tuproqqa kirish burchagini agregat ish tezligiga bog’liq ravishda o’zgarishi aniqlanadi. Kombinatsiyalashgan agregat yumshatkichining kam energiya sarflagan holda yuqori ish sifatini ta’minlovchi parametr-lari asoslangan. Tavsiya etilayotgan ish sirti va maqbul parametrlarga ega bo’lgan yumshatkichlar bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan agre-gatni qo’llash tuproqqa ishlov berishdagi eksp-luatatsion xarajatlarni 12,7 foizga kamaytirish imkonini beradi.
 

2013-2014 o'quv yilida bitiruvchilar soni

Muallif: Admin от 17-02-2014, 11:21

Andijon qishloq xo’jalik instituti rektorati 2013-2014 o’quv yilida bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bitiruvchilarni intellektual saloxiyatidan unumli foydalanish va ish bilan ta’minlashga ko’maklashish maqsadida, bozor mexanizmini davlat manfaatlariga rioya etishni oqilona olib borishni xisobga olib, tashkilotlar bilan kelishilgan xolda yosh mutaxassislarni ishga borish jarayoni boshlanganligi to’g’risida xabar qiladi. SHu munosabat bilan Siz raxbarlik qilayotgan muassasangizda yosh mutaxassislarga  extiyoj bo’lsa institut Marketing xizmati bo’limiga takliflar berishingizni so’raymiz. Quyidagi jadvallarda viloyatlar va Andijon viloyati tumanlari miqyosida  institutni tugatayotgan yuqori malakali yosh mutaxassislar haqidagi ma’lumotni e’tiboringizga xavola etamiz.


T/r Ta’lim yo’nalishlari nomi Jami SHundan, viloyatlar bo’yicha
Jami shu jumladan Andijon Namangan Farg’ona Toshkent Qashqadaryo Surxandaryo
grant kontrakt grant kontrakt grant kontrakt grant kontrakt grant kontrakt grant kontrakt grant kontrakt
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17
Bakalavriat
1 Kasb ta’limi (Agronomiya) 55 15 40 13 37 2 x x 3 x x x x x x
2 Agronomiya (dexqonchilik maxsulotlari bo’yicha) 35 14 21 13 19 x 1 1 1 x x x x x x
3 O’simliklar ximoyasi va karantin 59 10 49 10 44 x 4 x 1 x x x x x x
4 Qishloq xo’jalik maxsulotlarini yetishtirish, saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi 55 13 42 11 39 1 2 1 1 x x x x x x
5 Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish 110 39 71 39 71 x x x x x x x x x x
6 Zootexniya 38 14 24 14 24 x x x x x x x x x x
7 Suv xo’jaligi va melioratsiya 70 14 56 11 45 x 2 3 9 x x x x x x
8 Ekologiya 27 5 22 5 22 x x x x x x x x x x
9 Iqtisodiyot 46 11 35 11 34 x x x 1 x x x x x x
10 Buxgalteriya hisobi va audit 46 13 33 12 33 x x 1 x x x x x x x
11 Fermer xo’jaligini boshkarish 59 15 44 15 40 x 1 x 1 x x x 1 x 1
Jami: 600 163 437 154 408 3 10 6 17 0 0 0 1 0 1
Magistratura
1 O’simliklar himoyasi 6 2 4 2 3 x x x 1 x x x x x x
2 Gidromelioratsiya 6 2 4 1 4 x x 1 x x x x x x x
3 Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish 5 1 4 1 4 x x x x x x x x x x
4 O’simlikshunoslik 4 2 2 2 2 x x x x x x x x x x
Jami: 21 7 14 6 13 0 0 1 1 0 0 0 0 0 0
Instituti bo’yicha jami: 621 170 451 160 421 3 10 7 18 0 0 0 1 0 0

 

Jadvalni to'liq xolda ko'chirib oling g-m-e.pdf [118,58 Kb] (cкачиваний: 4)

Используется технология AndQXI

So'nggi yangiliklar


Bitiruv malakaviy ishlari ro’y ..
Bitiruv malakaviy ishlari ro’yxati

Referatlar ro’yxati
Referatlar ro’yxati

VII-Innovatsion g’oyalar texno ..
VII-Innovatsion g’oyalar texnologiyalar va loyihalaryarmarkasining Namangan Andijon va Farg`ona viloyatlarida xududiy taqdimoti   bo’lib o’tdi

Magistratura bo’limi
Andijon qishloq xo’jalik institutida «Magistratura bo’limi» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori, Qishloq va suv xo’jaligi va Oliy va o’rta ...

Iqtidorli talabalar uchun Resp ..
Iqtidorli talabalar uchun Respublika fan olimpiadasiga saralash boshlandi!

So'rovnoma


Saytimizga baho bering

A'lo
Yaxshi
O'rtacha
Yomon
Bilmayman

 
 

Onlayn


Bugun saytda bo'lganlar


Diqqat!!!


Diqqat!!!

Shikoyatlar bor-mi?


Shikoyatlar bor-mi?

Xukumat portallari


  • www.gov.uz
  • www.press-service.uz
  • www.agro.uz
  • www.edu.uz
  • www.ziyonet.uz

Kalendar

«    Март 2014    »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
 

Ob-havo

Все о погоде - Pogoda.uz

Статистика

Вверх